O’zbеkistоn dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana09.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#256717
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
milliy va harakatli oyinlar

Nomeri bilan chaqirish 


 

51 


O’yin  tasviri.  Onaboshi  qilib  tayinlangan  o’ynovchidan  boshqa  hamma  o’yinchilar  katta 

davra  hosil  qiladilar  va  oldindan  chizib  qo’yilgan  kichik  doirachalarga  turadilar.  Rahbar 

o’ynovchilarni beshtadan qilib ajratadi va ularga nomerlar berib har kim o’z nomerini unutmasligini 

uqtiradi. 

Onaboshi  o’yinchilar  saflangan  katta  doira  o’rtasiga  borib  turadi.  Shundan  keyin  rahbar 

istagan tertibida birdan beshgacha bo’lgan nomerlarni chaqiradi. Nomerlari aytilgan o’yinchilar bir-

birlari  bilan  joylarini  almashtirishga  majburdirlar.  Onaboshi  bo’sh  qolgan  o’rinni  egallashga 

intiladi.  Agar  u  bunga  muvaffaq  bo’lsa,  doirachadan  chiqib  ketgan  o’yinchining  nomerini  oladi. 

Joysiz qolgan o’yinchi esa onaboshi bo’ladi. O’yin maydonida bir marta ham onabosh bo’lmagan 

yoki  boshqa qatnashchilarga qaraganda kamroq onaboshi  bo’lgan o’yinchilar  yutib chiqadi. O’yin 

natijalarini hisoblab chiqishda birinchi onaboshining roli hisobga olinmaydi. 

O’yin  qoidalari.  1.  Joy  almashinish  vaqtida  doirachaga  boshqa  o’yinchidan  oldin  oyoq 

qo’ygan  (hatto  bitta  oyog’ini  qo’ygan  bo’lsa  ham)  o’yinchi  doirachani  egallagan  hisoblanadi.  2. 

Egallangan  doirachadan  o’yinchini  itarib  chiqarish,  o’yinchilarni  bir  doirachadan  ikkinchi 

doirachaga yugurib o’tish paytida ushlab qolish taqiqlanadi. 

Eslatma.  Birdaniga  ikkitadan  nomerni  chaqirish,  o’yin  oxirida  esa  joylarni  almashtirish 

uchun  o’yinchilarning  hammasini  yoki  yarmini  “Juft  nomerliklar!”,  “Toq  nomerliklar!”  deb 

chaqirish mumkin. 

O’yinchilar  turadigan  doirachalar  boshqa  bironta  belgilar  bilan  almashtirilishi  ham 

mumkin. 


O’yinning o’ziga xos harakatlari. Tez va qisqa-qisqa yugurishlar. 

 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling