O‘zbekiston hududida hukmronlik qilgan sulolalar va hukmdorlar qadimgi Xorazm davlati (qadimgi davrdan XIII asr o‘rtalarigacha) (siyovushiylar, afrig‘iylar, ma’muniylar, oltintoshular, anushteginiylar) Qadimgi xorazmshohlar


Download 210.16 Kb.
bet7/11
Sana25.10.2023
Hajmi210.16 Kb.
#1719399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ooo

  • GIKALO NIKOLAY FYODOROVICH
  • (1897-1938) (1929)
  • Sovet partiya arbobi. 1917-yildan KPSS a‘zosi. Shimoliy Kavkazda sovet hokimiyatini o‘rnatish uchun kurashganlardan biri. 1925-yildan Shimoliy Kavkazda davlat kotibi. 1929-yilda Gikalo O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy kengashining I-kotibi bo‘lgan. Keyingi yillarda Ozarbayjon Kommunistlar partiyasi markaziy kengashining bosh kotibi, Moskva Davlat qo‘mitasi va mahalliy qo‘mita raisi lavozimlarida ham ishlagan. 1932-1937-yillarda Belarussiya Kommunistlar partiyasi markaziy kengashining kotibi. 1930-yildan markaziy-inqilobiy qo‘mita a‘zosi. 1934-yildan Butun ittifoq Kommunistlar partiyasi markaziy qo‘mitasi a‘zoligiga nomzod. U SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasiga a‘zo bo‘lgan.

IKROMOV AKMAL IKROMOVICH

  • IKROMOV AKMAL IKROMOVICH
  • (1898-yil, Toshkent - 1938-yil, 13-mart, Moskva)
  • (1929-yil dekabr - 1937-yil sentabr)
  • Davlat va siyosat arbobi. Toshkentning O‘qchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tug‘ilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur o‘rgangan. Toshkent shahrida o‘qituvchi (1918-1919), “Izchillar to‘dasi” va “Chig‘atoygurungi”a`zosi, Elxon taxallusi bilan she`rlar yozgan. Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan (1919-1921). Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik bo‘limi mudiri (19211922). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan. 1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda o‘qidi. 1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan O‘zbekiston Kommunistlar Partiyasi
  • Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi (1929-yil dekabr - 1937-yil sentabr). 1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashining O‘rta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi a`zosi, 1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumi a`zoligiga nomzod. O‘zSSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasi Prezidiumi a`zosi (1925-1937).

Download 210.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling