O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet220/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Tabiiy  muhit  jamiki  landshaft  (manzara)  va  atrof-muhitning  ifloslanishi  quyidagi  holatlarga
bog’liq:
• 
xom ashyoni ratsional ishlatish darajasi;
• 
qayta  ishlab  chiqarishga  imkonsiz  tabiiy  resurslardan  foydalanish
miqdori;
• 
butunlay yo’q bo’lish oldida turgan hayvonlar soni;
• 
ozon  qatlamining  kamayishi  va  natijada  "issiqxona  taassuroti"  vujudga
kelishi.
Yo’nalishlarning  har  bir  muayyan  ko’rsatkichlari  orqali  atrof-muhitning  u  yoki  bu  tomonini
tasniflash mumkin. Shu bilan birga bular marketing kuchlarining ta'sirotiga ham ega.
Umumiy yondoshuv jihatdan tabiiy muhitning o’zgarishi quyidagi omillar atrofida ro’y beradi:
xom  ashyoning  tanqisligi  (defitsit),  energiyaning  qimmatlashishi,  atrof-muhitning  ifloslanishi  va
tabiiy resurslarning davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi.
Marketing  nuqtai  nazaridan  hozirgi  sharoitda  suv,  oziq-ovqat,  yog’och,  neft,  ko’mir  hamda

ayrim    mineral    turlarini  ishlatishda  oqilona  yondoshuv  qo’llanishi  katta  ahamiyatga  ega.


Energiyaning qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari bilan bog’liq. Ma'lumki, ularning zaxiralari
cheklangan va keyingi qazish jarayonlari yildan-yilga yirik investitsiyalarni talab etmoqda. Boshqa
(alternativ)  energiya  turlarini  topish  borasida  muhim  izlanish  va  tadqiqotlar  olib  borilmoqda.  Gap
quyosh, yadro, shamol va boshqa energiya manbalari to’g’risida borayotir.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ekologiya qonunchiligi doimo takomillashtirish va o’ta
talabchanlik tendentsiyasiga ega. Demak, bu sharoitda atrof-muhitni himoya qiluvchi standartlarga
rioya  qilgan  firmalar  muammolarni  echish  maqsadida  kam  kuch  va  vosita  sarflanadigan  yo’l  va
imkoniyatlarni amaliyotga jalb etishlari muqarrar.
Bozor  kon'yunkturasi  ko’p  tomondan  demografik  tavsiflar  va  aholi  shakllanishining  asosiy
tendentsiyalari bilan belgilanadi. Bunda shaxsiy iste'mol tovarlariga bo’lgan talabning rivojlanishi
va  ishlab  chiqarishga  mo’ljallangan  tovarlar  bozoridagi  o’zgarishlar  o’rtasida    to’g’ridan-to’g’ri 
aloqa  kuzatiladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling