Psixologik omillar. Psixologik omillar tarkibiga tovar sotib olishni asoslash, qabul qilish,
o’zlashtirish, ishontirish va munosabat kiradi. Bu omillar iste'molchining xulq atvoriga katta ta'sir
ko’rsatadi. Asoslash - shunday zaruriyatki, natijada inson zaruriyatni qondirish yo’llarini va
uslublarini izlaydi. Insonlar turli ehtiyoj va xohishga ega. Agar xohish etarli darajada kuchli bo’lsa,
inson ma'lum harakatni amalga oshiradi, ya'ni xarid qiladi.
Inson o’z xohishini asoslagandan so’ngra, u harakatni amalga oshirishi mumkin. Lekin, uning
harakatining xarakteri mazkur holatni qanday qabul qilishiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Masalan, ikki xil xaridor mavjud ob'ektiv holatni ikki xil baholashi natijasida bir-biriga
o’xshamagan ikki xil harakatni amalga oshirishi mumkin.
O’zlashtirish - bu shaxsning ko’p vaqtlar davomida yig’ilgan tajribalari asosida xulq-atvorida
bo’ladigan o’zgarishlardir.
Iste'molchilarning xulq-atvoriga ishonganlik, ya'ni ma'lum darajada tovar haqida tasavvurga
ega bo’lish ham ta'sir ko’satadi. Ishonchlilik aniq bilimga, fikrga, e'tiqodga asoslanadi. Shu sababli
marketologlarning iste'molchilarning sotilayotgan tovar haqida qanday tasavvurga ega ekanligini
bilishlari ham foydadan xoli emas. Ma'lumki, ishonmaslik ma'lum tovarni xarid qilishda to’sqinlikni
vujudga keltiradi.
Insonlarning kiyim-kechakka, oziq-ovqat mahsulotlariga, musiqaga, siyosatga, dinga va boshqa
ko’pgina narsalarga ma'lum bir munosabati shakllanadi.
Munosabat - bu ma'lum bir predmet va g’oyalarga nisbatan turg’un holdagi yaxshi va yomon
baho, fikr, his-tuyg’ularning shakllanishi bo’lib, u xaridorlarning xulq atvoriga kuchli ta'sir
ko’rsatadi. Munosabatni o’zgartirish qiyin, lekin marketing siyosatini shakllantirishda bu
munosabatni ma'lum bir munosabatga maksimal darajada moslashtirib hisobga olish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |