O'zbekiston Konstitutsiyasida davlat hokimiyatini amalga oshirishga doir normalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti


Download 192.4 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2024
Hajmi192.4 Kb.
#1899100
  1   2
Bog'liq
6-m 2023


6-mavzu:O'zbekiston Konstitutsiyasida davlat hokimiyatini amalga
oshirishga doir normalar.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Reja:
1.Demkratik jamiyatda saylovlarning ahamiyati
2.0‘zbekistonda Prezidentlik institutining vujudga
kelishi va rivojlanishi
3. 0‘zbekiston Prezidentini saylash tartibi
4.Prezidentning vakolatlari.


Tayanch so’zlar: prezidentlik, demokratiya, saylov, referendum, qonunchik, majoritar, xalqaro norma, ko‘ppartiyaviylik.

0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining tashkil etilishi bo'limida avval qonunchilik hokimiyati, Prezident, hukumat faoliyati berilib, saylov tizimi keyingi boblarda berilsa-da, aksariyat davlat organlari saylov orqali tashkil qilinishi sababli darslikda saylov tizimini dastlab ochib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi, degan xulosaga keldik.


Saylovlar demokratik davlatlar taraqqiyotida va îuqarolarning siyosiy huquqlari tizimida muhim konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida markaziy o'rin egallab kelgan. Aynan mazkur institut orqali îuqarolar bevosita yoki o'zlari saylagan vakillari timsolida davlat va jamiyatni boshqarish imkoniga ega. Saylov demokratiyaning yorqin ifodasidir; «Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov — demokratiya degani. Demokratiya — bu saylov degani».
0‘zbekistonning Birinchi Prezidenti saylovlarga oid masalaga alohida to'xtalib; «Hayotda adolat o‘rnatish, albatta, ijtimoiy taraqqiyotning ko‘pdan-ko‘p omillariga bogiiq. Ammo eng muhim, bal qiluvchi omillardan biri — bu erkin, odil saylov tizimidir. Ya’ni bar qaysi pog‘onada — jamoami, mahallami, korxonami, tumanmi, shaharmi, viloyatmi, davlatmi, uning rivoji va taqdiri ko‘p jihatdan munosib yoki nomunosib shaxslarni, vakolatlarga ega bo‘lgan rahbarlarni, shu jumladan, hayotimiz — kelajagimizni ishonib topshirgan noib- deputatlarni saylab olishimizga bog‘liqdir»?, - deb ta’kidlagan ediOdatda, davlat hokimiyati organlari ikki uslubda: saylash va tayinlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Umume’tirof etilgan tamoyillarga muvofiq, ijro etuvchi hokimiyat va sudlov hokimiyati organlarining shakllantirilishi saylanadigan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda, saylovlar davlat hokimiyati organlarining butun tuzilmasiga oliy boshlang'ich legitimlikni ta’minlaydi Davlatimizda bevosita saylov usuli bilan davlat boshlig'i - 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlisning quyi - Qonunchilik palatasi deputatlari saylanadilar. Shuningdek, saylash uslubi bilan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari shakllantiriladi. Saylovlar referendum kabi xalq irodasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyon etilishining qonunlashtirilgan shaklini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolar davlat hokimiyati organlarining shakllanishiga ta’sir koYsatadilar va shu tufayli ularning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqlari amalga oshadi. Shuningdek, demokratik saylovlar - hokimiyat to'g'risidagi masalani kuch bilan hal etilishining aksidir. «Demokratiya sharoitlarida esa, davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo'rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi», - degan so'zlar saylovlarni nazarda tutgan.
Mamlakatimizning bosh maqsadi - demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘lib, uning asosiy shartlaridan biri xalq hokimiyatchiligini ta’minlash masalasidir. Jumladan, «Demokratiya hamma joyda bir xil. Uning umumiy tamoyillari hamma uchun tushunarli: bu — demokratiyaning ajralmas qismi bo‘lgan xalq hokimiyati, xalqning xohish-irodasi va ochiq, erkin saylovlardir. Bu oxir-oqibatda bar qanday demokratiyaning eng yuqori pog‘onasi bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir»^.
Aslida, o'zining tashkil etilishi, tuzilishi jihatidan va faoliyatida xalqning irodasiga tayangan, barcha umume’tirof etilgan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga intilgan davlat deganda, tom ma’nodagi demokratik davlat tushuniladi. Bunda, demokratik davlat fuqarolarning erkinligi va hurfikrliligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining muhim ajralmas qismidir. Mazkur davlatning legitimliligi asosini xalq suvereniteti tashkil etadi. 0‘z navbatida, xalq suverenitetining amalda namoyon bo'lishining asosini saylovlar orqali tashkil etilgan davlat hokimiyati ifoda etadi.
Har qanday davlatni demokratik davlat deb e’lon qilishning o‘zi kifoya emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli huquqiy institutlar, huquqiy kafolatlar bilan ta’minlashdan iborat. Bunda - konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning tizimida saylov huquqi institut! muhim rol o'ynaydi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarga erishishda saylovlar bir vaqtning o'zida ikkita yirik vazifani yechishga xizmat qiladi:

  • birinchidan, saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli bo'lib, fuqarolarni uyushgan holda o‘zlari yashab turgan davlat va jamiyatni boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Saylov xalq hokimiyatining bevosita oliy ifodasini tashkil etadi. Bunda fuqarolar bar qanday jarayonning ishtirokchisi bodganidek, saylov jarayonida ishtirok etib, siyosiy tajriba orttiradilar. Ular, avvalambor, o'zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-huquqiy madaniyatini oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirib boradilar. Shuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, hamjihatlik bilan, o‘z harakatlarini kelishuv asosida namoyon qilishlarida siyosiy tajriba va ko'nikmalarni orttirib boradilar;

  • ikkinchidan, demokratik davlatning muhim belgilaridan birini vakillik demokratiyasi tashkil etadi. Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul qilishga mutlaq huquq berilgan saylanadigan muassasalar orqali xalq hokimiyatini amalga oshirishidir. Bundan kelib chiqadiki, vakillik demokratiyasining haqiqatan amalga oshishi, asosan, saylov jarayonining demokratik tamoyillarga amal qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog'liq. Bundan xulosa qilish mumkinki, demokratiya va saylovlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalardir.

Saylov qonunchiligini takomillashtirish doimiy jarayon bo'lib, u saylovlarni yanada demokratlashtirishga olib keladi. Shuning uchun bu masalaga 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida alohida to'xtalib, «Bu borada qabul qilingan 6 ta qonun va bir qator qonunosti hujjatlari, afsuski, haligacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmagan. Shu sababli xalqaro norma va standartlarga javob beradigan yagona saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim» - deb ta’kidladi.
Jamiyat rivojlanib, demokratlashib borishi har bir o'tayotgan saylovlarni takomillashuviga olib kelganidek, saylovlarni demokratlashuvi ham jamiyat rivojiga bevosita ta’sir qilmoqda.
«Yaqinda «Yangi 0‘zbekiston — yangi saylovlar» shiori ostida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida respublikamizda demokratik islohotlarni yuqori bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan yangi siyosiy muhit vujudga keldi»', - degan prezident so'zlari fikrimiz isbotidir.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimi maxsus bobda (XXII bob) mustahkamlangan. Hamma mamlakatlarning Konstitutsiyalarida saylov tizimi uchun maxsus bob ajratilmagan, masalan, Rossiya Konstitutsiyasida. 0‘zbekiston Konstitutsiyasida saylov tizimining konstitutsiyaviy asosda belgilanishi bu huquqiy institutning ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning saylov tizimi bobi ikkita, ya’ni 128-129-moddalardan iborat bo‘lib, u fuqarolarning saylov huquqini, saylov huquqi prinsiplari, qaysi organlar saylov yo‘li bilan tashkil qilinishi, saylov o'tkazishning muddatlari, Oily Majlis Senat! a’zolarini saylash tartibini, kimlar saylovda qatnashmasligini va Markaziy saylov komissiyasini tashkil qilish hamda vakolatlarini belgilovchi qoidalardan iborat.
Agar Konstitutsiyamiz nuqtai nazaridan qarasak, unda qayd qilingan shu masalalar yig'indisi saylov tizimi hisoblanadi. Haqiqatan ham shunday. Lekin, ilmiy nuqtai nazardan qaralsa, saylov tizimi Konstitutsiyada belgilangan qoidalar yig'indisidan ancha keng. Chunk! saylov munosabatlari ancha keng bo'lib, ularning hammasini Konstitutsiya bilan tartibga solish imkoniyati yo‘q. Saylov munosabati ko'plab qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan ham tartibga solinadi. Saylov tizimi barcha saylov o'tkazilishi bilan bog'liq tartiblar va barcha tartiblarni mustahkamlovchi, o'rnatuvchi huquqiy normalar yig'indisidir. Saylov huquqi normalari fuqarolarning saylov huquqlarini, saylovni tashkil qilish va o'tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash masalalarini tartibga soladi. Saylov tizimi - bu saylov o'tkazilishi tartibi va shu tartiblarni mustahkamlovchi huquqiy normalar yig'indisidir. Saylov o'tkazish tartiblari huquqiy normalar bilan belgilanadi va ular birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.
Ba’zida saylov tizimi tor ma’noda saylovning ba’zi jihatlari, xususiyatlariga ham tatbiq qilinadi, masalan, ovoz berish natijasini aniqlashga qo'llanilganda «proporsional» va «majoritar saylov tizimi» degan tushunchalar kelib chiqadi. Aslida, majoritar va proporsional saylov deputatlikka nomzodlar ko'rsatish va ularga ovoz berish hamda natijalarini aniqlashdagi alohida tartibdir.
Proporsional tizimda ovozlar partiya ro'yxati bo'yicha berilib, deputatlik o'rni olingan ovozlarga nisbatan taqsimlanadi. Bu tizim Rossiyada parlament saylovlarida qo'llaniladi.
Majoritar tizimda saylovchi aniq bir nomzodga ovoz beradi va saylovchilarning yarmidan ko'pchilik ovozini oigan nomzodlar saylangan hisoblanadi. O'zbekistonda majoritar saylov tizimi qo'llaniladi.
Keng ma’noda saylov tizimi faqat ovoz berish, uning natijalarini aniqlash tartibi bilan cheklanmay, saylov tizimi saylov huquqi prinsiplari, qoidalari, saylov o'tkazish tartibi yig'indisi hisoblanadi. Unda fuqarolarning saylash va saylanish huquqlari; saylov huquqining asosiy prinsiplari; turli darajadagi hokimiyat organlariga saylov o'tkazish; saylov belgilash; saylov ishtirokchilari (subyektlari), kimlar saylovda ishtirok eta olmasligi kabi masalalar belgilanadi.
«Saylov huquqi» atamasi bir necha ma’noda ishlatiladi. Saylov huquqi deganda, birinchidan, mamlakatda saylovlarni tashkil etuvchi huquq normalari tushunilsa; ikkinchidan, fuqarolarni saylash va saylanishga bo'lgan huquqlari tushuniladi (aktiv va passiv saylov huquqi). Saylov bilan bog'liq munosabatlar, masalalar faqat Konstitutsiya normalari bilan tartibga solish bilan chegaralanmaydi,
boshqa maxsus qonunlar hilan ham tartibga solinadi. Masalan, 2019-yilgacha «Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida», «Fuqarolar saylov huquqlarini kafolatlash to‘g‘risida»gi qonunlar hilan saylovlar o'tkazib kelingan.

  1. yil 25-iyunda 0‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini qabul qilish orqali barcha saylov haqidagi normalar yagona hujjatga jamlandi. Bu g'oyani 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida «...xalqaro norma va standartlarga javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim»' deb bayon etgan edi.

0‘zbekiston mustaqillikka erishgach, saylov tizimini demokratik mamlakatlar saylov tizimiga mos ravishda tashkil qilish imkoniyati tug‘ildi. Natijada, saylovlar xalqaro andozalarga mos o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tishi, nomzodlar sonini saylanadigan deputatlar soniga nisbatan ko‘p bo‘lishi demokratiya tantanasi bo‘ldi.
Saylovlar siyosiy jarayon bo‘lib, uni tashkil qilish va o‘tkazishga qarab, jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar mamlakatda demokratiya qanday ekanligiga baho beradi.
Shu davrgacha 0‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan barcha saylovlar demokratiya tamoyillariga, xalqaro andozalarga mos ravishda o‘tkazilganini saylovlarda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning kuzatuvchilari tomonidan e’tirof etilgan.
Dunyo miqyosida prezidentlik institutining vujudga kelishi demokratik kuchlarning g'alabasi sifatida qaraladi. Chunki Prezident davlat boshlig'i sifatida paydo bo'lgach, xalq o‘z davlat boshlig'ini o‘zi saylab qo'yadigan bo'ldi yoki prezident xalq saylagan vakillar tomonidan saylanishi va bunday mamlakatlarda davlat boshlig‘i lavozimini merosga qoldirish tartibi barham topdi. Hozirgi vaqtda BMTga a’zo bo'lgan 193 ta davlatning 143 tasida prezidentlik lavozimi mavjud. Shuning o‘zi ham dunyo xalqlari o‘z taqdirini Prezident bilan bog‘laganini ko'rsatadi.
Turli mamlakatlarning rivojlanishida, jahon hamjamiyatida o‘rin tutishida mamlakat prezidentlari ijobiy rol o'ynaydi. Jorj Vashington, F. Ruzvelt, Mustafo Ota Turk, Shari De Gol, 1. Tito kabi prezidentlar o‘z mamlakatining taraqqiyotiga katta hissa qo'shib, xalqning, millatning iftixori, milliy qahramoniga aylangan.
0‘zbekistonda Prezidentlik institutining vujudga kelishi ham 0‘zbekistonning mustaqilligi bilan bog'liq va taraqqiyoti kafolatlaridan hisoblanadi.
Sobiq Ittifoqning oxirgi yillarida ijtimoiy hayotning hamma sohalaridagi tartibsizliklar, inqirozlarga uchrash 0‘zbekistonda ham yaqqol sezila boshladi.
Hamma sohalarning mutlaqo izdan chiqib ketishi respublika miqyosida yangicha boshqaruvga o‘tishni, Respublika bilan ittifoq o‘rtasida yangicha munosabat o‘rnatishni taqozo qila boshladi. Buning uchun Respublikada aholini birlashtira oladigan, markaz hujumlariga bardosh beradigan, markazning roziligisiz, ishtirokisiz vujudga keladigan davlat boshlig‘i lavozimiga ehtiyoj sezildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston shu paytda ham mustaqil respublika - davlat hisoblansa-da, davlat boshlig‘i degan lavozim (bunday lavozimlar ittifoqda ham yo‘q edi) bo‘lmagan. 0‘zbekiston Konstitutsiyasi barcha davlatlar konstitutsiyalari o‘rnatgan davlat boshlig‘i, degan institutni chetlab o‘tgan edi. Davlat boshlig‘i vazifasini har doim kommunistik partiya rahbarlari bajarib kelgan edi. Bu hech bir qonunda qayd qilinmagan edi. Shuning uchun bo‘xronli 90-yillarning oxirida har qanday mamlakatda legitim davlat boshlig‘i lavozimi bo‘lishini davrning o‘zi taqozo etdi.
Shuning uchun avval sobiq ittifoqda davlat boshlig‘i - prezident lavozimi o‘rnatildi va 1990-yili mart oyida 0‘zbekistonda sobiq ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib Prezidentlik lavozimi - instituti o‘rnatildi.
Bu markazning roziligini olmasdan, uning taqiqlashlariga qaramasdan qilingan katta voqea bo‘ldi va aytish mumkinki, Prezidentlik lavozimining o‘rnatilishi 0‘zbekistonning mustaqillik yo‘lidagi eng salmoqli va to‘g‘ri qadami bo‘ldi.
1991-yil dekabr oyida I. Karimov umumxalq tomonidan, muqobillik asosida Prezident etib saylandi.
Shundan keyin mamlakatda boshqaruvni barqarorlashtirish, ijro hokimiyatini kuchaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. 0‘zbekistonning yangi Konstitutsiya loyihasi ustida ishlashi jadallashtirildi.
1991-yil 31-avgustda mamlakat Prezidenti 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti minbaridan 0‘zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi. Bu katta tarixiy voqea bo'lib, o'zbek xalqining azaliy orzusi ushalishi edi. Shundan keyin Prezident rahbarligida 0‘zbekistonning mustaqilligini amalda saqlash chora-tadbirlari ko'riladi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mamlakat qurolli kuchlari tashkil qilinib, mustahkamlanib bordi. Mamlakatning iqtisodiy tizimi mustahkamlandi. Mamlakat hududidagi barcha mulklar respublika mulki deb e’lon qilindi. Hokimiyat tizimida rivojlangan mamlakatlar tajribasida qo'llanib kelgan hokimiyat bo'linishi prinsipi qo'llana boshladi.
Prezident rahbarligida qilingan yana bir muhim voqea bu - mustaqil 0‘zbekistonning Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish bo‘ldi. Konstitutsiya 0‘zbekistonning davlat suverenitetini mustahkamladi. Xalq hokimiyatchiligini o‘rnatdi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat deb belgiladi. Konstitutsiyada 0‘zbekiston demokratik, suveren respublika deb e’tirof etildi. Davlat boshlig‘i sifatida Prezident belgilandi va Konstitutsiyada Prezidentni saylash, Prezident nomzodiga qo‘yiladigan talablar, Prezident vazifasi hamda vakolatlari belgilab qo‘yildi. 0‘zbekiston Prezidentiga taalluqli asosiy masalalar Konstitutsiyaning «0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» degan XIX bobida mustahkamlandi. Unda Prezident davlat va ijroiya hokimiyat! boshlig‘i, degan qoida bilan bir qatorda, Prezident bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasining ham Raisi, degan qoida o‘rnatildi.
0‘tish davrida, ayniqsa, ijroni ta’minlashda bu to‘g‘ri yo‘l edi.
0‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ma’lum davrda shu mavqeni egallab, 0‘zbekistonda barqarorlikni ta’minlashga, milliy totuvlikka erishishda, iqtisodiy tizimga bozor munosabatlarini joriy qilishda, mamlakat xavfsizligini, fuqarolar manfaatini himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. 0‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni egallashiga, xalqaro huquqning to‘la huquqli subyekti sifatida e’tirof etilishiga katta hissa qo‘shdi.
Mamlakatimiz XXI asrga qadam qo‘yar ekan, jamiyatni rivojlantirish ustuvor yo’nalishlarini Prezident rahbarligida belgilab oldi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri etib - mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish belgilandi'.
Erkinlashtirish davlat qurilishi va boshqaruvidagi islohotlarning asosini tashkil etib, u boshqa hokimiyat tarmoqlariga, shu jumladan, Prezidentning maqomiga ham taalluqli bo‘ldi. Bu horada mamlakatimizda amalga oshirilgan voqealardan
biri 2002-yil 27-yanvarda bo'lib o‘tgan referendum va uning asosida 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan qonun bo'ldi. Shular asosida Konstitutsiyaga kiritilgan 0‘zgartirishlar tufayli Oliy Majlis ikki palatali tuzilishda tashkil qilinadigan bo'ldi. Prezidentning vakolati besh yildan yetti yilga o‘zgartirildi. Prezidentning ayrim vakolatlari Oliy Majlis Senatiga o'tkazildi va Konstitutsiyadan Prezidentning Vazirlar Mahkamasi Raisi haqidagi qoida chiqarildi.
Bularning barchasi demokratlashtirishning amaliy ifodasi edi.
2007-yil 11-aprelda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Qonun va Konstitutsiyaning 89-moddasi, 93-moddasining 15-bandi, 102-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan 0‘zgartirishlar Prezidentning maqomiga ham sezilarli ta’sir qildi. 0‘zgartirishlar asosida Prezidentning ijro hokimiyatiga boshchilik qilishi bekor bo‘lib, Prezident davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi, degan qoida kiritildi. Bundan tashqari, yuqorida tilga olingan qonunga asosan, Prezident Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya guruhlari bilan maslahatlashib, viloyat (turnan, shahar) hokimlarini viloyat Kengashlariga tasdiqlash uchun viloyat (turnan, shahar) kengashidagi partiya guruhlari bilan maslahatlashib taqdim qilish tartibi o‘rnatildi.
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusida qilgan ma’ruzasida I.A. Karimov davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish masalalariga to‘xtalib; «Hozirgi paytda mamlakatimizda aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subyekti, ya’ni davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda»‘,
Download 192.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling