Ijtimoiy omillar. Ijtimoiy omillarga kichik guruhlar, nazorat guruhlari, oila va yakka
shaxsning jamiyatdagi o’rni kiradi.
Iste'molchilarning ahloqi va hulq-atvoriga oilaning ta'siri kuchli va turg’un hisoblanadi. Oila
yakka shaxsda eng kichik yoshdan boshlab uning dunyoqarashining shakllanishida muhim rol
o’ynaydi. Yakka shaxs ota-onalar va boshqa oila a'zolaridan din, siyosat, iqtisod, o’zgalarni va
o’zini-o’zi hurmat qilish, shuhratparastlik, muhabbat va boshqa xislatlar to’g’risida atroflicha
ma'lumotlarni oladi. Ming afsuski, keyingi paytlarda ota-onalar va katta yoshdagi oila a'zolarining
nihoyatda ish bilan band bo’layotganligi sababli, ular o’z bolalari ta'lim tarbiyasida faol ishtirok eta
olmayotirlar. Bu esa bolalarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishni oila tashqarisidan izlashni keltirib
chiqarmoqda.
Xuddi shuningdek, bu borada shaxsning jamiyatdagi o’rni ham muhim hisoblanai. Masalan,
shaxs direktor lavozimida ishlayotgan bo’lsa yoki oilada ota bo’lsa, uning xaridorlik xulq-atvoriga
ana shu status ham katta ta'sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |