O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet219/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

14.3. Korxona makro-muhiti
Korxona  to’xtovsiz  tashqi  kuch  va  omillar  ta'siroti  ostida  o’z  faoliyatini  olib  boradi.  Ba'zi
hollarda  ular  maqbul  imkoniyatlarni,  boshqa  hollarda  esa  xavf-xatarni  sodir  qiladilar.  Shu  bois
aytish  mumkinki,  korxona  peshqadamligining  istiqboli  tovar  va  xizmatning  tegishli  marketing
muhitiga  mosligi  bilan  ifodalanadi.  25-chizmada  korxona  makro-muhitining  asosiy  omillari
keltirilgan.
25-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit)
Mamlakatdagi siyosiy muhit asosan davlatning mustaqilligi va bevosita siyosiy yondashuvlar
va  yo’nalishlarni  mustahkamlash  bilan  bog’liq  tendentsiyalar,  boshqa  tomondan  esa  bozor
munosabatlariga o’tish va o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatish bilan tavsiflanadi. Siyosiy muhitga
ijro  etuvchi  davlat  hokimiyatining  omillari  bilan  bir  qator  muhim  omillar  ham  kiradi.  Ular  ichida
mulkchilik,  tadbirkorlik,  iste'molchilar  huquqlarini  muhofaza  qilish    va  reklama  munosabatlarini
tartibga  soluvchi  qonunchilik  va  qonunlarni  ko’rsatish  mumkin.  Huquqiy  tartibga  solishning
samarali yo’nalishlarini izlash davom etmoqda.
Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining darajasi va aholining
xarid  qobiliyati  kabi  ko’rsatkichlar  bilan,  shuningdek,  inflyatsiya,  kredit  stavkalari,  soliq  solish
stavkalari,  aholining  joriy  daromadlari,  jamg’armalarining  darajalari,  iste'mol  savatining  qiymati
bilan  aniqlanadi.  Bu  ko’rsatkichlarning    o’zgarishi  talabda  nafaqat  miqdoriy,  balki  tarkibiy
siljishlarga ham olib keladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling