Oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti
Download 269.81 Kb.
|
Kurs ishi - Texnologiya va Dizayn - Jalilova Bibisora
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI SANʼATSHUNOSLIK FAKULTETI “Texnologiya va Dizayn” fanidan K U R S I SH I Mavzu: O’quv ustaxonasini jihozlash texnologiyasi Tekshirdi: ___________________________________________ Bajardi: Jalilova Bibisora SAMARQAND - 2023 Mavzu «O’QUV USTAXONASINI JIHOZLASH TEXNOLOGIYASI» KIRISH
II BOB. O'QUV USTAXONASINI TASHKIL QILISH VA JIXOZLASH 2.1. O’quv ustaxonalarining ish o’rni va jihozlari. 2.2. O’quvchi va Amaliy kasbiy ta'lim o'qituvchisining ish o'mi. 2.3 O'quv ustaxonasida dars. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta`lim islohotimizining nazariy-metodologik asosini “Ta`lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ifodalandi. Maktablar oldiga qo’yilgan asosiy vazifa o’sib kelayotgan yosh avlodga bilim berish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan kamol toptirishdan iborat. Tarbiyaning tarkibiy qismlaridan birini mehnat tarbiyasi tashkil etadi. Mehnat tarbiyasi maktablardagi o’quv ustaxonalarida, o’quv kombinatlarida, ishlab chiqarish korxonalari qoshida tashkil etilgan o’quv sexlarida, tajriba uchastkalari, dalachilik brigadalari .va boshqa joylarda olib boriladigan mashg’ulotlar davomida berib boriladi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish o’quvchi yoshlarni mehnat malakalari bilan qurollantirish, ularda mehnat madaniyatini, turli xil kasblarga moyilligini shakllantirish, mehnat darslarining samarali o’tishy ko’p jihatdan o’quv ustaxonalarining barcha talablarga javob berarli darajada jihozlanishiga bog’liqdir. Mehnat ta’limi va tarbiyasini amalga oshirishda boshqa fan o’qituvchilari bilan bir qatorda mehnat o’qituvchisining roli ham kattadir. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, pedagogik va maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mehnat o’qituvchilari pedagogika institutlarining fizikatexnika va industrialpedagogika fakultetlari qoshida tashkil etilgan umumtexnika fanlari va mehnat bo’limida yetishtirib chiqariladi. Ular o’quv ustaxonalarini xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan, estetik jihatdan o’quvchilarning diqqatini. jalb eta oladigan qilib jihozlashda, mehnat darslarini to’g’ri tashkil etish va o’qitish borasida nazariy bilim va mehnat malakalariga ega bo’ladilar. Download 269.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling