1
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI
JISMONIY TARBIYANING DIDAKTIK TAMOYILLARI
(
O’quv-uslubiy qo’llanma
)
Toshkent-2015
2
Tuzuvchilar:
Raxmatova D.N. - O’zDJTI jismoniy tarbiya nazariyasi va
uslubiyati kafedrasi v.b. dosenti, pedagogika fanlari nomzodi.
Xolmurodov L.Z. - O’zDJTI jismoniy tarbiya nazariyasi va
uslubiyati kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Nurimov R.I. – Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
O’quv-uslubiy qo’llanmada jismoniy tarbiya nazariyasiga ta’aluqli
bo’lgan tamoyillarning amaliy ahamiyati, ta’lim sohasida ularning o’rni,
bundan tashqari jismoniy tarbiya jarayonida tamoyillarning hamma tomonlari
(aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat) haqida tushunchalar berilgan.
O’quv-uslubiy qo’llanmada jismoniy tarbiyada, jismoniy tarbiyaning
qo’llanilish tartiblari, uninq ahamiyati bo’yicha ma’lumotlar berilgan.
Uslubiy qo’llanma jismoniy tarbiya institutlari va pedagogika oliy o’quv
yurtlarining jismoniy tarbiya
fakultetlari talabalari, soha bo’yicha malaka
oshirish kurslari tinglovchilari uchun tavsiya qilingan.