O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim va gumonitar fanlar fakulteti


Download 0.68 Mb.
Sana20.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1787910
Bog'liq
Geometrik usul yordamida masalalar yechish metodikasi


O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim va gumonitar
fanlar fakulteti
202-guruh talabasi
Toshmuhammatova Nigoraning
Matematika praktikumi fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi
Geometrik usul yordamida masalalar
yechish metodikasi:
grafik model yordamida
masalalar yechish – chizma,
diagramma, grafik
REJA:
  • Grafik model yordamida masalalar yechish
  • Chizma
  • Diagramma, grafik

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “yangi fikr va yangi g‘oya bo‘lmasa, taraqqiyot ham, innovatsiya ham yo‘q” mazmunidagi mulohaza va talabni keskin qo‘ymoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z ma’ruzalaridan birida “…nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi” 1 deya ta’kidladilar. Mamlakatimizda qurilish, ishlab chiqarish va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohalariga katta investitsiyalar kiritilmoqda. Bu sohalarda ishlaydigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj katta. Bunday mutaxassislarning tasavvuri va tafakkuri keng, kreativlik darajasi yuqori boʻlishi lozim. Ta’lim muassasalaridagi asosiy e’tibor mana shunday iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni sohalarga toʻgʻri yoʻnaltirish davr talabi boʻlib qolmoqda. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarishda texnika va pedagogika oliy oʻquv yurtlarida professor-oʻqituvchilar halol mehnat qilib kelmoqdalar. Xususan, chizma geometriya va chizmachilik, muhandislik kompyuter grafikasi fanlarining ham oʻz oʻrni va amaliy ahamiyati mavjud.
Farobiyning fikricha, ta’lim – tarbiya jarayonining har bosqichida o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirishi, o’ziga xos tarzda fikrlashi, tasavvur qilishi va his etishi orqali amalga oshadi. Inson tug’ilganidan fikrlash quvvatiga ega bo`ladi va u bolaning o’sishi bilan rivojlanib boradi. Olimning fikricha, inson aqliga sig’adigan tushunchalarning kishi ongida saqlanib qolishi, bilishning natijasi sanaladi. Farobiyning: “Bolada katta imkoniyatlarga ega bo’lgan ko’ngil bor. U his tuyg’uga, tafakkur orqali anglash xususiyatiga ega. Hissiyot va tafakkur bilan jismlar tushuniladi” , - degan xulosasi fikrimiz isbotidir.
Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularni uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shug’ullanadi. Geometriya material dasturda mustaqil bo’lim sifatida o’qitish jarayonida ajratib ko’rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalarni imkon bo’lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan yaqin aloqada doima qarab chiqiladi.
Geometrik material bilan tanishishda o’lchamlarga ancha katta o’rin beriladi, bolalar kesmaning uzunligini, berilgan ko’pburchakning perimetrini, to’g’ri to’rtburchakning yuzini topishni bilishlari kerak. Bunda tushunchalar ta’riflari bolalarga aytilmaydi. Shu bilan birga bir qator tushunchalarga nisbatan shu tushunchalarning mazmunini bevosita aks ettiruvchi belgilar ko’rsatiladi va yaqin jinsdosh tushunchalarga tegishli figuralar sinfidan tegishli figuralarni ajratish imkoni beriladi. Bolalar turli xil figuralarni tanib olishida, sinflarga ajratishda tegishli belgilardan foydalanishlari kerak.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling