O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Download 346.85 Kb.
bet4/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

G = (H-h) / (T-t)

Bu yerda, G- geotermik poĝona, m/0C; N-harorat o’lchangan joyning chuqurligi, m; h – doimiy haroratli qatlamning yotish chuqurligi, m; T - N chuqurlikdagi harorat, 0S; t – havoning o’rtacha yillik harorati, 0C.


Geotermik gradient deb, har 100 metr chuqurlikda haroratning o’sishiga aytiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(T-t) 100
G = ————
N-h
Shunga muvofiq geotermik poĝona va geotermik gradient orasidagi boĝliqlik G=100/G munosabat bilan ifodalanadi.
Haroratni mustahkamlangan yoki mustahkamlanmagan quduqda o’lchash mumkin. O’lchashdan avval quduq burĝulash yoki ishlatish natijasida unda buzilgan harorat rejimi tiklanishi uchun 20-25 kun maboynida yopiladi. Lekin ko’pincha harorat quduq to’xtatilgandan so’ng 4-6 soat o’tib o’lchanadi. Burĝulashda harorat odatda texnik sabablarga ko’ra to’xtatilgan quduqlarda aniqlanadi. Nasosli qazib chiqarish quduqlarida harorat nasos quduqdan olinib o’lchanadi, bu o’lchovlar faqat ishlatilayotgan qatlam oraliĝi uchun ishonchli. Quduqning boshqa oraliqlari bo’yicha ishonchli ma’lumotlar olish uchun gilli eritma bilan to’ldirish va uzoq yoki qisqa muddatga qoldirish zarur (20 kun).

Neft va gaz uyumlarini ishlatish tizimlari
Ishlatish va ishlatish tizimi haqida tushuncha.
Qidiruv ishlari va zaxiralarni hisoblash tugatilgandan so’ng ishlatishni loyihalashga kirishiladi. Loyiha hujjatlari uyumning kon geologik xususiyatlarini kompleks o’rganish, ularning sinov uchun ishlatish jarayonida olingan energetik tavsifini o’rganish asosida tuziladi. Bunda konni oqilona ishlatish bo’yicha tadbirlar hamda qazib chiqarish va haydovchi quduqlarni ma’lum sxema bo’yicha joylashtirish belgilanadi.
Neft (gaz) uyumini ishlatish deb, qatlamning tabiiy energiyasidan foydalanib yoki unga sun’iy ta’sir ko’rsatib qatlamdan samarali neft (gaz) qazib chiqarish uchun muljallangan texnologik jarayonlar majmuasiga aytiladi.
Neft uyumini ishlatish tizimi deb, uyumni ma’lum sxema va qatlamga ta’sir ko’rsatish tadbirlarini hisobga olgan holda qabul qilingan sxema va reja bo’yicha ekspluatatsion va haydovchi quduqlar bilan burĝulashga aytiladi.
Loyiha hujjatlarida (texnologik sxema yoki ishlatish loyihasi) quyidagilar aniqlangan bo’lishi zarur: qazib chiqarish, haydovchi, rezyerv va nazorat quduqlarining soni va ularni geologik sharoitlardan kelib chiqib uyum chegarasida joylashtirish. Bundan tashqari, yillik neft (gaz), suyuqlik olish, qatlam bosimini ushlab turish usuli, haydaladigan suv, gaz (havo) ning miqdori hamda quduqlarni favvoralanish muddati, ularni chuqurlik nasoslari bilan ishlatishga o’tkazilishi belgilangan bo’lishi kerak. Loyihalangan ishlatish tizimi konni jihozlashga minimal kapital xarajat qilgan holda maksimal neft qazib chiqarishni ta’minlashi lozim. Ishlatish tizimi va qatlamga ta’sir etish bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlar rejalashtirilgan neftberuvchanlik koeffitsientini ta’minlashi kerak.
Neft konlarini ishlatishni loyihalashda ko’p qatlamli konlarni va maxsuldor qatlamning alohida uyumlarini ishlatish tizimini alohida ko’rib chiqish zarur. Ko’p qatlamli konlarning ishlatish tizimlarini asoslashda ularning kesimida ishlatish ob’ektlarini ajratish, bir nechta maxsuldor qatlamlarni birgalikda ishlatish imkoniyatlariga katta e’tibor beriladi.

Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling