Geografiya 1
Download 257.69 Kb. Pdf ko'rish
|
UZ GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘ri javob – A.
GEOGRAFIYA 1. Nima sababdan Oy tutilishi ro‘y beradi? A) Oy, Yer, Quyosh osmonda bir chiziqqa to‘g‘ri kelib qolganda B) Oy o‘z harakati davomida Yer va Quyosh soyasiga to‘g‘ri kelib qolganda C) Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida
D) Yer va Oyning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida To‘g‘ri javob – A. Test topshirig‘idan javoblarni o‘qib, mantiqiy fikr yuritsangiz, tahlil qilsangiz qaysi javob to‘g‘ri ekanligini bilib olasiz, buning uchun albatta mavzuga oid bilim va ko‘nikmaga ham ega bo‘lishingiz kerak, demak mantiqiy fikrlab ko‘ramiz: B javob noto‘g‘ri chunki, Oy Yer soyasiga tushib qolganda tutilish hodisasi sodir bo‘ladi, Oy hech qachon Quyosh soyasiga tushib qolmaydi, C javob ham noto‘g‘ri, sababi, Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida Yerning shakli davriy ravishda o‘zgarib turadi, natijada Dunyo okeani, atmosfera va Yer po‘stida ritmli ravishda qalqish hodisasi ro‘y beradi, ya’ni suvning ko‘tarilib, pasayishi sodir bo‘ladi, D javob ham noto‘g‘ri, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida sutka qaror topadi, kun va tun almashinadi, geografik qobiqda sutkalik ritmiklik ro‘y beradi. Oy, Yer, Quyosh osmonda bir chiziqqa to‘g‘ri kelib qolganida Oy yoki Quyosh tutilishi sodir bo‘ladi. Manba: Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi: P.G‘ulomov, R.Qurbonniyozov; 5-sinf, Toshkent – 2015 yil, 14-bet. Download 257.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling