O`zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o`choqlaridan biri ekanligiga hech qanday shubha qolmadi. Nafaqat O`zbekiston, balki, butun O’rta Osiyo xududlarida olib borilayotgan keng maqsaddagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan yuqori o`rnini yana bir bor tasdiqlaydi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishilgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko`tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o`zida aks ettiradi. Bu tarakkiyot bosqichi insoniyatning paydo bo`lishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |