O‘zbekiston hududida hukmronlik qilgan sulolalar va hukmdorlar qadimgi Xorazm davlati (qadimgi davrdan XIII asr o‘rtalarigacha) (siyovushiylar, afrig‘iylar, ma’muniylar, oltintoshular, anushteginiylar) Qadimgi xorazmshohlar


Download 210.16 Kb.
bet9/11
Sana25.10.2023
Hajmi210.16 Kb.
#1719399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ooo

YUSUPOV USMON

  • YUSUPOV USMON
  • (1900-yil 1-mart, Farg‘ona tumanidagi Kaptarxona g‘ishlog‘i - 1966-yil 7-may, Toshkent) (1937-1950)
  • Davlat va siyosat arbobi. Mehnat faoliyatini 1916-yil Qovunchi (hoz. Yangiyo‘l shahri)dagi paxta tozalash zavodida ishchilikdan boshlagan. Toshkent binokorlar uyushmasi raisi, kasaba uyushmalari Toshkent okrugi kengashi raisi (1926-28). O‘zbekiston Kompartiyasi MK kotibi (1928-31), VSSPS O‘rta
  • Osiyo byurosi raisi (1931-34). O‘zbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati xalq komissari (1936-37),
  • O‘zbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1937-50). SSSR Paxtachilik ministri (1950-53), O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1953-54), Mirzacho‘ldagi “4-Boyovut” va “2-Boyovut” s-zlari va Yangiyo‘l tumanidagi «Xalqobod» agrar-sanoat birlashmasi direktori (1955-66).
  • Yusupov respublikaga rahbar bo‘lgan yillarda O‘zbekistonda xalі hashari yo‘li bilan yirik suv inshootlari (Katta Farg‘ona kanali, Kattaqo‘rg‘on suv ombori va b.) qurilgan. 2-jahon urushi davrida mamlakat g‘arbidan ko‘chirib keltirilgan korxonalarni ishga tushirish, yangilarini qurish, frontni oziqovqat, kiyim-kechak bilan muntazam ta’minlash, o‘zbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilish, urush tufayli uy-joy va boshpanasiz qolgan aholi hamda etim qolgan bolalarga mehribonlik va insonparvarlik qilishda Yusupov bosh-qosh bo‘lgan.

NIYOZOV AMIN ERMATOVICH

  • NIYOZOV AMIN ERMATOVICH
  • (1903-yil 1-noyabr, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon tumani - 1973-yil 26-dekabr, Toshkent) (1950-1955)
  • Davlat va siyosat arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan binokor (1973). 1920-30-yillarda sovet organlarida ishladi. Moskvadagi Sanoat akademiyasida o‘qidi (1930-34). 1940-yil O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining qurilish bo‘limi mudiri. 1940-46-yillarda respublika Moliya xalq komissari, 1946-47-yillarda O‘zbekiston Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari. 1947-50-yillarda O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi, 1950-55-yillarda O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy kengashining I kotibi. O‘zbekiston Kommunal xo‘jalik ministri, Ministrlar Soveti Gaz va kommunal
  • xo‘jalik Bosh boshqarmasining boshlig‘i (1956-60).

Download 210.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling