Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo`nalishlari - Investitsiyalardan (kapital qo`yilmalardan) foydalanishning asosiy yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- yangi qurilish;
- korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
- ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
- harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
- yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
- Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo`shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo`shimcha, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Investitsiyalarning har xil turlari uchun turlicha baholash usullaridan foydalanish lozim, bu esa axborot ta`minotining turli darajada bo’lishiga bog’liq. Dastlabki real investitsiyalarni baholashda xususiy qarorlar, odatda, jo’n usullar bilan qabul qilinadi. Xususiy qarorlarni qabul qilishda investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: - Investitsiyalarning har xil turlari uchun turlicha baholash usullaridan foydalanish lozim, bu esa axborot ta`minotining turli darajada bo’lishiga bog’liq. Dastlabki real investitsiyalarni baholashda xususiy qarorlar, odatda, jo’n usullar bilan qabul qilinadi. Xususiy qarorlarni qabul qilishda investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
Statistik usullar. - Bu usullarda vaqt omili hisobga olinmaydi yoki to’liq darajada hisobga olinmaydi. Bularning uchta usullari mavjud:
- xarajatlarni taqqoslash;
- foydani taqqoslash;
- rentabellikni taqqoslash (investitsiyalar bilan bog’liq risklarni aks ettiradigan xarajatlarning qoplanish usuli).
Do'stlaringiz bilan baham: |