O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi U. B. Baxtiyorovning “Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida boshqaruv qarorlari” mavzuidagi ochiq darsining tahlili


Download 13.51 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi13.51 Kb.
#1124922
Bog'liq
taqriz


O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi U.B.Baxtiyorovning “Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida boshqaruv qarorlari” mavzuidagi ochiq darsining
tahlili
“Sport menejmenti va iqtisodiyot” o‘qituvchisi U.B.Baxtiyorovning “Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida boshqaruv qarorlari” mavzuidagi ochiq darsi VL 51-20 guruhida bo‘lib o‘tdi. Darsda ro‘yxatdagi 32 talabadan 24 talaba ishtirok etdi. O‘qituvchining mashg‘ulot jurnali, uni yuritishi va mashg‘ulot materiallari ish dasturiga muvofiq keladi.
U.B.Baxtiyorov mavzuni yoritishda ijodiy yondoshuvi, tushuntirishi, nutqining ravonligi, xatolarni to‘g‘rilashi, javoblarni tahlil qilishi, qo‘llangan usullarning maqsadga muvofiqligi dars jarayonida yaqqol ko‘rinib turdi. Tamoyil (prinsip) faoliyat va xulqning asosiy qoidasi yetaklovchi g‘oya bo‘lib, menejmentda muhim o‘rin tutadi, ammo uning mazmuni maxsus tadqiqot ob’yekti sifatida tegishli tarmoq va sohalar, shu jumladan, sport sohasining o‘ziga xos-xususiyatlarini hiobga olgan holda hali yetarli darajada ilmiy jihatdan tadqiq qilinmagan, aksariyat hollarda mazkur tushunchaga umumiy nuqtai nazardan yondoshib kelingan. Shuning uchun ham hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqaruv (menejment), ayniqsa sport menejmenti bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotlarda tamoyil (prinsip)to‘g‘risida bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman ta’rif, tavsif, izoh va talqinlarni uchratish mumkin. O‘qituvchi mavzuni yoritishda mavzuga tegishli ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va “klaster”, “aqliy xujum” hamda shunga o‘xshagan ta’limdagi innovasion texnologiyalar, slaydlar, taqdimot kabi turli xil pedtexnologiyalardan unumli foydalandi. Dars paytida talabalarning tayyorgarligi, faolligi va intizomligi mavzuni yaxshi o‘zlashtirishi hamda ochiq darsning yanada mazmunli o‘tishini ta’minladi. U.B.Baxtiyorov dars mavzusining ilmiy –amaliy jihatlariga ko‘proq e’tiborni qaratganida mashg‘ulot mazmunan boyitilgan holda sifati ham yanada oshgan bo‘lardi.
Ochiq dars uchun tanlangan mavzu talabalarga atroflicha yetkazib berildi. U.B.Baxtiyorov tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars ijobiy xarakterga ega bo‘lib OTM ning barcha talablari asosida amalga oshirildi.
Download 13.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling