O'zbekiston: davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida
Download 76 Kb.
|
Jonibek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Demokratiya bu Konstitutsiya va qonunlar doirasida erkinlik demakdir. Konstitutsiyamizda demokratik respublikaning barcha belgilari bor. Jumladan: xalq hokimiyatning yagona manbaidir, davlat boshlig'i saylanadi va almashib turadi, vakillik organlari muhim o'rin tutadi, fuqaroning huquq va erkinliklariga asoslangan huquqiy maqomi mavjudligini aytishimiz mumkin.
Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon bor. Birinchisi -xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, ikkinchisi - hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, uchinchisi -oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Xalqni hokimiyatning yagona manbai sifatida tan olish boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan demokratik davlatlarga xos xususiyatdir. Xalq hokimiyatchiligi hokimiyatning davlat tuzilmalari (ijro etuvchi va vakillik organlari) va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi. Xalq hokimiyatchiligining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) demokratiya va bavosita, ya'ni vakillik shakli mavjud. Bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) demokratiya shakliga: referendum (umumxalq ovoz berishi), saylovlar, qonun loyihalarini muhokama qilish, yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar, hokimiyat tuzilmalariga yakka tartibda va jamoa bo’lib murojaat qilish kabilar kiradi. Vakillik shakliga esa, butun davlat, vakillik jdoralari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy ijtimoiy harakatlar kiradi. Demokratiyaning asosiy vazifasi - jamiyatdagi kuchlarni murosa asosida birlashtirib, ularni umumrizo qarorga, ya'ni konsensusga olib kelish va mamlakatning taraqqiyoti uchun xizmatga safarbar qilishdan iboratdir. Bugungi kunda O'zbekiston demokratiya tamoyillariga amal qilgan holda rivojlanmoqda. Adabiyotlar: “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.” T. 2009 y. O’zbekiston Respublikasining Sudlar to’g’risida”gi qonuni. Xalq so’zi. 2001 yil 13 fevral. O’zbekiston Respublikasi “Prokrutura to’g’risida”gi qonun. 1992 yil 9dekabr. O’zbekiston yangi Qonunlari 7-soni T. “Adolat” 1993 yil. I.A. Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”. T. “O’zbekiston”. 1998 yil. “O’zbekiston Respublikasini Vazirlar mahkamasi to’g’risida”gi qonun 1993 yil 6 may. O’zbekistonning yangi qonunlari 6-son. T. “Adolat” 1994 yil. Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling