O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar’’mavzusidagi jadvalni to‘ldiring


Download 198.5 Kb.
bet7/7
Sana07.01.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1081500
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar’’mavzusidagi jadvalni to‘

Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog'i (hozirgi Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanida) da dunyoga kelgan. Ilmga bo'lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom (Suriya), Bag'dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san'atini, arab maqollari va urf odatlarini chuqur o'rganshiga sabab bo'ladi. U mintaqa georafiyasiga doir ma'lumotlar to'playdi. Mahmud az-Zamaxshariy turli soha ilmlariga doir 50 dan ortiq asar yozib qoldirdi.

Xorazmning Zamaxshar qishlog'i
Mahmud arab tili, adabiyot, diniy fanlarni tirishqoqlik bilan o‘rganadi. Husnixat ilmini o‘rganib, ayrim vaqt mobaynida u orqali pul topgan.
Bilimni chuqurroq o‘rganish ishtiyoqida u Buxoroga ketadi. Buxoroda Xorazm shohlariga xizmat qilib, hukmdorga yaqinlashishga harakat qiladi. Kerakli e’tiborga ega bo‘lmagach, o‘z umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun boshqa mamlkatlarga yo‘l oladi. 1118 yil og‘ir kasallikdan so‘ng kimgadur xizmat qilishdan bosh tortadi va butun umrini ilm-fanga bag‘shida etadi.
Az Zamaxshariy Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bog‘dod, Xijoz va ikki marotaba Makkada bo‘lgan. Qayerda bo‘lmasin, doim ilmiy ishlarini davom ettirgan, lug‘atni va arab tili grammatikasini, mahalliy qabilalar munozaralarini, maqolalarini, an’analarini chuqur o‘rgangan. U qit’a jo‘g‘rofiyasi bilan bog‘liq turli ma’lumotlar to‘plagan.

„Jorulloh” („Ollohning qo'shnisi”), „Arab va g'ayri arablar ustozi”, „Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug'langan.
Az Zamaxshariy o‘z davrining yirik tarixshunosi, jo‘g‘rofiyachisi, adabiyotshunosi, tilshunosi, pedagogi va shoiri hisoblanadi. Uning qalamiga mantiq, grammatika, din, lug‘at, adabiyot, adabiyotshunoslik, pedagogika, tarix va jo‘g‘rofiyaga oid 50 dan ziyod ishlar mansub. U bilimlarini kitoblari va o‘quvchilari orqali tarqatgan. Uning ko‘plab asarlari bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Az Zamaxshariyning ko‘plab asarlari arab tili va grammatikasiga bag‘ishlangan. Xususan, “Al-Mufassal” asari bir yarim yil ichida, 1121 yil Makkada yozilgan.
“Al-Mufassal” Sharqda va G‘arbda arab tili va grammatikasini batafsil o‘rgatuvchi yirik asar sifatida ma’lum. Arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal” kitobi ahamiyatiga ko‘ra, arab olimi Sibavaxxning asarlaridan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi, deb hisoblanadi. Bu Az Zamaxshariy asari o‘z vaqtida qanchalik qadrlanganligini ko‘rsatadi.
Ushbu asar qo‘l yozmasi Toshkentda, O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.



Mahmud az-Zamaxshariy turli soha ilmlariga doir 50 dan ortiq asar yozib qoldirdi. Ayniqsa uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag'ishlangan „Al-Mufassal”, Qur'oni Karim tafsiriga(sharh) oid „Al-Kashshof” asari butun musulmon olamida mashhurdir. Mahmud az-Zamaxshariy „Jorulloh” („Ollohning qo'shnisi”), „Arab va g'ayri arablar ustozi”, „Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug'langan. Qohiradagi mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining talabalari hozir ham „Al-Kashshof” asosida Qur'oni Karimni o'rganadilar. Buyuk olim 1144-yilda vafot etgan[1].
Uning ma’naviyat va ma’naviy madaniyat haqidagi fikrlari axloq, tarbiya, nasihat doirasida bayon qilingan. Masalan, u maqtovga, yolg‘on g‘urur, ezmalik va safsatabozlikka berilmaslikka chorlaydi: “Agar kimdur o‘zining kelib chiqishi bilan maqtansa, bu sarob kabi zohiriydir”, “Haqiqat va nomus yo‘li o‘rmondagi arslon qadami bilan tenglashadi”, “Savdogarning hurmati va nufuzi uning hamyonida, olimniki - kitobida”, “Til orqali (ruhiy) madad moddiy madaddan ustundir”. Umuman, az Zamaxshariy bilim va umuminsoniy sifatlar orqali erishish mumkin bo‘lgan iroda haqida, insoniyatni farovonlik va xotirjamlikka intilishi haqida yozgan.




10

Бурхониддин ал-Марғиноний

Burhonuddin al-Marg‘inoniy - buyuk mutafakkir, islom fiqhining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, faylasuf alloma, shoir, tavxid ilmi bilan shug‘ullangan va islom olamida Shayx-ul islom unvoniga sazovor bo‘lgan ulug‘ faqixdir.
Burhonuddin al-Marg‘inoniy Farg‘ona viloyatining Rishton qishlog‘ida tug‘ilgan, so‘ngra Marg‘ilon shahrida 13 yil yashagan. O‘zining mashhur “Hidoya” asarining birinchi qismini shu yerda yozgan. Hayotining asosiy qismini esa Samarqand shahrida o‘tkazgan. 1178 yili aprel oyida “Hidoya” asarini tugatgan.
Burhonuddin al-Marg‘inoniy 74 yoshida vafot etgan va Samarqandagi Chokardiz mozorida dafn qilingan.



Fiqx ilmida chuqur bilimga ega bo‘lsada, Burhonuddin al-Marg‘inoniy hayotining oxirigacha ustozlarining asarlarini o‘rgangan. "Kitob ul-mashoyix" ("Shayxlar haqidagi kitob") asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomalarni, jumladan, Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Siyariy, Abu Ishoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniy va boshqalarni sanab o‘tgan. U fiqx ilmi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shish bilan bir qatorda, ko‘plab shogirdlar ham yetishtirgan.



Диншунос ва маърифатпарвар
Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asari hisoblangan "Hidoya" asari imom Muhammad ash-Shayboniy (“Kichik to‘plam”), Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy" asarlari asosida tashkil qilingan. "Hidoya"da “Muxtasar”da mavjud xuquqiy asoslar keltirilsada, biroq, uni alohida asar sifatida e’tirof etish mumkin. Chunki unda ko‘rib chiqilgan masalalar Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy"dan ko‘ra kengroq yoritilgan.
2000 yilning noyabirida Marg‘ilonda Burhonuddin al-Marg‘inoniyning 910 yilligi keng nishonlandi.

Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asarlari quyidagilar:
"Nashr ul-mazhab" ("Mazhabning yoyilishi") ;
"Kifoyat al-muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim") ;
"Kitob ul-faroiz" ("Farzlar kitobi");
“Kitob at-tajniya val-mazid” (“Ilmga bag‘ishlangan kitob”);
"Kitob ul-mashoyix" ("Shayxlar haqidagi kitob");
«Kifoyatul-muntaxiy» (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot”);
“Xidoya” («Kifoyatul-muntaxiyga yozilgan to‘rt bobdan iborat sharxlar kitobi”).
Afsuski, bizgacha Burhonuddin al-Marg‘inoniyning barcha asarlari yetib kelmagan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo‘lyozma nusxalari bor:
«Bidoyatul-Mubtadi’»
«Majma’ Muxtorot an navozil»
«Xidoya fi al-Fiqx»
«Al Kifoya fi sharx Hidoya».
"Hidoya" boshqa manbalardan o‘zining mantiqiy ketma-ketligi va mavzular joylashi va mavzular sharhlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Burhonuddin al-Marg‘inoniyning "Hidoya" asari islom huquqshunosligiing rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va o‘chmas iz qoldirgan.




Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling