Oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti


Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi


Download 269.81 Kb.
bet2/14
Sana18.06.2023
Hajmi269.81 Kb.
#1595873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi - Texnologiya va Dizayn - Jalilova Bibisora

Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Bilim yurtida o‘quv ustaxonalari o‘quvchilariga kasb asoslarini mehnat harakatlari, operatsiyalarini ishchi bajaradigan vazifalarini, tegishli kasb uchun asos bo‘lgan ishlarni bajarish usullarini sifatli o‘rganish uchun maxsus sharoit yaratish maqsadida tashkil etiladi. Turli kasblar bo‘yicha mehnatning mazmuniga, ishlab chiqarish ishlarining o‘qiga xosligiga qarab, turli kasblar uchun o‘quv ustaxonalarida ishlab chiqarish ta’limining muddati turlichadir. Tokar, frezerchi, remontchi-slesar, payvandchi va shunga o‘xshashkasblarga, ya’ni o‘quv va ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli qo‘shib olib borish mumkin bo‘lgan joylarda o‘quvchilar o‘quv ustaxonalarida uch yil emas, ikki yil davomida ta’lim oladilar, bu esa ta’lim davrining 50-60 foizini tashkil qiladi. Ishchilar mehnati murakkab, qimmatbaho, yirik o‘lchamli ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish, ularni tuzatish, sozlash bilan murakkab texnologik jarayonlarni, qurilish-montash ishlari va shunga o‘xshash ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa kasblar bo‘yicha o‘quv ustaxonalarida faqat asosiy harakatlar va operatsiyalarni: slesarlik, elektrmontaj ishlari, qurilishda pardozlash, dastlabki montaj ishlari va shu kabilarni o‘rganish uchun (3-6 oy va o‘quv vaqtining 15-20 foizi) tashkil qilinadi. CHunki to‘la texnologiya jarayonini bajarishga o‘rgatish uchun maxsus o‘quv sharoitini vujudga keltirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Kasb bo‘yicha mehnat mazmunining xususiyatiga qarab o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarni ishlab chiqarish ta’limi ularning unumli mehnati jarayonida o‘tkaziladi. SHu sababli o‘quv ustaxonalari ta’lim talablariga ham, ishlab chiqarish talablariga ham muvofiq bo‘lishi zarur. O‘quvchilarning ish o‘rinlarini rejalashtirish, tashkil etish va jihozlash, o‘quv ustaxonalarini tashkil etish hamda o‘quv ishlab chiqarish faoliyati xususiyatlari, tabiiyki turli kasblar uchun turlichadir. Ammo umuman o‘quv ustaxonalari uchun xos bo‘lgan umumiy talablarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Tayanch tushuncha va iboralar: ustaxona, master, uskuna, jixoz, TTV, rejalashtirish xujjatlari, ICHTning klasifikatsiyasi, O‘qtishni samarador tashkil etishning 5 ta aspekti Barcha o‘qitish dasturlariga tayangan holda qobiliyatlarni rivojlantiruvchi o‘qitish dasturi samarador o‘qitishning bazaviy komponentlaridan o‘qitishni samarador tashkil etishning 5 ta aspektini ko‘rsatib o‘tdi. Biz yuqorida bu komponentlarni samarador o‘qitishning 5 ta omili deb atadik: 1. Bilimning mazmuni; 2. YAqqollik va tashkil etish; 3. Talabalarni tushunish; 4. SHijoat va natijaviylik; 5. Xolis attestatsiya va imtixonlar. Bu o‘qitish aspektlari kollej o‘qituvchilari uchun juda qulaydir. CHunki yuqorida ko‘rsatilgan 5 ta aspektning xar biri o‘qitish va o‘rgatish uchun juda muhim sanaladi. Ta’kidlab o‘tilgan 5 ta aspektning faqatgina 1 tasiga bog‘lanib ish ko‘rish to‘g‘ri emas. CHunki ko‘rsatib o‘tilgan aspektlar bir-birini taqazo etadi. Bu aspektlar orqali siz talim oluvchining yuqori bilim olishini tashkil etishingiz mumkin

Download 269.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling