O’yinni o’tkazish shart-sharoitlari
1. Avvalo zaruriy asbob-uskunalar bo’lishi kerak. Masalan: diametri 8 smli arqondan,
jundan, lattadan, rezinadan asalgan koptokchalar (rezinadan yasalgan koptokchalar yuqori haroratda
taranglik holatini yo’qotadigan bo’lganligi uchun ularni salqin joyda saqlash kerak), voleybol va
basketbol to’plari, irg’itish uchun uzunligi 1 mli tayoqlar, arqon, belbog’lar, bayroqchalar, kigizlar,
taxtachalar, bolg’a, aptechka va boshqalar bo’lishi lozim. Ko’z og’rig’i kasaliga duchor bo’lmaslik
uchun har bir o’quvchining o’z ko’z bog’lagichi bo’lishi kerak.
2. O’yin o’tkaziladigan maydoncha tekis bo’lishi, tikan, toshlar, shisha siniqlari va
boshqa keraksiz narsalardan tozalanib, doimo ozoda tutilishi lozim.
3. Mashg’ulot o’tkazilayotgan paytda maydonchada begona kishilar bo’lmasligi kerak.
Chunki ulat xayolni bo’ladilar va kishini o’yindan chalg’itib, ortiqcha harakatlar qilishga majbur
etadilar.
4. Maydonchani
asbob-uskunalar
bilan ta’minlash kerak, bundan tashqari,
maydonchadagi tabiiy buyum va narsalardan ham foydalanish zarur.
5. O’yinlar quyidagi gigiyena talablariga rioya qilingan holda o’tkazilishi lozim:
a) o’yin paytida kiyiladigan kiyim harakatlarni qiyinlash-tirmaydigan, yengil bo’lishi
kerak;
b) yozda o’yindan so’ng cho’milish darkor;
c) o’yin boshlanishidan oldin maydonchaga suv sepilishi lozim.
6. O’yinlarni suvda mashq qilish paytida o’ynovchilarning ko’karib va qaltirab
ketmasliklari uchun bo’linadigan vaqt cheklab qo’yilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |