O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san’at asarlari


Download 18.56 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi18.56 Kb.
#1035325
  1   2
Bog'liq
amaliy san\'at muzeyi


Reja:



  1. O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi

  2. Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san’at asarlari

  3. Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Davlat amaliy san’at muzeyi.

O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi — madaniy-maʼrifiy, ilmiy muassasa; 1937-yilda Toshkent shahrida ochilgan muvaqqat hunarmandlik koʻrgazmasi zaminida amaliy sanʼat (hunarmandchilik) muzeyi tashkil qilingan. 1960—97 yillarda Oʻzbekiston Mahalliy sanoat vazirligi tarkibida boʻlib, "Oʻzbekiston amaliy sanʼat asarlari doimiy koʻrgazmasi" deb atalgan, 1997-yildan hozirgi nomida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ixtiyorida. Muzeyda ekskursiyalar, koʻrgazmalar, xazina, ilmiy metodika boʻlimlari, kutubxona (internet tarmogʻiga ulangan) bor. Muzey xazinasida 19-asrning 1-yarmidan to hozirgi kungacha boʻlgan davrda oʻzbekistonlik ustalar tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat durdonalari iigʻilgan. Ularni badiiy jihatdan 3 guruhga ajratish mumkin: qadimiy anʼanalarda yaratilgan, har bir hududning oʻziga xosligini aks ettirgan sanʼat asarlari; 20-asr 2-yarmidan xalq ustalari anʼanaviy uslubni yoʻqotmagan holda oʻz ijodi bilan rivojlantirib yaratilgan sanʼat asarlari; bugungi kun amaliy sanʼat taraqqiyotidan kelib chiqib zamonaviy sanʼat talablari darajasida yaratilgan yetuk sanʼat asarlari. Ular 20 nomdagi (kulollik, chinnisozlik, shishasozlik, kashtadoʻzlik, doʻppi, matoga gul bosish — chitgarlik, badiiy mato, milliy kiyim, gilamchilik, yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik, lokli miniatyura, zargarlik, kandakorlik, pichoqchilik va boshqalar) toʻplamda saqlanadi va muzey ekspozitsiyasi ham shu nomlar boʻyicha namoyish etiladi. Muzey ilmiy muassasa sifatida amaliy sanʼat boʻyicha keng koʻlamda ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, buyumlarni sotib oladi, ilmiy yoritadi, ekspozitsiyalarida namoyish etadi, buklet, kataloglar nashr etadi, koʻrgazmalar, ekskursiyalar, ilmiy anjumanlar uyushtiradi.


Muzey 1938-yildan 19-asr oxirida bunyod etilgan chor Rossiyasining diplomati A.A.Polovsevning sobiq saroyida joylashgan. Binoning oʻzi ham xalq meʼmorligi va bezak sanʼatining nodir namunasidir. Uni qurish va bezashda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqalar shaharlardan kelgan ustalar qatnashgan, bino ganch va yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik bilan jozibador bezatilgan. Markaziy xona (sobiq mehmonxona) shifti kundal uslubida bezatilgan boʻlib, usta O. Qosimjonov naqqoshlarga boshchilik qilgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla ishlagan. Xonadagi 2 kamin bezaklari shift va devor naqshlari bilan uygʻun, 2 tokcha va mehrob bezagini yaratishda toshkentlik usta T.Arslonqulov qatnashgan. Xonaning yuqoridagi eshigidan boshqa xona (sobiq istirohatxona)ga oʻtiladi, bu xona ham nafis bezatilgan. Binoning boshqa xonalarida bezak kam; 1961-yilda T.Toʻxtaxoʻjayev boshchiligida taʼmirlangan. 1970-yilda muzeyga qoʻshimcha 2 qavatli bino qurilgan. Meʼmor U. Abdullayev, M. Ilhomov loyihalari asosida va ular rahbarligida muzey binosi rekonstruksiya qilingan; 80—90-yillarda rassom Ch. Axmarov markaziy xona devorlarini amaliy sanʼat mavzuidagi miniatyura asarlari bilan bezagan.
1927 yilda O’zbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari ko’rgazmasi tashkil qilingan edi. So’ng bu doimiy ko’rgazmaga aylantirilib, "O’zbekiston xalq xo’jaligi ko’rgazmasi" nomini oldi. Ko’rgazmaga qo’yilgan eksponatlar yilma-yil yig’ilib borildi.
Shu bilan birga ilgarigi davrlarda tayyorlangan, qo’lda tikilgan kashtalar, do’ppilar, zargarlik buyumlari, gilamlar va shunga o’xshash xalq amaliy san’ati namunalari ham sotib olindi. Ana shu to’plangan xalq amaliy san’at asarlari 1937 yilning 7 iyulida Toshkentda ochilgan "Hunarmandchilik muzeyi" da namoyish etila boshlandi.
1960 yilda muzey "O’zbekiston amaliy san’ati doimiy ko’rgazmasi" nomini oldi.
1997 yilda sobiq ko’rgazma O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o’tkazildi va "Davlat Amaliy san’at muzeyi" maqomiga ega bo’ldi.
Bugungi kunda muzey xazinasida XIX asrning birinchi yarmidan to hozirgi kunlarimizgacha bo’lgan davrni qamrab olgan qo’li gul ustalar tomonidan yaratilgan bebaho amaliy san’at durdonalari yig’ilgan.
Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san’at asarlarini badiiy jihatdan uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchidan, bu qadimiy an’analar asosida yaratilgan, har bir hudud ichidagi o’ziga xosligini aks ettirgan maktablarga oid amaliy san’at asarlari; Ikkinchidan, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari an’anaviy uslubini yo’qotmagan holda uni o’z ijodiy xofizasi bilan rivojlantirib, yanada badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlardir. Uchinchi guruh esa, bugungi kun amaliy san’at taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang turfa naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy san’at talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat.
Muzey zaxirasida to’plangan buyumlar 20 nomdagi kollektsiyaga ajratilib saqlanadi va shu turlar bo’yicha ekspozitsiyalarda namoyish qilinadi.
O’zbek xalqi o’zining qadimiy amaliy san’ati bilan jahonga mashhurdir. Zebi ziynatli buyumlar yasash san’ati xalqimiz ijodining eng qadimiylaridan hisoblanadi. Bu nodir xalq badiiy hunarmandchiligi namunalarini me’moriy yodgorliklar, ganch, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlikda, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo’zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardo’zlik, kashtachilik va o’nlab boshqa amaliy san’at turlarida o’z namunalarini saqlab qolgan. Bugungi kunda yuksak va noyob san’at durdonalari darajasiga ko’tarilgan bu bebaho merosimiz muzeylarimizda saqlanib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag tomirlarigacha nazar tashlaymiz"deb bejiz uqtirmagan edi.
Darhaqiqat, Respublikamiz muzeylari xazinalarida saqlanayotgan moddiy va ma’naviy madaniyatimiz bebaho yodgorliklari bizning kim bo’lganligimizni namoyon etuvchi nodir guvohlardir. Mustaqilligimiz yillarida respublikamiz muzeylari faoliyatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muzeylar faoliyatini yaxshilash chora tadbirlari tug’risida 1994 va 1998 yillarda Vazirlar Mahkamasining ikkita qarori qabul qilinganligi, "o’zbekmuzey" jamg’armasi tuzilganligi, Toshkentda O’zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Qatag’on qurbonlari xotirasi", Termizda arxeologiya muzeylari tashkil etilganligi buning yaqqol ifodasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risda"gi Farmonida "O’zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalq ma’naviy ahloqiy kamolotida tutgan o’rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o’rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ’ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g’urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish yo’lida keng foydalanish" zarurligi ko’rsatib o’tiladi.
Respublika Davlat Amaliy san’at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan xalq amaliy san’atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi. Muzey ekspozitsiyalarida xalq amaliy san’atining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston hududida asrlar davomida xalq badiiy hunarmandchiligining o’ziga xos yirik markazlari shakllangan , har bir hudud o’zining badiiy bezak san’ati bilan boshqalardan ajralib turgan. Hususan, Chust do’ppisi, pichog’i, Rishton o’zining lojuvard sopol idishlari, Marg’ilon kamalak tovlanma atlasi, Buxoro zardo’zligi, Shahrixon pichoqchiligi bilan ma’lumu- mashhurdir.
1927 yilda Uzbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari kurgazmasi tashkil qilingan edi. So'ng bu doimiy kurgazmaga aylantirilib, "O'zbekiston xalq xujaligi kurgazmasi" nomini oldi. Kurgazmaga quyilgan eksponatlar yilma-yil yigilib bordi. SHu bilan birga ilgarigi davrlarda tayyorlangan, qo'lda tikilgan kashtalar, do'ppilar, zargarlik buyumlari, gilamlar va shunga o'xshash xalk amaliy san'ati namunalari ham sotib olindi. Ana shu to'plangan xalk amaliy san'at asarlari 1937 yilning 7 iyulida Toshkentda ochilgan "Hunarmandchilik muzeyi" da namoyish etila boshlandi. 1960 yilda muzey "O'zbekiston amaliy san'ati doimiy kurgazmasi" nomini oldi. 1997 yilda sobiq ko'rgazma O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o'tkazildi va "Davlat Amaliy san'at muzeyi" maqomiga ega buldi. Bugungi kunda muzey xazinasida XIX asrning birinchi yarmidan to hozirgi kunlarimizgacha bo'lgan davrni qamrab olgan qo'li gul ustalar tomonidan yaratilgan bebaho amaliy san'at durdonalari yig'ilgan. Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san'at asarlarini badiiy jihatdan uch guruhga bo'lish mumkin. Birinchidan, bu qadimiy an'analar asosida yaratilgan, har bir hudud ichidagi o'ziga xosligini aks ettirgan maktablarga oid amaliy san'at asarlari; Ikkinchidan, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari an'anaviy uslubini yo'qotmagan xolda uni o'z ijodiy hofizasi bilan rivojlantirib, yanada badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlardir. Uchinchi guruh esa, bugungi kun amaliy san'at taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang turfa naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy san'at talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat. Muzey zaxirasida to'plangan buyumlar 20 nomdagi kolleksiyaga ajratilib saqlanadi va shu turlar buyicha ekspozitsiyalarda namoyish qilinadi. O'zbek xalki o'zining qadimiy amaliy san'ati bilan jahonga mashxurdir. Zebi ziynatli buyumlar yasash san'ati xalqimiz jodining eng qadimiylaridan hisoblanadi. Bu nodir xalq badiiy hunarmandchiligi namunalarini me'moriy yodgorliklar, ganch, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlikda, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamduzlik, ipak va ip gazlamachiligi, zarduzlik, kashtachilik va o'nlab boshqa amaliy san'at turlarida o'z namunalarini saqlab qolgan. Bugungi kunda yuksak va noyob san'at durdonalari darajasiga ko'tarilgan bu bebaho merosimiz muzeylarimizda saqlanib kelinmokda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma'naviyati orqali bilamiz, tarixining tagtomirlarigacha nazar tashlaymiz"deb bejiz uqtirmagan edi. Darxaqiqat, Respublikamiz muzeylari xazinalarida saqlanayotgan moddiy va ma'naviy madaniyatimiz bebaho yodgorliklari bizning kim bo'lganligimizni namoyon etuvchi nodir guvohlardir. Mustaqilligimiz yillarida respublikamiz muzeylari faoliyatini tubdan yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmokda. Muzeylar faoliyatini yaxshilash chora tadbirlari to'g'risida 1994 va 1998 yillarda Vazirlar Maxkamasining ikkita qarori qabul qilinganligi, "o'zbekmuzey" jamg'armasi tuzilganligi, Toshkentda o'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Qatag'on qurbonlari xotirasi", Termizda arxeologiya muzeylari tashkil etilganligi buning yaqqol ifodasidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 jil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tug'risda"gi Farmonida "O'zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalk ma'naviyaxloqiy kamolotida tutgan o'rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalkimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o'rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ'ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g'urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg'ularini kuchaytirish yo'lida keng foydalanish" zarurligi ko'rsatib o'tiladi. Respublika Davlat Amaliy san'at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo'lgan xalq amaliy san'atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi. Muzey ekspozitsiyalarida xalq amaliy san'atining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda. Ma'lumki, O'zbekiston hududida asrlar davomida xalq badiiy hunarmandchiligining o'ziga hos yirik markazlari shakllangan. har bir hudud o'zining badiiy bezak san'ati bilan boshqalardan ajralib turgan. Hususan, CHust duppisi, pichog'i, Rishton o'zining lojuvard sopol idishlari, Marg'ilon kamalak tovlanma atlasi, Buxoro zarduzligi, SHahrixon pichoqchiligi bilan ma'lumu mashxurdir. Muzey zallarida sayr etar ekansiz, inson qo'li bilan yaratilgan mujizalarni, betakror san'at nafisligini ko'rib, olamolam zavk olasiz. Muzey o'z xazinasida saqlanayotgan 7 mingdan ortiq xalq amaliy san'ati nodir asarlarining hammasini bir yula ekspozitsiyasida namoyish qilish imkoniga ega emas.

Download 18.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling