O’zbekiston janubi surxondaryo viloyatining kaptarsimon qushlar turkumini gelmintofaunasi akmuradova Leyla Guvanchovna Annotatsiya
Tadqiqot jarayonida oʻrganilgan kaptarsimonlar turkumiga mansub turlar va ularning gelmintlar bilan zararlanish koʻrsatkichi
Download 28.59 Kb.
|
Maqola.Akmuradova L
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaptarsimonlar turkumi qushlarida qayd etilgan gelmintlarning sistematik tasnifi
- Tadqiqot natijasiga koʻra kaptarsimonlar turkum qushlarida aniqlangan gelmint faunasi.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Tadqiqot jarayonida oʻrganilgan kaptarsimonlar turkumiga mansub turlar va ularning gelmintlar bilan zararlanish koʻrsatkichi
Kaptarsimonlar turkumi qushlarida qayd etilgan gelmintlarning sistematik tasnifi
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra Oʻzbekistonning kaptarsimonlar turkum qushlarida gelmintlarning aniqlangan turlar tarkibi 2 sinfga mansub 12 turdan iborat boʻlib, ular tarkibida sestodalar keng tarqalgan turlar hisoblanib 9 turni, nematodalar esa 3 turni tashkil etadi [42; 468 c, 43; 26 c]. Tadqiqot natijasida Surxondaryo viloyatinuing kaptarsimonlar turkumining keng tarqalgan turlaridan Koʻk kaptar – Columba livia domestica, Kichik musicha – Streptopelia senegalensis, Qoʻngʻir kaptar – Columba eversmanni, Yovvoyi koʻk kapar-Columba livia, Halqali musicha – Streptopelia decaocto, Xonaki kaptar–Columba domestica qushlarining gelmintofaunasining faunistik tahlil natijasi ma’lum boʻlgan 2 sinf, 12 parazit turlaridan 5 tasi (Raillietina echinobothrida, Raillietina weissi, Raillietina crassula, Cotugnia digonopora, Syngamus trachea) Surxondaryo viloyati kaptarsimonlar turkumi qushlarida aniqlandi, Cotugnia digonopora va Syngamus trachea turlari ushbu hududda birinchi marta qayd etildi. Aniqlangan gelmintlar taksonomik tahliliga koʻra, 2 sinf, 2 turkum, 2 oila, 3 avlodga mansub 5 turdan iborat. Tadqiqot natijasiga koʻra kaptarsimonlar turkum qushlarida aniqlangan gelmint faunasi.
Mamlakat tabiiy landshafti, qushlar faunasining xilma xilligi va hasharotlar yashashi uchun tabiiy biotopning turli-tumanligi, parazit faunasining keng tarqalishi imkonini beradi. Kaptarsimonlar turkum qushlari gelmintlarining qayd etilgan turlar tarkibidagi 12 tur gelmintlarning 2 turi (1 tur sestoda, 1 tur nematoda) birinchi marta qayd etildi. Xulosa qilib aytganda Surxondaryo viloyati kaptarsimonlar turkumi qushlarida yashash tabiiy muhitining xilma-xilligiga koʻra gelmintlar orasida sestodalar sinfining turlari ustunlik qildi. Ya’ni, sestodalar yovvoyi qushlarda gelmintlar faunasining katta qismini tashkil etishi tadqiqot natijasida kuzatildi. Nematodalar asosan ushbu turkumga mansub uy qushlarida uchrashi bir qancha tadqiqotchilar tomonidan ham aniqlangan. Qayd etilgan gelmint namunalari qushlar hisoblangan xoʻjayin organizmining hazm qilish sistemasining asosan 12 barmoq, ingichka va yoʻgʻon ichak bolimlaridan topildi. Ushbu gelmintlarning rivojlanishida tabiiy muhitdagi oraliq xoʻjayin turlarining keng maydonda uchrashi qushlar gelmintlar bilan zararlanishiga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Прудников. В. С., Герасимчик. В. А. Болезни голубей, певчих и декоротивных птиц. Витебск 1998. 63 ст. Qulmamatov. A. Umurtqasiz parazit hayvonlar. Toshkent ,, O’qituvchi “, 1998. 240 b. Ковалевская. Е. О., Ятусевич А. И. Журнал: Паразитология том 42. Выпуск 1. Част 2/2006. 59 ст. Сивкова. Т. Н Имагинальные цестодозы. Пермь И.П.Ц. ''Прокрост'' 148 ст. www.ziyonet.uz www.nuu.uz www.natl.uz www.nature.uz www.pedagog.uz www.naukaran.ru Download 28.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling