Kim keldi
O’yin tasviri. O’ynovchilar yarim doira bo’lib turadilar. Bir onaboshi tayinlanadi.
Onaboshi o’ynovchilarga orqa o’girib turadi. O’qituvchi signal berishi bilan bir o’quvchi onaboshi
oldiga keladi va qo’lini uning yelkasiga tegizib, darrov o’z joyiga borib turadi. Onaboshi “Bir, ikki,
uch!” deb orqasiga buriladi va yelkasiga kim qo’lini qo’yganligini, ya’ni uning oldiga kim
kelganligini aytib berishga harakat qiladi. Agar onaboshi kimning qo’l qo’yganligi yoki kelganligini
topsa, topilgan o’yinchi onaboshi bo’ladi. Aks holda onaboshi onaboshiligicha qolaveradi.
O’yin qoidalari. 1. Onaboshi “Bir, ikki, uch!” demasdan orqaga burilmasligi lozim. 2.
Onaboshi oldiga kelayotgan o’ynovchi sekin yurishi va gapirmasligi kerak.
Metodik ko’rsatmalar. O’yin vaqtida hamma jim turishi lozim, aks holda o’yinni davom
ettirish qiyinlashadi va o’yin qiziqarli o’tmaydi.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |