O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti


III BOB. JISMONIY TARBIYANING USLUBIY VA MAXSUS


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#222279
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari (1)

III BOB. JISMONIY TARBIYANING USLUBIY VA MAXSUS 

TAMOYILLARI 

 

3.1.  Jismoniy tarbiya tizimida tamoyillar ierarxiyasi 

Tamoyilning  umumiy  ta'rifi  rus  tili  izohli  lug’atida  biror  nazariya, 

ta'limot,  fanning  asosiy  boshlang’ich  qonuni  (qoidasi)  sifatida  tushuntiriladi. 

Ta'lim  va  tarbiya  tizimida  tamoyil  deganda  “Yo’naltiriluvchi  qoida”,  “Asosiy 

qoida”,  “Ko’rsatma”  tushuniladi.  Tamoyillarning  amaliy  ahamiyati  shundan 

iboratki,  ular  sinovlar  va  xatolar  qilish  yo’lidan  xoli  ravishda  belgilangan 

maqsadga  aniq  borishga  imkon  beradi,  vazifalarni  hal  etish  negizini  ochadi 

hamda ularni amalga oshirishning asosiy qoidalarini belgilab beradi. 

Ta'lim va tarbiya tizimining g’oyaviy asoslarini aks ettiruvchi tamoyillar 

qatoriga  jamiyatning  tarbiyalash  strategiyasiga  oid  umumiy  ijtimoiy 

tamoyillarini  kiritish  mumkin.  Ular  insonning  maqsadli  har  tomonlama 

rivojlanishini  hamda  tarbiyaning  jamiyat  amaliy  hayoti  bilan  uzviy 

bog’liqligini ta'minlash uchun ijtimoiy omillardan (madaniyat, tarbiya, ta'lim) 

foydalanishni nazarda tutadi. 

Jismoniy  tarbiya  tizimida  bu  tamoyillar  asosiy  yo’naltiruvchi  qoidalar  

hisoblanadi,  ularga  muvofiq  holda  butun  jismoniy  tarbiya  amaliyoti  ro’yobga 

chiqariladi. 

Jismoniy  tarbiya  tamoyillari  jismoniy  tarbiya  jarayonida  tarbiyaning 

hamma  tomonlari  (aqliy,  axloqiy,  estetik,  mehnat,  jismoniy)  birligini 

kafolatlaydi. 

Eng 

katta 


sog’lomlashtiruvchi 

samarasi: 

sog’liqni 

mustahkamlaydi va  umumiy ish qobiliyatining yaxshi saqlanishini ta'minlaydi; 

insonni mehnatga va boshqa faoliyat turlariga, jumladan, har tomonlama harbiy 

xizmatga    jismoniy  tayyorlash  ishidagi  jismoniy  tarbiyaning  asosiy  vazifasini 

aks ettiradi. 

Yuqorida  aytib  o’tilgan  eng  muhim  qoidalar  jismoniy  tarbiyaning 

umumiy  tamoyillarida  aks  etgan  (shaxsni  har  tomonlama  rivojlantirish 



26 

 

tamoyili, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy faoliyat bilan birligi tamoyili, 



sog’lomlashtirishga yo’naltiruvchi tamoyili). 

Ta'lim va tarbiya tizimida umumiy pedagogik tamoyillar mavjud bo’lib, 

ular  o’qitishning  (didaktika)  asosiy  qonuniyatlarini  aks  ettiradi.  Ular  jismoniy 

tarbiyada  umumiy  metodik  tamoyillar  ko’rinishida  o’zgarib,  metodikaning 

qator  universal  qoidalarini  o’z  ichiga  oladi.  Ularsiz  ta'lim  va  tarbiya 

vazifalarini yuksak sifat darajasida hal etish mumkin emas. 

Bunday  tamoyillardan  tashqari,  jismoniy  tarbiya  amaliyotida  maxsus 

tamoyillar  o’rin  olgan  bo’lib,  ular  “Jismoniy  tarbiyaning  qator  o’ziga  xos 

maxsus qonuniyatlarini belgilab beruvchi va ulardan kelib chiquvchi qoidalar- 

uning tizimli tuzilishi” tamoyillaridir. (L.P.Matveev, 1991). 

Shunday  qilib,  jismoniy  tarbiya  tizimida  bosh  qoidalar  sifatida  umumiy 

ijtimoiy  va  umumiy  pedagogik  hamda  umumiy  metodik  va  maxsus 

tamoyillardan foydalaniladi (3-chizma) 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling