O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Neft uyumlarining tarzlari


Download 346.85 Kb.
bet8/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Neft uyumlarining tarzlari.
Suv siquvi tarzi. Suv siquvi tarzida neftni qatlam bōylab quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy energiya manbaasi chekka (ostki) suvlarning siquvi hisoblanadi. Uyumni ishlatish jarayonida chekka suvlar uyumga kirib boradi va olinayotgan neft ōrnini tōldiradi. Shuning ōzi bilan qatlam bosimi ushlab turiladi.
Chekka (ostki) suvlarning siquvini doimiyligi qator geologik va gidrogeologik omillarga boĝlik. Bularga uyumni ta’minot viloyatiga yaqin joylashganligi, uyum va taminot viloyati orasidagi aloqaning yaxshiligi va ularning gipsometrik sathlari orasidagi farqning kattaligi kiradi. Suvneft chegarasidan qazib chiqarish quduqlarini tubiga bosimning tez uzatilishi turli fatsial aralashuvlar bilan murakkablashmagan kollektor qatlamning yuqori ōtkazuvchanligi bilan erishiladi.
Suv siquvi tarzli uyumlarda qatlam bosimining ōzgarishini aniqlovchi asosiy kōrsatkich neft olish jadalligi (miqdori) hisoblanadi. U uyumdagi boshlanĝich olinadigan zaxiralardan 7-8% gacha yetishi mumkin.
Suv siquvi tarzida ishlayotgan uyumlarda qatlam bosimi boshida biroz pasayadi, sōngra bir xil kattalikda tōyinish bosimidan yuqori kōrsatkichda turadi. Shuning uchun gaz omili kichik va vaqt maboynida ōzgarmas bōladi.
Chekka suvlarning doimiy siquvi ta’sirida suv neft chegarasi (SNCh) tabora kōtariladi va qazib chiqarish quduqlari suvlanadi. Ishlatishning yakuniy bosqichida kōpchilik quduqlar suvlanib tōxtatilganda yillik neft olish kamayadi, qatlam bosimi esa oshadi. (1a rasm).
Suv siquvi tarzi eng samarali hisoblanadi. Neft olish koeffitsienti 0,8 gacha yetadi.
Qayishqoq - suv siquvi tarzi. Qayishqoq - suv siquvi tarzida qatlam energiyasining asosiy manbaasi yer qa’rida bosim bilan siqilgan suvlar, neft va toĝ jinslarining qayishqoqlik kuchlari hisoblanadi. Qayishqoqlik kuchlari chekka suvlarning kuchsiz siquvi hisobiga yuzaga keladi. Suvning bosimi yillik qazib chiqarish boshlangich zaxiralarning 4-5 % ni tashqil etganda qatlam bosimini ushlab turishni ta’minlaydi. Bu tarzda ishlaydigan uyumlar uchun taminot viloyati bilan kuchsiz (yomon) aloqa, undan uzoqda joylashganlik, past ōtkazuvchanlik va kollektor qatlamlarning bir turli emasligi xarakterlidir.
Quduqlar ishga tushirilgandan boshlab quduq tubi atrofida past bosimli zona hosil bōladi. Bu zonada neft, aralash suv va toĝ jinslari qayishqoqlik kuchlari hisobiga kengaya boshlaydi va bosim hosil qilib quduq tubiga harakatlanishiga imkon yaratadi. Past bosimli zona tobora kengayib boradi va qayishqoqlik kuchlari katta maydon bōylab ta’sir kōrsatadi. Past bosimli zona qatlamning suvli qismiga yetganda qatlamga suv kiradi va suvneft chegarasi kōtarilib boradi. Suvneft chegarasi bir xilda kōtarilmasligi quduqlarni muddatidan oldin suv bosishiga olib keladi. Buning natijasida maxsulotning suvlanganlik foizi oshadi.
Qayishqoq suv siquvi tarzida qatlam bosimi avvaliga pasayadi, sōngra qatlamdan joriy va jami neft olishga boĝlik holda doimiy ravishda tōyinganlik bosimidan yuqori kōrsatgichda saklanadi. Shuning uchun ishlatish jarayonida gaz omili ōzgarmaydi. Agar neft olish miqdori oshirilsa, qatlam bosimi pasayadi va u tōyinganlik bosimidan ham pasayganda uyumda yerigan gaz tarzi yuzaga keladi. ( 1b rasm).
Qayishqoq suv siquvi tarzida neft olish koeffitsienti 0,4-0,7 ni tashqil etadi.

1 Rasm. Uyumlarni ishlash dinamikasi grafigi ( M.A.Jdanov bōyicha ) .


a – suv siquvi tarzida; b – qayishqoq-suv siquvi tarzida.
Egri chiziklar: Qnneft qazib chiqarish; Qs – suv qazib chiqarish; Pqat.qatlam bosimi; Ptōy. – tōyinganlik bosimi; Gr – gaz omili; A – A – uyumda gravitatsion tarzni yuzaga kelishi.


Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling