O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet60/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni
bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqarishning  u  yoki  bu  vazifalarini  hal  qilish  uchun  muayyan  organlar  tuziladi.  Boshqarish
organlari  tizimi,  quyi  organlarning  yuqori  organlarga  bo’ysunishi  va  ular  o’rtasidagi  o’zaro  aloqa
boshqarish  strukturasi  tushunchasini  tashkil  qiladi.  Bunday  struktura  odatda  "boshqaruv  apparati
strukturasi"  deb  yuritiladi.  U  biron-bir  boshqaruv  organining  (vazirlikning  boshqaruv  apparati,
korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.

Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni


tashkil  etishning  dastlabki  va  belgilovchi  omili  ishlab  chiqarish  jarayoni  bo’lib  hisoblanadi.  U
o’zaro  bog’langan  asosiy,  yordamchi  va  xizmat  ko’rsatuvchi  jarayonlardan  iborat  bo’lib,  bu
jarayonlar  bo’limlar  va  xodimlar  o’rtasida  mehnat  taqsimotini  talab  qiladi.  Shu  maqsadda  ishlab
chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
Bo’linmalar  yig’indisi,  ularning  tarkibi  va  o’zaro  aloqa  shakllari  korxonalarning  ishlab
chiqarish  strukturasini  tashkil  etadi.  Har  bir  korxona  o’ziga  xos  ishlab  chiqarish  strukturasiga
egadir.
Shunday  qilib,  boshqarishning  maqsadlari,  funktsiyalari,  vazifalari,  ob'ektlari  va  organlari
uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
  Tashkiliy  strukturalarni  hosil  qiladigan  boshqarish  organlari  boshqaruv  bo’g’inlari  va
boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling