O'zbekiston iqtisodiyotidagi inflatsiya jarayonlari tahlili Reja


Download 96.5 Kb.
bet1/4
Sana01.04.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1315374
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston iqtisodiyotidagi inflatsiya jarayonlari tahlili


O'zbekiston iqtisodiyotidagi inflatsiya jarayonlari tahlili
Reja:

1. Inflyatsiyaning mohiyati, kelib chiqish sabablari va hisoblanishi …..

2. Inflyatsiyaning turlari va unga ta‘sir etuvchi omillari …………….

3. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni xal etish yo‘llari...

4. O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayonlari
tahlili……………………………………………………………………….




  1. Inflyatsiyaning mohiyati, kelib chiqish sabablari va hisoblanishi

  2. Makroiqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga iqtisodiy o‗sishni, to‗lov balansining barqarorligini, ishsizlikning past darajasini ta'minlash qatori inflyatsiya sur'atlarini pasaytirish ham kiradi. Inflyatsiyani jilovlash, uni yuzaga kelish sabablarini bartaraf qilish davlat iqtisodiy siyosatda muhim o‗rin egallaydi.

  3. Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‗rtish, taranglashish)- ma'lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‗rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‗sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi deb ta'riflanadi.

  4. ―Inflyatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlik ko‗rinishlaridan biri bo‗lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‗lgan hol hisoblanadi...

  5. Inflyatsiya bu iqtisodiy tizimda narx o‗sishining barqaror tendensiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa‖2 dir.

  6. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur'ati qanchalik yuqori bo‗lsa, iqtisodiyotga xavfli ta'siri shunchalik katta bo‗ladi. Ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‗tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta'siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‗liq.

Inflyatsiyaning past darajada bo‗lishi — mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilgani holda iqtisodiyotning uzoq muddatda sog‗lom faoliyat yuritishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Aksincha, narxlarning oshishi (inflyatsiya) iqtisodiy noaniqliklarni keltirib chiqaradi va bu, o‗z navbatida, ishlab chiqarish sur'atining pasayishiga sabab bo‗ladi. Shu bilan birga, inflyatsiya aholi va xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarning jamg‗arma mablag‗larini qadrsizlantiradi, sarmoyalarning inflyatsiyadan himoyalangan chet el aktivlariga, qimmatbaho metallar yoki ko‗chmas mulkka yo‘naltirilishiga turtki bo‗lib, investitsion faollikka salbiy ta'sir ko‘rsatadi va kelajakni rejalashtirishi murakkablashtiradi. Inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‗lib tursa, ba'zilariniki esa tushishi mumkin.
―Inflyatsiya‖ atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‗llanildi. Inflyatsiya atamasi muomaladagi qog‗oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‗payib ketishi holatini izohlagan. Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me'yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkinligini ko‗rsatdi.
Inflyatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R. Makkonell, S. Bryu va K.Elkund inflyatsiyani iqtisodiyotda baholarning o‗rtacha ko‗tarilishi sifatida, P. Xeyne esa pulning sotib olish qobiliyati pasayishi, yoki qiymatining yo‗qolishi ekanligini ta'kidlaydilar.
Agar o‗tgan asrning 30-40 yillarida inflyatsiya qog‗oz pullarning ko‗payib ketishi sababli yuzaga keladi, deb hisoblansa, ―1950 yillarda inflyatsiyani kelib chiqishining asosiy sababi sifatida uning yetarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ta'minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.
1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyatsiya murakkab, ko‗p omilli ijtimoiy- iqtisodiy jarayon ekanligini, uni ichki va tashqi omillar ta'sir qilishi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida baholadilar‖3
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo‗lgan baholarni muntazam o‗sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan, shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo‗lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg‗arma va iste'mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo‗jaliklarning pul massasi va unga bo‗lgan talabi o‗rtasidagi nomutanosibliklar, shuningdek Markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu keltirib o‗tilgan omillar o‗z mohiyatiga ko‗ra inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta'sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‗ladigan omillarni asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Bu omillar qanday tavsiflanadi!?
Ichki omillarni asosan monetar omillari va nomonetar omillarga ajratish mumkin.
Monetar omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjet taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligining ortishi, pul emissiyasi, kredit vositalarining aylanishini ko‗payishi, pulning aylanish tezligi va boshqalar kiradi.
Nomonetar omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o‗rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlarning iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohalarida monopoliyaning mavjudligi, narx shakllantirishdagi davlat monopoliyasi va boshqa omillarni kiritish mumkin.
Tashqi omillar o‗z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta'sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dunyo mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom- ashyo, energetika, neft, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqari biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltin eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin.
Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‗liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‗lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‗lsa byudjet taqchilligi va qo‗shimcha pul chiqarish yo‗li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‗paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o‗sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‗payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o‗ssa, yoki yalpi talab ko‗paygani holda o‗zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‗tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‗shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo‗ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
―Baholarning o‗sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo‗lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:

  1. valyuta kurslarining o‗zgarishi;

  2. kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o‗zgarishi;

  3. kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste'mol savati bahosining o‗sishi‖4. Inflyatsiya baho indekslari yordamida aniqlanadi.

Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun:

  • deflyator (Paashe indeksi);

  • iste'mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);

  • sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.

Deflyator (YaIM deflyatori yoki Paashe indeksi)) ko‗rsatkichi quyidagi
formula bilan hisoblaganadi:

soni;
Qi1 Pi1


Deflyator = *100
Qi1 PiO
Bu yerda: i – deflyatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar


1
Qi – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi

miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko‗ylak va h.k);



1
Pi – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi;

0
Pi – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi.
Iste'mol narxlari indeksi (Laspeyres indeksi) quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
QiO Pi1
INI = *100
QiO PiO
Bu yerda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i – tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi.
Iste'mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari;

  • bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o‗zgarmaydi;

  • bozor savatiga faqat iste'mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;

Laspeyres indeksining kamchiligi shundaki, bozor savati tarkibi o‗zgarmas bo‗lganligi tufayli aholi iste'moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o‗zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro‗y bergan o‗zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi Shu sababli bu indeks baholar darajasi o‗sishini biroz oshirib ko‗rsatadi.
YaIM deflyatori esa bozor savatiga joriy yilda kiritilmay qolgan tovarlar baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib ko‗rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o‗rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi:






If = Idef × Iini

Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste'mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib, ular ulgurji baholarda hisoblanadi.


Inflyatsiyani miqdoran o‗lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o‗sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo‗lish kifoya:
Baholar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = ----------------------
yillar soni 𝜋

Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo‗lsa, taxminan 10 yilda baholar ikki martaga oshadi, ya'ni, (70:7 = 10).



  1. Download 96.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling