Toshkent. Ko'kaldosh madrasasi
XVI asr. Madrasa binosi 1523 yili Baroqxon (Navro'z Ahmadxon)ning o'rtancha o'g'li Darveshxonning vaziri Ko'kaldosh tomonidan an'anaviy me'morlik uslubida qurilgan. Ko'kaldosh madrasasi O'zbekistondagi eng noyob me'moriy obidalar turkumiga kiradi. Madrasa Markaziy Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa, Movarounnahr hududida ma'rifat va ma'naviyatning yuksalishida, iymon va e'tiqodning xalq orasida shakllanishida, din va davlat arboblari, shoiru yozuvchilar, olimu fozillarni tayyorlashda muhim tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan maskandir. Hozir ham O'zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli Islom o'rta-maxsus bilim yurti sifatida o'zining tom vazifasini ado etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |