O'zbekiston: davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida


O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi


Download 76 Kb.
bet4/5
Sana24.03.2023
Hajmi76 Kb.
#1291507
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekiston respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli

O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi
Boshqaruv har qanday jamiyatning ichki ehtiyojidir. Mehnat jarayoni va umuman har qanday faoliyat jarayonini tashkil etish ehtiyoji boshqaruvni keltirib chiqaradi. Boshqaruv - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.
Jamiyat maxsus boshqaruv tizimisiz mavjud bo'la olmaydi. Jamiyat hayotidagi tartib jamiyat nomidan ish yurituvchi maxsus davlat boshqaruv tizimi va mustaqil shaxs hamda jamoalarning ijtimoiy o'z-o'zini boshqaruvi tizimi asosiga qurilgandir. Lekin davlatgina jamiyatning yaxli boshqaruv tizimi bo'lib xizmat qila oladi. Davlat boshqaruvining o'ziga xos tizimi shundaki, u davlat qonunlarining hamma fuqarolar uchun majburiy bo'lgan kuchiga, jamiyatga va uning a'zolariga taalluqli bo'lgan ommaviy hokimiyatga tayanadi. Davlat boshqaruvining samaradorligi uning hokimiyati uyushqoqligi bilan kafolatlanadi. Ijtimoiy boshqaruv tizimida davlat asosiy bo'g'inni tashkil etadi. Buni davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvni anglatgani uchun «Davlat boshqaruvi» deb atash mumkin.
Davlat boshqaruv tizimi - ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi idoralar tizimi, ya'ni ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tizimidan iborat.
O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimi quyidagilardan iborat:

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti – Davlat boshlig'i sifatida;

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligidagi Vazirlar Mahkamasi – respublika hukumati;

  • O'zbekiston Respublikasi vazirliklari;

  • O'zbekiston Respublikasi davlat qo'mitalari; O'zbekiston Respublikasi markaziy davlat boshqaruvi idoralari va ularning joylardagi mahalliy organlari;

  • viloyat, shahar, tuman hokimliklari hamda ularning bo'lim va boshqarmalari.

Davlat boshqaruvi tizimining yuqoridagi tarmoq va yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va har bir sohaga tegishli qonun hujjatlariga tayanib ish ko'radilar.
Davlatning boshqaruv shaklini aniqlashda eng muhim belgilardan biri davlat boshlig'ining huquqiy maqomi qandayligi, u davlat boshiga qanday yo'l bilan kelishi hisoblanadi. Hozirgi dunyodagi mamlakatlar boshqaruv tizimi shakl jihatdan turlichadir. Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida boshqaruvning asosan ikki shakli – respublika va monarxiya shakli keng tarqalgan.
Respublika xalq hokimiyati demakdir. Respublika tushunchasi huquqiy qadriyat sifatida –davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarning saylab qo'yilishini, ovoz beruvchilarning xohish-irodasi hisobga olinishini bildiradi. Bu jihatlar Respublika tushunchasining ajralmas belgilaridir.
Respublika o'z navbatida Prezidentlik Respublikasi, Parlamentar Respublika va aralash respublika shaklida bo'ladi. Prezidentlik Respublikaning Parlamentar respublikadan farqi shundaki, prezident xalq tomonidan saylanadi, u davlat va ijro hokimiyatning boshlig'i hisoblanadi, hukumat prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi.
Parlamentar respublikada esa parlament, ya'ni Oliy vakillik, qonun chiqaruvchi idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi. Parlament saylovlarida g'alaba qilgan partiya rahbarlari hukumatni tuzadilar. Hukumat boshlig'I bosh vazir bo'lib, real hokimiyat uning qo'lida bo'ladi. Parlament hukumat qarorlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Butun hukumat yoki uning ayrim a'zolarini iste'foga jo'natadi. Hukumat par1ament oldida hisob beradi. Davlat boshqaruvining parlamentar respublika shakli hozirgi davrda Olmoniya Federativ Respublikasi, Italiya, Hindiston, Avstriya, Polsha, Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlarda o'rnatilgan.
Aralash respublikada prezidentlik va parlamentar respublikaning asosiy xususiyatlari aralashgan holda o'z aksini topadi. Bunda prezident bevosita xalq tomonidan ma'lum muddatga saylanadi. U bevosita hukumatga rahbarlik qilmaydi. Hukumatni bosh vazir boshqaradi. Prezident Konstitutsiyaga binoan parlament yoki uni quyi palatasini tarqatib yuborish huquqiga ega. Qonun bilan belgilangan muddat o'tgandan so'ng, xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlarining vakolati tugatiladi va ularga qaytadan saylov o'tkaziladi. Aralash respublika shakli hozirgi davrda Fransiya va Rossiya Federatsiyasi uchun xosdir .
Davlat boshqaruvining prezidentlik respublikasi shakli - davlat boshqaruvining samarali shakli bo'lib, davlatni boshqarish san'ati nazariyoti va amaliyotining taraqqiyoti natijasida tarixiy tajriba asosida tanlab olingan yo'llardan biri. Bu boshqaruv shaklida davlatni boshqarishda Parlamentga nisbatan Prezidentning huquqlari ustuvorligi ta'minlangan bo'ladi.
Prezidentlik respublikasi hozirgi kunda eng ko'p tarqalgan davlat boshqaruv shakli hisoblanadi. 1995-yilgi ma'lumotga ko'ra BMTga a'zo 186 davlatdan 140 tasida prezident lavozimi mavjud bo'lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. Bular AQSh, Argentina, Braziliya, Meksika, Gonduras, Zambiya, Urugvay va boshqalardir.
O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy hamda samarali shakli - prezidentlik shakli tizimi qaror toptirildi. Ya'ni, O'zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shakli o'rnatilgan.
Prezidentlik Respublikasi shakli xalqning ma'naviy qadriyatlari, xohish-istaklari va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezident1ik Respublika boshqaruvi - kuchli ijroiya, idora qiluvchi hokimiyatdir. Ya'ni Respublika Parlamenti va xalqi oldida O'zbekiston kelajagini, fuqarolarning siyosiy erkinligini ta’minlashga qaratilgan kuchli ijroiya hokimiyatidir.
Prezidentlik Respublikasida eng muhimi – hokimiyat bo'linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya'ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati birbiridan mustaqil holda ish olib boradi. Prezidentlik Respublikasida ijro hokimiyati Prezident qo'lida bo'ladi.
O'zbekiston nima uchun davlat boshqaruvining aynan shu usulini tanladi? Buning sabablari bor. Birinchidan - sharqda demokratiyaga keng imkoniyat yaratilishi bilan birga kuchli hokimiyat mavjud bo'lgan. Davlat boshlig'i talabchan, qat'iyatli, tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan - boshqaruvning parlamentar respublika usulida prezident parlament yig'ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik Respublikasida esa, u umumxalq saylovi yo'li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi bilan saylanadi. Bunda prezident o'z vakolatini parlamentning sanoqli a'zolaridangina emas, bevosita keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huquqiy, ma'naviy va demokratik mazmuni ham bor. Demak, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Prezidentning xalq tomonidan saylanishi, o'z vakolatini xalqdan olishi boshqaruvning samarali amalga oshirilishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun boshqaruvning Prezidentlik Respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir.
Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat'iy, dadil va jasurlik bilan faoliyat ko'rsatishi uchun imkon yaratadi.
Prezident davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig'i sifatida chinakam xalq yo'lboshchisi, tadbirkor va tashkilotchilik sifatlariga ega bo'lishi zarur.
Respublika Prezidenti Islom Karimov faoliyatida ana shunday sifatlar yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Prezidentning demokratik qarashlari, qadriyatlarga tayanishi, rivojlanishni oldindan seza bilishi, yuz berayotgan jarayonlarga ilmiy asosda yondoshishi, yechimlarni izlashda ommaga tayanishi, asoslangan rejalarni hayotga tadbiq etishi, siyosatda tadbirkorlik va oqillik kabi fazilatlarini keltirish o'rinlidir.
Boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shakli mamlakatda demokratik siyosiy tuzumni kafolatlaydigan demokratik tashkiliy davlat hokimiyatini ifoda etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «Respublika» tushunchasi «demokratiya» tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish usul va vositasi demokratik asosga qurilgan. Bilasizki, davlat siyosiy rejimining demokratik, totalitar, avtoritar turlari mavjud. O'zbekistonda hokimiyatni amalga oshirishda demokratik yo'l maqbul topilgan. Kuchli va ta'sirchan demokratik davlat hokimiyati bilan totalitarizm, avtoritarizm, diktatura o'rtasida hech qanday mushtaraklik yo'q. Faqat demokratiya ustuvor bo'lgan davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi.

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling