XIII.Hisor rayonida 1983 yilda tashkil toptan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m.bo’lgan, 870 xil o’simlik, 140 xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo‘lgan Hisor davlat qo‘riqxonasi mavjud. Bu rayonda ekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks etgiruvchi "Boysun" etnografik-folklor ansambli chiqishlari bilan uyg’unlikda olib borish sayohlarni o’ziga ko’proq jalb qilish imkoniyatini beradi.
XIV. Surxondaryo rayonida Kuhitang tog’li hududda 1987 yil tashkil etilgan 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‘simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan "Surxon davlat qo‘riqxonasi" mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o‘ziga xos rayonlaridan biri hisoblanib, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko‘p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor.
Xulosa qilib aytganda, ekoturistik rayonlashtirishni joyning geoekologik xususiyatlaridan kelib chikkan tarzda amalga oshirish tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.«O`zbekistonda turizmni rivojlantirishning 2005 yilgacha bo`lgan davlat dasturi», O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 15.01999 yildagi UP-2286 farmoni.
2. O`zbekiston Respublikasining «Turizm to`g`risidagi qonuni». Xalq so`zi
gazetasi 109.1999.
3. Александров А.Ю. Международный туризм. Уч.пособие для вузов.- М.: Аспект Пресс, 2000
Биржаков М.Б. Введение в туризм. С.Пб.:Издательский Торговый Дом «Герда», 2004
5. Лицензирование и сертификацие в туризме. Учебное пособие Дехтярь Г.М.: Финансы и статистика, 2003 г.
6. Маринин М.М. Туристские формальности и безопасность в туризме.2000
Do'stlaringiz bilan baham: |