O’zbekiston –Jahon svilizatsiyasining ajralmas qismi Reja: Mustaqil O’zbekistonning bmt ga qabul qilinishi


Download 66.19 Kb.
bet1/3
Sana27.06.2023
Hajmi66.19 Kb.
#1657121
  1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi taixi


O’zbekiston –Jahon svilizatsiyasining ajralmas qismi
Reja:
1.Mustaqil O’zbekistonning BMT ga qabul qilinishi
2.O’zbekistonning mustaqil tashqi siyosati va uning asosiy tushunchlalari
3.O’zbekistonning tashqi aloqalarini kengayishi va xalqaro tashkiltolar safiga qabul qilinishi
4.Xulosa
1.BMT atamasining fanga kirtilishi.
Birlashgan Millatlar atamasi Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Franklin D.Ruzveltt tomonidan taklif etilib,1942 yil 1-yanvardagi Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasi ilk bor ishlatildi.Ikkinchi Jahon urushi ketayotgan bu vaqtda dunyoning 26 mamlakati ozlarining hukumatlari nomidan urush olovini yoquvchi malakatlarga qarshi rgalikda kurashish majburayatini oldilar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomi San-Fransisko shahrida 1945 yilning 25 aprelidan 25 iyungacha davom egan 50 mamlakat vakillari ishtirokidagi Xalqaro tashkilot tuzish yuzasidan utkazilgan konferensiyada ishlab chiqildi. Nizom 1945 yil 26 iyun kuni 50 mamlakat vakillari tomonidan imzolandi. Polsha 51 mamlakat bo’lib imzolandi.Birlashgan Millatlar tashkiloti 1945 yil 24 oktabrdan boshlab oz foliyatini olib bormoqda.
BMT nizomi tashkilotning ta’sis xujjati sifatida xizmat qiladi, unga tashkilotga a’zo davlatlarning huquq va majburiyatlari, tashkilot joriy qilgan organlar hamda rasm rusmlar bayon qilingan. Hozirgi tola ruyxatga kura tashkilotga 185 ta davlat a’zo.1999 yilning 14 Sentyabrda Kiribatl, Nauru va tonga davlatlari qabul qilindi. Shunday qilib, BMT ga a’zo davlatlar soni 188 taga yetdi.
Nizosiga muvofiq BMT ning rasmiy tillari ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillaridir. Bosh assambeliya, Xavfsizlik kengashi va Iqtisodiy hamda Ijtimoiy Kengash tomonidan arab tili ham rasmiy til sifatida qabul qilingan.
Tahkilot tarkibi-BMT ning oltita bosh organi nizom bn tasdiqlangan, ular quyidagilar:
Bosh assambelya, Xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash, Vasiylik kengashi, Xalqaro sud va Kotibiyat. Shu bilan birga BMT olilasi bir muncha kengroq, u 15 muassasa a bir qancha dastur organlarni oz ichiga oladi.
Bosh assambelya-asosiy maslahat orgni bo’lib u barcha a’zo davlatlardan tashkil topgan bolib unda har bir davlat bir ovozga ega hisoblanadi.
Xavfsizlik kengashi-xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun Nizomga muvofiq bosh ma’suliyatni oz zimmasiga oladi.
Kengash 15 a’zodan iborat :5 doimiy a’zo –Xitoy, Fransiya, Rossiya federatsiyasi, Buyuk Biritaniya va Qoshma SHtatlardan va Bosh assambelya tomonidan saylangan 10 a’zodan iborat.
Kengashning har bir a’zosi bir ovozga ega. Rasmiy maslalar kamidan 15 a’odan 9 tasu ovoz bergandagina qabul qilinadi.Doimiy a’zolar “VETo huquqiga ega bo’ladi”.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash-bu BMT ning iqtisodiy ijtimoiy faoliyatini koordinatsiya qilish boyicha bosh organ sifatida Nizom bilan tasdqilangan, shu bilan birga u BMT maxsus muassasalar va Institutfaoliyatini bir oiladek yuritib turdi. Kengash uch yil mudddatga saylangan 54 a’zodan iborat. Qarorlar kopchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengashning har bir a’zosi bir ovozga ega.
Vasiylik kengashi-MBT ning asosiy organlaridan biri hisoblanadi. U nizomga muvofiq vasiylik tizimiga kiruvchi hududlarni nazorat qilish uchun on bir dastlabki vasiylik tizimiga kiruvchi hududlar aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida tuzilgan bo’lib, bu hudular taraqqiyotini oz ozini boshqarishga va mustaqillik sari yunaltiradi.
Vasiylik kengash doimiy 5 a’zosidan , ya’ni Xitoy , Fransiya ,Rossiya Federatiyasi ,Buyuk Britaniya va AQSH dan tashqil topgan .otgan davrlar mobaynida vasiylik hududlarida mustaqil davlatlar tashkil topgan. 1994 yil oxiri AQSH boshqaruvida bolgan Tinch okeanidagi orollari nisbatan bitim bekor qilindi. Vasiylik kengashi ozining ish yuritish qoidalarini ozgartirdi.Hozirgi vqtda zaruriyat tugilganda toplanadi.
Xalqaro Sud-Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat korsatadi. Sud a’zo davlatlar ortasidagi huquqiy nizolarni yechadi.sudga alohida kishilar murojaat qilishlari mumkin emas.
Sud Bosh assambelya va Xavfsizlik alohida ovoz berish yoli bilan saylangan 15 sudyadan iborat. Sudlar fuqaroligiga qarab emas ,malakasiga qarab saylanadi.Sud tarkibida bir mamlakatning ikki fuqarosi bulishi mumkin emas.Sudyalar 9 yilga saylanadi .Qayta saylanishlari mumkin.
Kotibyat-BMT ning butun dunyodagi muassasalarda ishlovchi va tashkilotning turli xil vazifalarni bajaruvchi xodimlardan iborat. U BMT ning boshqa organlariga xizmat qiladi va ular tomonidan qabul qilingan dasturlar hamda siyosiy yonlaishlarni amalga oshiradi.Kotibyat boshida-Bosh kotib Xavfsizlik kengashi tavfsiyasi bn 5 yil muddatga saylanadi.
Bosh kotib-Nizomda BMT ning bosh “bosh ma’muriy lavozimi shaxsi”sifatida tavsiflanadi.
Bosh kotib –diplomat va faol siyosatchi, tinclikparvar va tinchlik himoyachisi-Jahon hamjamiyati oldidaBMT ning nizomida kozda tutilgan qadryatlar ramzi sifatida gavdalanadi. KOFI ANNAN (Gana)-1997 yil 1-yanvardan bosh kotib hisoblanadi.
Mustaqil Ozbekistonning BMT ga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati.
1992 yil 2 martda Ozbekiston Respublikasi oz tarixida birinchi marta xalaro hamjmamiyatning teng huquqli sub’yekti sifatida Bilashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.Bu tariciy voqea Ozbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatdan munosiborin olishda kata ahamiyatga ega boldi.Markaziy Osiyoda xavfsizlik , barqaroqlik va hamkrolik masalalari boyicha BMT ning toshkenta doimiy ishlovchi seminari chaqirish , tojikiston va Afgoniston mojorolari ,narkobiznesga qarshi kurashishni kuchaytirish ,Orol muammosini hal etish va boshqa bir qator masalalarni ortaga qoydi.
Toshkentda 1993 yildan buyon BMT vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Aholishunoslik jamg‘armasi (BMTAJ), Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO), Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMTGMJB), Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (BMTMOPDMM), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT), shuningdek, Ko‘ngillilar dasturi O‘zbekistonda “BMT oilasi”ni tashkil qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO), Atrof-muhit bo ‘yicha dasturi (YuNEP) va Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMTEIK) ham BMT faoliyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, Jahon banki BMTning mustaqil ixtisoslashgan organi sifatida tuzilmaning mamlakatimizdagi ishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish doirasida so‘nggi to‘rt yilda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasida yuqori darajadagi siyosiy hamkorlik sezilarli faollashdi. Buni BMT Bosh Assambleya va ixtisoslashgan tuzilmalaridagi O‘zbekiston ishtirokining jonlanganidan ham bilish mumkin.
BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish 2017 yil iyun oyida mamlakatimizga tashrif buyurdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbarining BMT Bosh kotibi bilan uchrashuvi, shuningdek, 2017 yil sentyabr oyida AQShning Nyu-York shahrida o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi hamda Pekinda 2019 yil aprel oyida o‘tgan "Bir makon, bir yo‘l" ikkinchi xalqaro forumi doirasida Prezidentimizning BMT Bosh kotibi bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqotlar natijasida O‘zbekiston – BMT hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha uchta amaliy chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi ishtiroki mamlakatimizning xalqaro tashkilot bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorligida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu tadbir davomida qator muhim xalqaro tashabbuslar ilgari surilib, muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.
Hamkorlikdagi yangi muhit tufayli O‘zbekiston BMTning barcha sohalardagi jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylandi. Bu a’zo davlatlarning mamlakatimizga bo‘lgan ijobiy munosabatida namoyon bo‘lmoqda.
Xususan, so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchta rezolyutsiya ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu haqiqatan O‘zbekiston diplomatiyasi uchun katta yutuqdir. Mamlakatimiz hozirgi kunda ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi ruhini qo‘llab-quvvatlagan holda, a’zo davlatlar bilan birgalikda Bosh Assambleyaning yana bir muhim rezolyutsiyasi va Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinishi ustida ish olib bormoqda.
O‘zbekiston qurolsizlanish va ularni tarqatmaslik sohasida barcha muhim xalqaro shartnomalar, xususan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma, Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma, Kimyoviy va biologik qurollar to‘g‘risidagi konvensiya va boshqa xalqaro bitimlarga qo‘shilgan.
1993 yil O‘zbekiston tomonidan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib ilgari surilgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish bo‘yicha tashabbus yadro qurolini tarqatmaslik va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shilgan muhim hissa bo‘ldi. Ushbu tashabbus bo‘yicha shartnoma 2006 yil sentyabr oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi. 2009 yil mart oyida esa ushbu shartnoma Markaziy Osiyo mintaqasining besh davlati tomonidan ratifikatsiya qilingach, kuchga kirdi.
Tashkilotning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida 2014 yil 6 may kuni tarixiy voqea sodir bo‘ldi – BMT tashkil etilganidan buyon ilk bor yadro quroliga ega besh davlat – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya vakillari bir vaqtning o‘zida va bir ovozdan muhim xalqaro hujjat – Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Shu tariqa Markaziy Osiyo mintaqasi sayyoramizning shimoliy yarim sharidagi yadro qurolidan xoli yagona zonaga aylandi.
Global va mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik sohasida sheriklik O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mamlakatimiz ushbu sohadagi xalqaro sa’y-harakatlarga faol hissa qo‘shib kelmoqda. BMTning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha barcha 13 konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan O‘zbekiston ushbu sohada dunyo hamjamiyatining sa’y-harakatlarini birlashtirish hamda tashkilot doirasidagi global hamkorlik tizimini yaratishga qaratilgan yirik tashabbuslarni ilgari surdi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining 1373 (2001 yil) rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan Terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi ishini ma’qullaydi va a’zo davlatlarning ushbu illatga qarshi kurashishdagi salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Qo‘mitaning tashkil etilishi, o‘z navbatida, O‘zbekiston tashabbusi hamdir. Boisi mamlakatimiz tomonidan BMTning Istanbulda 1999 yil bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik va hmkorlik sammitida Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha taklifni ilgari surilgandi.
O‘zbekiston giyohvandlikka qarshi kurashda BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Bu sohada BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan tegishli vazirlik-idoralar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan aniq amaliy loyihalar amalga oshirilmoqda. BMT Bosh kotibining 2002 yil oktyabr oyida Toshkentga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston tomonidan bildirilgan taklifga binoan, Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston Afg‘oniston Islom Respublikasida afg‘on xalqiga katta ofatlar keltirgan va butun mintaqa uchun jiddiy tahdid manbai bo‘lgan ko‘p yillik qonli urushni to‘xtatish borasidagi harakatlarga alohida e’tibor bermoqda. Mamlakatimiz mojarodan keyin Afg‘onistonda qayta tiklash dasturlarini amalga oshirishga samarali hissa qo‘shmoqda, xususan, xalqaro gumanitar yuklarni yetkazib berish uchun O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasida ko‘prik ochilib, Afg‘onistonda ko‘plab infratuzilma ob’ektlarini qurishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 2009 yil aprel oyida O‘zbekistondan Kobulgacha elektr uzatish liniyasi ishga tushirildi. Yangi Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasining qurilishi esa O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish hajmini 70 foizga, ya’ni yiliga 6 milliard kVt/soatgacha oshirish hamda Kobulning Markaziy Osiyo yagona energiya tizimiga ulanishiga imkon beradi.
Toshkentda 2018 yil mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali konferensiya tashkil etildi. O‘sha yilning aprel oyida esa xalqaro tadbir bo‘yicha qabul qilingan yakuniy deklaratsiya BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi va Xavfsizlik kengashi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlari va Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi haqidagi ma’lumotlar BMT Bosh kotibining 2018 yil sentyabr oyida e’lon qilingan "Afg‘onistondagi vaziyat hamda uning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka ta’siri" ma’ruzasiga kiritildi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2018 yil 22 iyun kuni "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" tarixiy rezolyutsiyasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yuqori darajada rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarining xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanayotganidan darakdir.
Bugungi kunda O‘zbekiston va BMTning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligi yanada faollashib bormoqda. Ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yana bir o‘tkir va dolzarb global muammoga – Orol dengizi fojiasiga e’tiborni qaratdi va dunyo hamjamiyatini "Ushbu ekologik ofatning Markaziy Osiyoda yashayotgan millionlab odamlar turmush tarziga halokatli ta’sirini kamaytirishga va tabiiy, biologik tabiatni saqlashga" chaqirdi.
Orol dengizining ekologik halokati jiddiyligini inobatga olib, mamlakatimizda ushbu fojia oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qator muhim xalqaro tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, 2008 yil mart oyida "Orol muammolari, ularning aholi genofondiga ta’siri, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ular oqibatlarini yumshatish bo‘yicha xalqaro hamkorlik choralari" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda BMT vakillari faol ishtirok etdi.
BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida barcha ishtirokchilar tomonidan birdek ma’qullangan va O‘zbekiston hammualliflaridan biri bo‘lgan “Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga Bosh Assambleya huzurida kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risida”gi rezolyutsiya qabul qilingani muhim voqea bo‘ldi. Orolbo‘yi hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish va yaxshilashga qaratilgan, O‘zbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasidagi raisligi doirasida ishlab chiqilgan "Orol dengizining qurishi va Orol dengizidagi ekotizim falokatlarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatilgandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining umumiy muhokamasi chog‘ida ilgari surgan tashabbusga binoan, 2018 yilda BMT shafe’ligida Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi o‘z faoliyatini boshladi. Jamg‘arma taqdimoti chog‘ida BMT Bosh kotibi ta’kidlaganidek, “Ushbu tuzilma mahalliy aholining yashash sharoitini sezilarli darajada yaxshilaydi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi. Maqsadli fond tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan dasturlar mintaqada yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam bermoqda. Xususan, ushbu ish o‘rinlarida 45 foiz xotin-qizlar band. Ish bilan ta’minlash ularning imkoniyatlarini kengaytirib, tibbiy xizmatlardan foydalanish sharoitini yaxshiladi va farovonligini oshirdi”.
Norvegiya hukumati 2018 yil 28 mart kuni Nyu-Yorkda Trast fondi uchun 1,1 million dollar ajratish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 2019 yil 11 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Bryusselga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi tomonidan Trast fondiga 5,2 million yevro miqdorida mablag‘ berilishiga doir bitim imzolandi. Shuningdek, Finlyandiya ham Fond faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 million yevro ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hozirgi vaqtda Koreya Respublikasi hukumati Trast fondiga 1 million dollar miqdorida grant mablag‘larini yo‘naltirishni ko‘rib chiqmoqda. Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Turkiya ham Trast fondi bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bularning barchasi O‘zbekiston rahbariyatining Orolbo‘yida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tashabbusi keng xalqaro qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.
Mamlakatimizning tashabbusi bilan Nukusda 2019 yil 24-25 oktyabr kunlari BMT shafeligida yuqori darajadagi “Orolbo‘yi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 28 mamlakatdan 250 ga yaqin ishtirokchi, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi BMT Bosh Assambleyasi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi. Mamlakatimizning Orolbo‘yida salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha olib borayotgan amaliy ishlariga yuqori baho berildi.
Ayni paytda BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasining 2019 yil 19 dekabrdagi yalpi majlisida "Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish" maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu tashabbus Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Pekinda 2019 yil aprel oyida BMT Bosh kotibi A.Guterrish bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan edi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan va Markaziy Osiyo mamlakatlari nomidan taqdim etilgan hujjat loyihasi BMTga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu hujjat hammuallifi sifatida Shimoliy va Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrika va boshqa qit’alardan 50 dan ziyod mamlakat ishtirok etdi. Bu xalqaro hamjamiyat tomonidan O‘zbekiston rahbari tashabbusining dolzarbligi va o‘z vaqtida qabul qilinganidan dalolat beradi.
Qabul qilingan rezolyutsiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanishga doir kun tartibini amalga oshirishda sa’y-harakatlarning muhimligi, mintaqada barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan turli xalqaro tadbirlar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan turistik sektorga xalqaro moliya va investitsiyalarni keng jalb qilishga doir ko‘rilayotgan choralar qayd etilgan.
O‘zbekiston BMT bilan hamkorlikda diniy bag‘rikenglikni saqlash va mustahkamlashga, yoshlar hayotiga oid dolzarb muammolarni hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimish rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasini ishlab chiqish hamda qabul qilish tashabbusini ham ilgari surgandi. Prezidentimiz BMT minbaridan turib, O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyaning asosiy maqsadi "Barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat" ekanini ta’kidladi. Hujjat "Bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan"ini qayd etdi.
BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 dekabrdagi yalpi majlisida "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan qisqa muddatlarda ishlab chiqilgan ushbu hujjat BMTga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Shimoliy va Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrika va boshqa qit’alarning 50 dan ortiq mamlakati ushbu hujjat hammuallifiga aylandi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilgan izchil o‘zgarishlarga muvofiq, O‘zbekiston inson huquqlari sohasida yetakchi tashkilot – BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK)ga 2021-2023 yillar uchun o‘z nomzodini ilgari surdi. O‘zbekistonning BMT IHKga saylanishi nafaqat ko‘p millatli xalqimizning fuqarolik jamiyati institutlari tarkibiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini aks ettiradi, balki nufuzli xalqaro inson huquqlari tuzilmasi doirasida o‘z maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston BMT bilan rivojlanib borayotgan hamkorlik negizida Bosh kotib A.Guterrish boshlagan islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda esa ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlash uchun ushbu xalqaro tashkilot platformasidan yanada faolroq foydalanishga e’tibor qaratadi.
Bunda BMTga a’zo davlatlar ishtirokida Orolbo‘yi mintaqasida Trast fondi faoliyatini yanada rivojlantirish, ekologik va iqtisodiy sohada qo‘shma loyihalarni milliy manfaatlar nuqtai nazaridan ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida e’tibor beriladi. Joriy yilda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun qabul qilinadigan yangi hadli bitim doirasida madaniy va tarixiy voqealarni aks ettiruvchi turli tadbirlarni tashkil etish mamlakatimiz salohiyatini aks ettiradi.
Hozirgi kunda BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi va tashkilot Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini "Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi" deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorini ishlab chiqish hamda uni qabul qilish, shuningdek, BMT turli organlari, shu qatorda, 2021-2023 yillarda Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zolariga O‘zbekiston nomzodini ilgari surish ishlari izchil olib borilmoqda.
2. O’zbekistonning mustaqil tashqi siyosati va uning asosiy tushunchlalari.
Tashqi siyosat bu davlatning xalqaro munosabatlaridagi umumiy yo’nalishini qamrab oladi.
Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar xalqlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar soxasidagi faoliyatining maqsadlari va vositalari majmunini qamrab oladi.
O’zbekiston respublikasi tashqi siyosatini asosiy tamoyillari Konstitutsiyasining 17- moddasida qonuniy jixatdan mustaxkamlab qo’yilgan.
O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi “Ozbekiston respublikasi shartnomalar to’g’risidagi qonun” O’zbekiston respublikasi “mudofa to’g’risidagi” O’zbekiston respublikasi xarbiy doktirininatasi to’g’risidagi” qonunlari va boshqa qonunchilik xujjatlaridagi tamoyillar va meyorlarga Birlashgan millatlar tashkiloti va yevropa xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining tamoyil va maqsadlariga shuningdek, O’zbekiston respublikasi oliy majlisi ratifikatsiya qilgan O’zbekiston respublikasi xalqaro shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi” deyilgan, 1996-yildagi O’zbekiston respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’g’risidagi qonun 1-modda.
1. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsad va vazifalari O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning dasturiy chiqish va maruzalarida aniq va ravshan ifodalangan,mamlakatning Konstitutsiyasi, tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro konvensiyalar va shartnomalar asosida aniqlangan.
Tashqi siyosiy kursning asosiy maqsadi davlat mustaqilligi suverenitetini mustaxkamlash, milliy manfatlarni ximoya qilish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustaxkamlash O’zbekistonning barqror rivojlanishi uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlarni yaratish uning xalqaro nufuzini oshirishdan iboratdir.
Prezident Islom Karimov o’zining O’zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining 2010-yil 27-yanvarning qo’shma majlisida so’zlagan nutqida tashqi siyosatning asosiy vazifalariga to’xtalib quyidagilarni takidlab o’tgan: “mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimiz xavfsizligi va mintaqamiz barqarorligini taminlash shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch osoyishta hayotni saqlash kabi bir biridan masuliyatli va keng ko’lamli bir qator vazifalar borki yurtimizning joondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvafaqiyat bilan hal etishimizga bog’liqdir”.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston respublikasi tashqi siyosiy kursining asosiy vazifalarini quyidagicha qisqa ifodalash mumkin:
Birinchidan: yaqin va uzoq davlatlar bilan o’zaro manfatli va teng xuquqli xamkorlik munosabatlarini xar tomonlama rivojlantirish va mustaxkamlash. O’zbekistonning jaxon xamjamiyatiga asta sekin va xar tomonlama integrallashishida siyosiy iqtisodiy madaniy marifiy ilmiy texnikaviy va boshqa soxalarda ochiq va konstruktiv xalqaro xamkorlikni amalga oshirishda ikki tomonlama va ko’p tomonlama diplomatiya mexanizmlaridan samarali foydalanish.
Ikkinchidan: O’zbekiston raxbariyatining mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarbyo’nalishlari xususidagi, jumladan, “ Afg’onistondagi vaziyatni tinch yo’l bilan xal etish bo’yicha “6+3” muloqot guruxini tuzish, O’rto Osiyo Fors qo’ltig’i transport transzit yo’lini tuzish mintaqadagi trans chegaraviy daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalanish va boshqa xalqaro tashabbuslarni olg’a surish.
Uchinchidan: O’rta Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash mintaqani barqaror xavfsizlik xududiga aylantirish bilan bog’liq siyosiy diplomatic va xalqaro xuquqiy masalalarni xal etadi. Uzoq va yaqin davlat bilan munosabatlarda siyosiy ijtimoiy iqtisodiy millatlararo va boshqa salbiy xolatlarning avj olishiga yo’l qo’ymaslik uchun diplomatic choralarni ko’rish.
To’rtinchidan: Respublikada amalga oshirilayotgan chuqur demokratik isloxotlarni jamiyatni va iqtisodni modernizatsiyalashning dinamik jarayonlarni samarali amalga oshirish uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlarni yaratish. Jaxondagi mamlakatlar bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni muntazam rivojlantirish milliy iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlariga to’g’ridan to’g’ri chet el sarmoyalarini va ilg’or texnologiyalarni jalb qilish bilan bog’liq siyosiy diplomatik va xalqaro xuquqiy masalalarni amalga oshirish.
Beshinchidan: jaxon ham jamiyatiga O’zbekiston tashqi va ichki siyosatining asosiy jixatlarini aks ettiradigan, uning xalqaro tashabbuslarining mazmun va moxiyatini ifodalovchi obektiv va ishonchli malumotlarni yetkazish.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki kunlaridanoq o’zining milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosat yo’lini belgilash jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy-iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va boshqa sohalarda aloqalar o’rnatishga kirishdi. Chunki, yosh davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash va mamlakatimizning xavfsizligi barqarorligi va taraqiyoti ko’p jihatdan yuqoridagi aloqalargauzviy bog’liqdir. Bunga osonlikcha erishib bo’lmaydi, chunki sobiq ittifoq tarkibida bo’lgan O’zbekiston tashqi dunyodan ajratib qo’yilgan va hamma tashqi aloqalar masalalar markaziy hokimiyat tomonidan olib boriladi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham jahon diplomatsiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun hukumatimiz bu sohadagi ko’p qirrali ishlarni boshidan boshlashga to’g’ri keldi. XXI asr bo’sag’asida o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekiston milliy xavfsizlikni mustahkamlash demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, ma’naviy milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, odamlar uchun farovon turmush sharoitlarini yaratish kabi o’ziga xos yo’lni tanladi.
Biz uchun mustaqillik – o’z erkinlagimizni anglashgina emas balki, avvalo o’z hayotimizni o’z ifodamizni bilan va milliy manfaatlarimizni ko’zlagan holda tashkil etish, o’z kelajagimizni tashkil etish, o’z qo’limiz bilan qurish huquqidir.
2.Respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, nazorat qilish, boshqarishni amalga oshiradigan davlat organi xisoblanadigan tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (TIAV) O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bilan shug’ullanadi. TIAV xorijda O’zbekiston Respublikasi vakili bo’lib respublika nomidan va uning manfatlarini ko’zlab barcha tashqi iqtisodiy masalalar shu jumladan O’zbekiston respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bo’yicha faoliyat yuritadi. Vazirlik o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining bevosita raxbarligida amalga oshiradi.

Download 66.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling