O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar’’mavzusidagi jadvalni to‘ldiring


Download 198.5 Kb.
bet1/7
Sana07.01.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1081500
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar’’mavzusidagi jadvalni to‘


O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar’’mavzusidagi jadvalni to‘ldiring.
O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar”( mil.avv.I ming y.- mil. III a,)

Davlatning nomi

Mavjud bo‘lgan davri

Hudud

Iqtisodiy hayot turlari

Boshqaruv tizimi va turi

Diniy e’tiqodi

O‘ziga hos xususiyatlari

Soʻgʻdiylar

Milodiy I-V asrlargacha Miloddan avvalgi VI asrda Axamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh xotirot bitiklarida Suguda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan soʻz tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik maʼnosini bildiruvchi nisbat qoʻshimchasini soʻz oʻzagiga qoʻshib yuborishdan paydo boʻlgan. Xitoy manbalarida — Suli. Sugʻd yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi.

Surxon vodiysi, Afgʻonistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan.IV-VIII asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda bekliklar va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro, Amul va Andxoy ajralib turgan.

Dehqonchilik Hunarmandchilik chorvachilik
Xalqaro savdo aloqalari Samarqand, Paykend va boshqa yirik shaharlardagi boy soʻgʻd uylari tomonidan nazorat qilinar edi. Ular oʻz vositachilari orqali kreditlar berishgan, savdo kelishuvlarini boshqarishgan. Tan sulolasi tarixida qayd etilishicha, Kan hukmdorligida "yangi tugʻilgan oʻgʻil chaqaloq shirinsoʻz boʻlishi hamda pulni mahkam ushlashi uchun uning tiliga tosh asal, kaftlariga esa yelim surtilgan.

Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarning turarjoylari bo'lgan. Narshaxiyning yozishicha, somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi.

Oʻrta asrlarda soʻgʻd tili Buyuk ipak yoʻlidagi asosiy muloqot tiliga aylangan. Buddistlar, nasroniylar, manixeylar oʻzlarining diniy matnlarini soʻgʻd tiliga tarjima qilishgan. Bunda ular oʻzlarining yozma anʼanalaridan foydalanishgan: buddistlardan hind alifbosi, manixeylardan arameys bosmasi, nasroniy-suriyaliklardan dastlabki umumiy maktubot, nestoriyan va yakovitlardan diniy eʼtiqod alifbolarini oʻzlashtirishgan. Ammo ular aramey alifbosiga asoslangan va keyinchalik uygʻurlar tomonidan foydalanilgan ilk soʻgʻd yozuvi oʻrnini egallay olmadi.

Miloddan avvalgi VII asrda Zarafshon va
Qashqadaryo voha larida Sug‘diyona (Sug‘d) davlati tashkil topadi. 
Sug‘diyona davlati ning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Buxoro,
Kesh, Naxshab Sug‘ di yo na ning yirik shaharlari hisoblangan. Aho-
li hayotida bayramlarni nishonlash udumi shakllangan. Har yili 21
mart da Nav 
ro‘z bayramini nishonlash milliy an’anaga aylangan.
Navro‘z bay ramlarida milliy o‘yinlar va taom l ar namoyish qilingan, 
sumalak hamda «qo‘sh oshi» tayyorlash an’ anaga aylangan. Yerlarni
shud gor lash, ekinlar ekish ishlari boshlangan.



baqtriyaliklar

3 asrdan to milodning 2 asrlarigacha mavjud bo'lgan.
Oʻrta Osiyodagi qadimiy davlatchilik tuzilmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Qadimiy manbalar shundan dalolat beradiki, eramizdan avvalgi 8 asr ōrtalarida yirik Baqtriya podsholigi mavjud boʻlgan. Avestoda uning nomi Baxdi, Bihistun yodgorliklarida Baktrish, antik davr adabiyotlarida Baktriana sifatida qayd etilgan. Qadimgi Baqtriya bilan oʻsha davr dunyosining boshqa davlatlari - Ossuriya, Yangi Vavilon, Midiya, Hindiston knyazligi oʻrtasida aloqalar mavjud boʻlgan.

hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afgʻoniston hududlarida joylashgan

Dehqonchilik Hunarmandchilik zargarlik
Eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda Qadimgi Baqtriya podsholgi hududiga Surxon, Qashqadaryo va Zarafsxon vohalari, Margʻiyona va Sugʻd yerlari kirgan. Baqtriyalik ustalar tomonidan tilla, tosh va bronzadan yasalgan turli mahsulotlar Xitoy, Fors davlati va Yevropada juda mashhur boʻlgan.

O’rta Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib, Baqtriya (Janubiy O’zbekiston, Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg’oniston) hududlarida harbiy ahamiyatga ega bo’lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi. O’sha davrda Marg’iyona va So’g’diyona qadimgi Baqtriyaning ayrim qismlari bo’lganligi haqida turli ma’lumotlar bor. Baqtriya Sharqdagi eng muhim harbiy va iqtisodiy markazlardan biri bo’lib, aholining, qudratli shaharlar va qal’alarning ko’pligi, tabiiy xom ashyoga boyligi, muhim markaziy savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilikning ravnaqi shundan dalolat beradi.

Bunda yana shu narsa e'tiborga molikki, Zardushtiylik (yunoncha /oroastrizm) dinini birinchilardan bo'lib qabul qilgan, uni o'z fuqarolari orasida yoyilishiga izn bergan yurt ham Baqtriyadir.
Buyak alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Zardusht Baqtriya podshohi Gishtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta'limotining muqaddasligini isbot yetish uchun xudoga iltijo qilib, o'z tanasiga qizdirilgan misni bosishlarini so'raydi. Olovli mis uning tanasini zararlamagach, Gishtasp va uning xotini, ulardan so'ng esa butun Baqtriya aholisi zardushtiylik e'tiqodini qabul qiladi.



Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. Yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bo‘lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan. Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi.

xorazmliklar

miloddan avvalgi VI asrgacha
Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo’ldi”.
Demak, 3 ming yil oldin ham Xorazmda turkiy qabilalar yashagan va davlat tizimi bo’lgan.
Xitoyning Tan sulolasi davrida (milodiy VII-X asrlar) Xorazmda asosan turkiy qabilalar yashagan.

hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari – hozirgi Qoraqalpogʻiston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan.Xorazm O’rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlatlardan biri bo’lib, aholisi o’troq va ko’chmanchi qabilalardan iborat bo’lgan. Uning hududi Amudaryoning quyi qismidan janubga tomon Murg’ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho’zilgan.

Hunarmandchilik sohalari, togʻ-kon ishlariChorvachilikda ot, tuya, qoʻy-echkilar boqish dukkakli ekinlar, meva-sabzavot yetishtirish Paxtachilik
Xorazmning Etil (Volga) bo’yidan Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston va Xitoyga hamda Eronga boriladigan savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi uning iqtisodiy va ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Xorazmshohlar davlatida markaziy boshqarish apparati al-majlis al-faxri deb atalib, uni oliy darajadagi mansabdor vazir boshqargan. Vazir devon mansabdorlari (asxab-ul-davovin) boshlig’i ham edi. Ularga nafaqa (arzak), ish haqi (mavojib) to’lash, soliq boshqarmasini, davlat hazinasini nazorat qilish ham uning vazifasi hisoblangan.
Vazirlik mansabi davlatda juda katta ehtirom bilan hurmat qilingan. Chunki mamlakatning moddiy ahvoli, aholining tartib-intizomga rioya etishi, amaldorlarning haqqoniy xizmat qilishi, qolaversa davlat boshlig’ining siyosiy va ma’naviy mavqei ana shu vazirning ishbilarmonligi, mamlakatni boshqarish qoidalarini bilishi va unga amal qilishi, hayot tajribasiga ega bo’lishi bilan bog’liq edi.



Qadimgi Xorazm hududida arxeologlar Quy-Qrilgan-qal’a yodgorligini tadqiq qilishdi - ibodatxona va rasadxona sifatida foydalanilgan inshoot miloddan avvalgi IV-III asrlarda barpo etilgan. Miloddan avval II asr boshlarida sak qabilalari tomonidan yodgorlik vayron qilingan. Tuzilma diametri 44 metr boʻlgan silindrsimon ikki qavatli bino boʻlib, uning atrofida 14 metr masofada mustahkam devorlar qurilgan; markaziy bino va devorlar orasidagi boʻsh joy turar-joy binolari bilan qurilgan. Taxminlarga koʻra, markaziy bino Xorazm shohlari maqbarasi va zardushtiylar ibodatxonasi sifatida ishlatilgan. Quy-Qrilgan-qal’ada osmonning ba'zi qismlarida ba'zi yulduzlarni kuzatish mumkin edi.



U haqdagi ilk ma’lumotlar “Avesto”, birinchi Doroning Bihistun tosh bitiklari, qadimgi yunon mualliflari, arab geograflarining asarlarida uchraydi. “Avesto”ning “Yasht” qismida Xorazm “Ming irmoqli daryo”, “Ko’llar va o’tloqdarga boy o’lka” sifatida madh etiladi.
Qadimdan Gʻarbiy Osiyo, xususan, shimoliy-sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador boʻlgan Xorazmning qadimiy mushtarak madaniyatining koʻpgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati — aholisining tili, urfodatlari, uy-joylarining tuzilish tartiblari, roʻzgʻor anjomlari, zebi-ziynatlarida oʻz ifodasini topgan.
Xorazm shimoliy qismining moddiy madaniyat obidalari (miloddan avval IV—III ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat.




Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling