O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Download 346.85 Kb.
bet16/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Kon geologik usullari.

Maxsuldor qatlamlarning uyumlari haqida olingan kon geologik ma’lumotlarning barcha usullarini mufassal tahlil qilish asosida uyumning tuzilishi, umumiy, samarali va neftga tōyingan qalinliklarni tarqalishi, uyumning chegaralari haqida kompleks kon geologik tasavvur beriladi, kollektorlik xossalari aniqlanadi, qatlamning sizish kōrsatkichlari , xilma-xilligi baholanadi, neft, gaz, suv debitlari , boshlangich qatlam bosimi, uning vaqt mobaynida uzgarishi, gaz omillari, quduqlarning maxsuldorligi, haydov quduqlarining qabul qiluvchanligi, uyumning ish tarzi, qatlam bosimini ushlab turish usuli aniqlanadi.


Uyumlarning kon geologik xususiyatlari geologik kesimlar, xaritalar, sxemalar yordamida ōrganiladi.
XULOSA
Bu foydali qazilmalarni qazib chiqarish asosida qayta ishlash faol rivojlanadi, eng avvalo yangi materiallar ishlab chiqarish bo’yicha kimyo sanoati, iqtisodiyotning barcha muhim tarmoqlarida texnologik jarayonlar takomillashadi. Shahar va tumanlarni keng qamrovli gazlashtirish katta sotsial ahamiyatga ega bo’ldi, atrof muhitni ekologik sog’lomlashtirish va hayot faoliyati xavfsizligining muhim omili bo’ldi. Shunday qilib, neft va gaz zamonaviy texnik-texnologik, ekologik va sotsial taraqqiyotning zaruriy asosini yaratdi.
Neft va gaz hosil bo’lishining konlarni shakllanishini o’rganishga va ularni fazoviy joylashish qonuniyatlarini o’rganishga asoslangan zamonaviy nazariyasi turli fazaviy tarkibli uglevodorodlarni bosqichli generatsiyalanishining biogen cho’kindi-migratsion nazariyasini o’zida namoyon qiladi. U neftgazgeologiyasi maktabining asoschisi, taniqli olim akademik I.M.Gubkin tomonidan yaratilgan organik konsepsiyaning taraqqiylashgani hisoblanadi.
XX asrning 80-yillarida bu nazariyaning neftgazlilik istiqbollarini yuqori ishonch bilan alohida miqdoriy bashoratlashni ta’minlaydigan evolyutsion- katagenetik modeli ishlab chiqildi. Unga muvofiq navbati bilan kursning muhim nazariy holatlari ko’rib chiqiladi: uglevodorodlarni hosil bo’lishi, uyumlarni shakllanishi va joylashish qonuniyatlari, neftgazlilik istiqbollarini baholash va konlarni izlashning asosiy yo’nalishlarini asoslash, neftgazgeologik rayonlashtirish, izlov-qidiruv ishlarining oqilona ketma-ketligi samaradorligini oshirish yo’llari hamda ularni neft va gaz resurslarini o’zlashtirishning yuqori rentabelligini belgilaydigan joylashtirish sistemalarini ratsional ekologik ta’minlash.



Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling