O`zbekiston birinchi prezidenti asar va nuqtalarining manbaviy ahamiyati. Reja


Download 22.19 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi22.19 Kb.
#1420941
Bog'liq
Islomjon


O`zbekiston birinchi prezidenti asar va nuqtalarining manbaviy ahamiyati.
REJA:

  1. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

  2. .Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch” asari hamda unda ilgari surilgan umuminsoniy g`oyalari.

  3. Ma’naviyatning jamiyat, shaxs va millat hayotidagi muhim o’rni haqida.

I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. I.Karimov xalqning xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O‘zbekistonnng Davlat tili haqida Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. Natija, bu masala respublika Oliy Sovetining (XII chaqiriq) 1990 yil 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 chaqiriq ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib etdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «kolxozchilar, sovxoz ishchilari,fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer olishdi. O‘zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlardan biri O‘zKP Markaziy Komitetining 1989 yil 25 noyabrdagi XVIII plenumida O‘zbekiston hukumati avvalo respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» degan uydurmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o‘zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to‘xtatish zarurligi uqtirildi. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasi O‘zbekistonning davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonunnng qabul qilinishi o‘zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy va siyosiy hayotida ro‘y bergan g‘oyat muhim voqea bo‘ldi.
Ma’naviyatning jamiyat, shaxs va millat hayotidagi muhim o’rni haqida fikr yuritildi. Ammo uni real hayotga qanchalik tadbiq qilish yo qilmaslik davlat olib borayotgan siyosat bilan bog’liq. To’g’ri, shaxs va millat shakllanishi yoki jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ma’naviyatning roli va ahamiyatiga e’tibor berib kelingan.
Ma’naviyat rivojlanishi ham ma’lum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday qonuniyatlar bir necha yo’nalish va jarayonlarni o’z ichiga olsa ham, ularni yirik guruhlarga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar kiradi. Ya’ni shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati mustahkam, zaminlari chuqur bo’lishi ma’naviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o’zaro munosabatlari jarayonida sodir bo’ladigan «o’zaro ta’sir» va «o’zaro boyitish» orqali namoyon bo’ladigan jarayonlar kiradi. Ya’ni shaxs ma’naviy kamoloti onadan tug’ilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida yuzaga keladi. Hech qachon shaxs, inson o’zgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar, xalqlar bilan aloqa qilmasdan taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda «sof» millat borligiga hech kim guvohlik yoki kafolat bera olmaydi.
Ma’naviyat kategoriyalari tushunchalariga shaxsning o’z-o’zini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, xayrixohlik, iymonlilik, halollik, e’tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo’ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to’g’rilik va boshqalar; millatning vakili sifatida: milliy o’z-o’zini anglash, milliy g’urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan mas’uliyatni milliy manfaat ustivorligini his etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san’at, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga hurmat va itoatkorlik. vazminlik, o’z kasbining mohir ustasi bo’lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan xabardor bo’lish va uni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida faollik va boshqalar kiradi.Islom Abdug‘aniyevich Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston Qahramoni unvoni, «Mustaqillik» va Amir Temur ordenlari bilan taqdirlangan. Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi edi. Ayni vaqtda u iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ko‘plab xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademigi etib saylangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning faxriy unvon, orden va medallari bilan ham mukofotlangan edi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘z xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevar edi va o‘zining so‘nggi kunlariga qadar butun hayotini O‘zbekistonga xizmat qilishga bag‘ishladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning so‘nmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qolgan. maxsus kasb-hunar o’quv yurtlarining zamonaviy tarmoqlarini bunyod etish rejalashtirilgan.
Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling