O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Download 346.85 Kb.
bet9/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Gaz bosimi tarzi. Gaz shapkali uyumlarda neftni quduqlar tubiga harakatlan-tiruvchi asosiy energiya manbaasi gaz shapkasidagi gazning bosimi hamda neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu uyumlarda bundan tashqari chekka va ostki suvlarning ahamiyatli faolligi bōlishi mumkin.
Gaz bosimi tarzida ishlatishning boshlangich bosqichida neft olish ahamiyatsiz kamayadi. Bu kōp neft olinganda uyumning neftli qismida qatlam bosimini pasayishi, natijada gaz shapkasidagi gazning kengayishi hisobiga bosimning yuzaga kelib neftni gaz bilan porshenli siqib chiqarilishi bilan boĝlik. Bunday holda uyumda GNCh ni tobora pasayishi kuzatiladi. Vaqt ōtishi bilan gaz shapkasida ham bosim tobora pasaya boshlaydi va neft debitini kamayishiga olib keladi. Shunday qilib gaz bosimi tarzida qatlam bosimining ōzgarishi jami neft olishga boĝlik bōladi.
Neft qazib olingan sari qatlam bosimi tobora pasayib boradi va uyumning neftli qismida qatlam bosimining ahamiyatli pasayishiga olib keladi. Bu neftda erigan gazning erkin holatda ajralishi va uni gaz shapkasida tōplanishiga imkon yaratadi. Neftdan gazning ajralishi uning qovushqoqligini oshiradi va neft debitiga hamda neft beruvchanlikka salbiy ta’sir kōrsatadi. Qatlam bosimining yanada pasayishi gaz omilini ōsishiga olib keladi.
Uyumning neftli qismida qatlam bosimining ahamiyatli pasayishi chekka va ostki suvlarini harakatlanishi va uyumga kirishiga imkon yaratadi. Bu uz navbatida SNCh ni uyumning gumbaz qismiga tomon siljishiga olib keladi. Qatlam bosimini uyumning gazli qismida pasayishi va kōp miqdorda gaz olish GNCh ni yuqoriga siljishi va neftni quruq kollektorga kirishiga sabab bōladi. U yerdan neftni olish imkoni bōlmaydi. Tabiiyki bu jarayon neftberuvchanlikni pasayishiga olib keladi. Bunday holatlarda gaz shapkasidan gaz olish maqsadga muvofiq emas.
Gaz bosimi tarzida oxirgi neftberuvchanlik koeffitsienti 0,5-0,7 ni tashqil etadi ( 2a rasm).
Erigan gaz tarzi. Neftni qazib chiqarish quduqlari tubiga harakatlantiruvchi asosiy energiya manbaasi neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu tarz odatda uyumning neftli qismi bilan kontur orti qismining gidrodinamik aloqasi yaxshi bōlmagan uyumlarda yuzaga keladi.
Erigan gaz tarzi qatlam bosimi tōyinganlik bosimidan pasayganda kuzatiladi. Uyumda neftda erigan gazlar undan ajralib erkin holdagi pufakchalarni hosil qiladi. Bu vaqtda ular neftgaz eritmasi (aralashmasi) hosil qilib yuqori darajadagi qayishqoqlik beradi, neftni qovushqoqligini pasayishiga imkon yaratadi va aralashmaning harakatlanishini yingillashtiradi. Ishlatishning bu davri qatlam bosimining doimiy ravishda pasayishi, gaz omilining nisbatan doimiyligi va joriy qazib chiqarishni maksimumgacha ōsishi bilan xarakterlanadi.
Gaz pufakchalarining miqdori oshib va neftga nisbatan harakatchanlikka ega bōlib quduqlar tubiga neftdan avval yitib keladi. Bu davrda gaz omili birdaniga ōsadi va neft uchun fazoviy ōtkazuvchanlik kamayadi. Shu vaqtda neft ōzida erigan gazning asosiy qismini yōqotib qovushqoq bōlib qoladi va harakatchanligi kamayadi. Shuning uchun qatlam bosimining pasayib borishiga qaramasdan joriy neft olish minimumgacha kamayadi.
Neftda erigan gazning miqdori chegaralanganligi sababli uning energiyasi pasayadi, neftdan gazning ajralishi tōxtaydi. Gaz omili minimumgacha kamayadi. Erigan gaz tarzida qatlam bosimining pasayishi jami neft va gaz olishga boĝlik (2b Rasm).
Yuqorida bayon qilinganlar erigan gaz tarzining kam samaraligidan dalolat beradi. Neft olish koeffitsienti sharoitga boĝlik holda 0,1-0,3 oraliqda ōzgaradi.

2 Rasm. Uyumlarni ishlash dinamikasi grafigi ( M.A.Jdanov buyicha ) .
a – gaz bosimi tarzida; b – erigan gaz tarzida.
Egri chiziklar: Qnneft qazib chiqarish; Qs suv qazib chiqarish; Pqat.qatlam bosimi; Ptōy. – tōyinganlik bosimi; Grgaz omili; A – A – uyumda gravitatsion tarzni yuzaga kelishi.

Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling