O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet295/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Sotuvchilarni rag’batlantirish deganda ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchilarga
tovarlar narxini pasaytirib sotish (chegirma berish); ma'lum bir miqdordagi tovarlarni bepul berish
(agar  ular  xarid  qilayotgan  tovar  ma'lum  bir  me'yordan  oshsa),  mukofotlar  berish  va  boshqalar
tushuniladi.
Demak,  kommunikatsion  siyosatni  yuritish  bozorda  har  bir  korxonaning  raqobatga  bardosh
berib, samarali faoliyat ko’rsatishning muhim omili hisoblanar ekan.
Qisqa xulosalar
Kommunikatsion  siyosat  deganda  bozorga  tovar  siljitish  uslublarining  majmui  tushuniladi.
Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar), reklama, sotishni rag’batlantirish va shaxsiy
sotish kiradi. Kengaytirilgan ma'noda siljitish - bu tovarlar sotilishini tezlashtirish va bozorda ijobiy
tasavvurni  shakllantirish  maqsadida  axborot  olish,  xaridorni  ishontirish  va  o’z  faoliyati  haqida
ma'lumot berish uchun korxonaning bozor bilan doimiy aloqalarini o’rnatish va saqlab turishdir.
Korxonalarning  bozorda  muvaffaqiyat  bilan  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  faqatgina  sifatli
tovarlarni  ishlab  chiqarish  etarli  emas,  balki  bu  borada  iste'molchilarni  shu  tovarlarning  iste'mol
xossalari haqida har tomonlama xabardor qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni
egallashiga  erishish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  uchun,  birinchi  navbatda,  korxonalar
reklama  vositalaridan  unumli  foydalana  bilishlari  lozim.  Reklamaning  vazifasi  -  xabar  berish,
ishontirish va eslatishdan iboratdir. Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan
dalolatdir.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling