O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet61/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Boshqarish bo’g’ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil
strukturasi bo’limlaridir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal harakterga ega:
Vazirlik, birlashma, korxona, tsex, uchastka.
Boshqarish  bosqichlari  bir  boshqarish  bo’g’inining  ikkinchisiga,  odatda,  quyi  bo’g’inning
yuqori bo’g’inga izchillik bilan bo’ysinishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.
Barcha  bo’g’in  va  bosqichlarning  tarkibi  va  ularning  o’zaro  bo’ysunish  tartibi,  har  bir
boshqaruv  organi  va  bo’g’inning  huquq  va  burchlari,  shuningdek,  ular  o’rtasidagi  munosabatlar
tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil qiladi.
Boshqarish tizimi turli miqyoslarga ega bo’lishi mumkin. Chunonchi:
• 
 butun xalq xo’jaligini (tarmoklarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;
• 
 har bir tarmoq va tuman tasarrufidagi korxonalarni boshqarish;
• 
 korxonalar ichidagi bo’limlarni (tsexlar, uchastkalar va xokazolarni) boshqarish.
O’z navbatida, butun xalq xo’jaligini boshqarish ham uni "tarmoq", "birlashma" va "korxona"
darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi. 
Boshqarish  strukturasi  boshqarish  apparatining  operativ  ishlashini  ta'minlashi  lozim.  Bu
faoliyat  joriy  vazifalarni  o’z  vaqtida  va  mohirlik  bilan  tez  hal  etishda  namoyon  bo’ladi.  Bunga
ishlab  chiqarishning  miqyosi,  murakkabligi,  boshqarish  ob'ektlarining  joylashuvi  ham  ta'sir
ko’rsatadi.  Shunday  qilib,  boshqarish  strukturasi  qanchalik  mukammal  bo’lsa,  ishlab  chiqarish
jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling