Toshkent. Baroqxon madrasasi
XVI asr. Baroqxon (asli ismi - Navro'z Ahmadxon), tug'ilgan yili noma'lum. Shayboniy Abulxayrxonning nevarasi, Suyunchxo'jaxonning kenja o'g'li, Toshkent hokimi Navro'z Ahmadxon 1551-1556 yillarda Movarounnahrni Baroqxon nomi bilan idora qilgan. Toshkentda madrasa qurdirib, o'z nomidan pul zarb ettirgan. Movarounnahrning ko'p shaharlarida uning nomi xutbaga qo'shib o'qilgan. U Darg'om soyiga yaqin Raboti Xoja degan joyda 1556 yili to'satdan vafot etgan. Aslida Baroqxon madrasasining bir qismi noma'lum bir shaxsning maqbarasi sifatida qurilgan. So'ngra (1530 y.) shayboniylar sulolasining Toshkentdagi hokimi Suyunchxo'jaxon (vafoti 1525 y.) maqbarasi qo'shilgan. Majmuaning uchinchi bosqichini XVI asr o'rtalarida Baroqxon qurdirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |