O’zbekiston Konstitutsiyasi


Download 3.13 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi3.13 Kb.
#1737580
Bog'liq
O’zbekiston Konstitutsiyasi(199)


O’zbekiston Konstitutsiyasi

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan.

O’zbekistonda avval ham Konstitutsiyalar qabul qilingan edi (O’zbek SSR Konstitutsiyasi 1927, 1937, 1978 yillarda qabul qilingan). Lekin u konstitutsiyalarda xalq O’z taqdirini O’zi belgilash huquqidan mahrum edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri kO’p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo’lishiga bog’liq». Konstitutsiya Italiya, Fransiya, Finlyandiya kabi davlatlar konstitutsiyalari tarixini o’rganib, bizga taalluqli joylari olib tuzildi. Bunda BMTning Xalqaro Inson huquqlari bo’yicha hujjatlari va boshqa hujjatlardan ham foydalanildi.

Konstitutsiyaviy komissiya 1992 yil 26 sentyabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga qo’ydi. Shu bo’yicha tushgan barcha taklif, mulohazalar o’rganib chiqilib, Konstitutsiya loyihasiga kiritildi.



O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
Download 3.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling