Marketing kommunikatsiyalarida motivatsiya. Motiv bilan ehtiyoj bir-biriga yaqin tursada,
ularni albatta bir-biridan farqlash zarur. Motiv deganda shunday ehtiyoj tushuniladiki, bunda bu
ehtiyojni qondirish inson uchun qat'iy hisoblanadi. Motivlar-bu asosan ehtiyojlardan kelib
chiqadigan iste'molchilarning munosabatlariga va ularning real sharoitlarda muayyan tarzda harakat
qilishga doimiy moyilligidan kelib chiqadigan o’zaro bog’liq sabablardir.
Iste'molchilarning xulq-atvori motivini tahlil qilishda motivatsion tahlil usulidan foydalaniladi.
Iste'molchilarning motivatsiyasini o’rganish ularning hatti-harakatlarini tartiblashtiruvchi motivlarni
tushunish va anglash, ularning amal qilish mexanizmlarini aniqlash va marketing
kommunikatsiyalari asosida mazkur hatti-harakatlarga u yoki bu ta'sirni o’tkazishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’yadi.
Marketingda xaridorlarning xulq-atvorini tahlil qilishda ko’pincha Freyd va Maslouning
motivatsion nazariyasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |