3.9. Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan
muvozanati tamoyili
Bu tamoyildan uchta asosiy qoida kelib chiqadiki, ularga muvofiq
jismoniy tarbiya bosqichlari doirasida umumiy yuklama dinamikasining tipik
shakllari aniqlangan.
1. Jismoniy tarbiya jarayonida foydalaniladigan umumiy yuklama
miqdori shunday bo’lishi kerakki, uning qo’llanilishi sog’liqda salbiy
o’zgarishlarni keltirib chiqarmasligi lozim. Ushbu qoida yuklamalarning
kumulyativ samarasini muntazam nazorat qilishni ko’zda tutadi.
2. Q’llaniladigan yuklamaga moslashib borgan sari, ya'ni moslashishli
o’zgarishlar barqaror holat bosqichiga o’tgan sayin umumiy yuklama
o’lchamlarining navbatdagi oshirilishi ro’y berishi kerak.
Erishilgan tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, yuklama
parametrlari shuncha katta oshiriladi.
3.
Jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdoridan foydalanish
mashg’ulotlar tizimining ayrim bosqichlarida uning vaqtinchalik kamayishi,
yoki barqarorlashishi yoxud vaqtinchalik oshishini nazarda tutadi.
Jismoniy yuklamalar dinamikasi 4-chizmada keltirilgan.
38
4-chizma. Jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar miqdori dinamikasining shakllari.
- I- to’g’ri chiziq bo’lib ko’tariluvchi;
- II- zinasimon ko’tariluvchi;
- III- to’lqinsimon ko’tariluvchi.
Yuqorida bildirilgan fikrlar jismoniy tarbiyada umumiy yuklamalar
miqdori dinamikasining ikkita shaklidan: zinasimon ko’tariluvchi va
to’lqinsimon ko’tariluvchi shakllaridan foydalanish uchun asos bo’ladi.
Umuman olganda, to’g’ri chiziq bo’ylab ko’tariluvchi yuklama dinamikasidan
ham foydalansa bo’ladi. Biroq vaqti juda qisqa bo’lgan bosqichlardagina undan
foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |