O’zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelishi va rivojlanishi


Download 19.91 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi19.91 Kb.
#1499062
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelishi va rivojlanishi

Bu ma’lumotlar raqamli iqtisodiyot rivojlanishining dastlabki bosqichiga tegishli ekanini hisobga olsak, uning rivojlanishi sur’ati to‘g‘risida tasavvur hosil qilish qiyin emas. Prognozlarga ko‘ra, 2022 yilga kelib global IP-trafik hajmi sekundiga 150,700 Gb ga etadi, bu Internet tarmog‘ida yangi foydalanuvchilarning ko‘payishi va Internetning yanada kengayishi natijasida amalga oshadi. Jahon miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish geografiyasida ikki mamlakat etakchi o‘rinni egallab turibdi. Bular AQSH va Xitoy. Bu mamlakatlarga blokcheyn texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha patentlarning 75 foizi, “Internet of Things (Narsalarinterneti)”ga2 sarflanadigan xarajatlarning 50 foizi va bulutli hisoblash ochiq texnologiyalari global bozorining 75 foizidan ortig‘ini to‘g‘ri keladi. Eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, ular dunyodagi 70 ta eng yirik raqamli platformalarning bozor kapitallashuvining 90%ni nazorat qilishadi. Evropaning ulushi 4%, Afrika va Lotin Amerikasiningumumiy ulushi atigi 1%ga teng.

Ettita "superplatformalar" –Microsoft va undan keyingi o‘rinda turuvchiApple, Amazon, Google, Facebook, Tencent va Alibaba kompaniyalari umumiy bozor kapitallashuvining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.3 SHunday qilib, raqamli texnologiyalarning ko‘plab sohalarida dunyoning qolgan qismi, ayniqsa Afrika va Lotin Amerikasi AQSH va Xitoydan ancha orqada. Mavjud tafovut ilg‘or raqamli texnologiyalarda global ustunlikka intilishning oqibatida yuzaga keladi. AQSH va Xitoyning YAIM hajmi bo‘yicha jahonda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turganligini e’tiborga olsak, raqamli texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin. Mobil aloqa texnologiyalarning rivojlanishi va raqobatbardoshligini baholash, uning ko‘p jihatliligi va omilliligini hisobga oladigan indikatorlar tizimi umumlashtiriladi. Mobil aloqa texnologiyalarning olinadigan daromad ko‘rsatkichlari qiymat dinamikasining turli omillari ya’ni ichki hamda tashqi mintaqa mobil aloqalarning kirib borishi darajasi.


Download 19.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling