O’zbekiston bank tizimi, uning rivojlanish istiqbollari
Download 184,43 Kb.
|
O\'zbekiston-bank-tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
Alldata Mundarija Kirish 2 I. BOB. BANK TIZIMI. MARKAZIY BANK VA TIJORAT BANKLARI. PUL-KREDIT SIYOSATI 5 1.1. Bank tizimi. Markaziy bank va tijorat banklari 5 1.2. Pul-kredit siyosatining maqsadlari va vositalari 12 1.3. Kredit-pul siyosatining mexanizmi, uning soliq va valyuta siyosati bilan aloqadorligi 14 II. BOB. O’zbekistonda zamonaviy bank tizimining tashkil qilinishi va uning rivojlanish bosqichlari 17 2.1. O’zbekiston Respublikasida bank tizimini qayta tashkil qilishdagi tamoyillari 17 2.2. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi 18 III. BOB. BANK TISIMIDAGI MAVJUD VAZIYAT VA ISTIQBOLGA MO’LJALLANGAN ASOSIY YO’NALISHLAR 22 3.1. Bank tizimi va uning rivojlanishi 22 3.2. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida bank tizimida amalga oshirilgan ishlar 28 3.3. Nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishi 30 3.4. Kredit institutlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar va ustuvor yo'nalishlar 31 Xulosa 35 Foydalanilgan adabiyotlar 38 Ilova 40 KirishHozirgi jahon iqtisodiy inqirozi davrda, mavjud bo’lgan sharoit dunyoning har qanday davlatidan mustahkam boshqaruv tizimini va ayniqsa iqtisodiyotining barqarorligini talab qiladi. Ushbu talablarni o’zida mujassam etgan davlatimiz dunyo iqtisodchilari e’tiroflariga sazovor bo’lmoqda. Yaqinda, 1-4 – may kunlari bo’lib o’tgan Osiyo Taraqqiyot Bankining 43 – yillik yig’ilishining yurtimizda bo’lib o’tishi so’zimning isboti desam mubolag’a bolmasa kerak. ADB hisob kitoblariga qaraganda yurtimiz YaiM mahsuloti 2009 yilda 8.1% o’sgan, joriy yilda esa 8.5% o’sishi kutilayotgan ekan. Bu osiyo davlatlari orasida juda yuqori ko’rin ekanligini ta’kidladi.1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratiladi. Xususan: - aholi va tadbirkorlik sub'ektlari hamda investorlarning mablag'larini bank aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish; - banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash; - banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish; - hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish; - banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo'lishlarini ta'minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, bank va bank tizimi bozor iqtisodiyotining ajralmas bo’lagi hamda eng muhim strukturalari hisoblanadi. Bank tizimining kichik va o’rta biznes sohasini rivojlantirishdagi o’rni va umuman davlat makroiqtisodiyotida tutgan o’rnini ochib berishga, bu mavzuning dolzarbligi va muhimligini statistik hamda tahliliy ma’lumotlar orqali daliliy isbot sifatida keltirishga harakat qildim. Banklarning bu sohani rivojlantirishdagi roli ularning pul-kredit operastiyalarining amalga oshirishlaridir. Bundan tashqari kurs ishi banklarning aholiga xizmat ko’rsatish tizimidagi ayrim kamchilik va yutuqlari kabi muammolarni o’z ichiga olgan. Mustaqillikning dastlabki yillaridan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli demokratik xuquqiy davlat qurishdir. O’z milliy valyutamiz muomalaga kiritilishi bilan respublikamiz hayotida yangi bosqich boshlandi. Dolzarbligi. Avvalambor, bank tizimi o’rni, ahamiyati va dolzrbligi to’g’risida so’z yuritganimizda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi ajoyib iboralarini yodga olishimiz o’rinlidir: “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirshida bank tizimi lokomotiv vazifasini bajarishi kerak”2. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish tizimida pul-kredit siyosati muhim o’rin egallaydi. Ya’ni, monetar siyosat – mamlakat milliy valyutasini barqaror saqlab turishdagi eng asosiy vosita bo’lib sanaladi. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan bo’lib, iqtisodiy o’sishning barqarorligi, inflyastiya, narxlar, ishsizlik va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni barqaror ushlab turishni taminlashga qaratilgan siyosatdir. Buni esa biz albatta banklar orqali amalga oshiramiz. Maqsad va vazifalar. Bank tizimi, Markaziy bank va tijorat banlari, pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari uning mexanizmi, soliq va valyuta bilan aloqadorligi, O’zbekistonda zamonaviy bank tizimining tashkil qilinishi va uning rivojlanish bosqichlari, bank tizimidagi mavjud vaziyat va 2010 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida bank tizimida amalga oshirilgan ishlar va nihoyat bank tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohatlar va ustuvor yo’nalishlarini yoritib berishdan iboratdir. Butun taraqqiyot davomida inson tomonidan yaratilgan ixtirolar orasida eng oddiysi va murakkabi, eng tushunarli va eng chalkashi, shak-shubhasiz, puldir. Insoniyatning eng ayanchli fojealari va eng olamshumul yutuqlari pul bilan bog’liq. Demak, shunday murakkab xususiyatga ega narsani boshqarish, tashkil etish, tartibga solish ham juda murakkab va muhim vazafadir. Ana shu vazifani bank tizimi amalga oshiradi. Download 184,43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling