O’zbekiston “Mahalla” xayriyajamoat


Download 71.46 Kb.
bet2/5
Sana18.01.2023
Hajmi71.46 Kb.
#1099067
1   2   3   4   5
Bog'liq
uz-ustav-2020

5.11. Fond vasiylik kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
– Fond faoliyati ustidan hamda ushbu faoliyat qonun hujjatlari va fond Ustaviga, Vasiylikkengashining qarorlarigamuvofiq bo‘lishininazorat qiladi;
– Fond Ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlarva qo‘shimchalarnitasdiqlash;
– Fondning respublika boshqaruvi va Markaziy taftish komissiyasi tarkibini tuzish, o‘zgartishlarva qo‘shimchalar kiritish;
– Fondning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Fond budjetinitasdiqlash;
– Fondning yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini, shu jumladan, fond respublika boshqaruvining o‘z faoliyatito‘g‘risidagi hisobotinitasdiqlash;
– Fond faoliyatini navbatdan tashqari tekshirish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
– Fond respublika boshqaruvining Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga zid bo‘lgan qarorlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish, ularni bekor qilish;
– Fondni qaytatashkil etish vatugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
– Fond ramzlarinitasdiqlash;
Fondning respublika boshqaruviraisinomzodinitasdiqlash;
– Fond respublika boshqaruvi va hududiy tuzilmaviy bo‘lim va bo‘linmalari tuzilishinitasdiqlash;
– Fond Vasiylik kengashining vakolatlariga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
5.12. Fondning Vasiylik kengashi vakolatlariga taalluqli masalalar respublika boshqaruvi yoki Markaziy taftish komissiyasiga o‘tkazilishimumkin emas.
5.13. Fondning Vasiylik kengashi fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni boshqa organlardanva fond xodimlaridan talab qilishva olishga haqli.
5.14. Fond Vasiylik kengashining qarorlari fondning barcha organlari va uning xodimlari uchunmajburiy hisoblanadi.
VI bob. Fondning respublika boshqaruvi
6.1. Fondning respublika boshqaruvi ijro organi hisoblanadi va fondning Vasiylik kengashi yig‘ilishlari oralig‘ida fondning joriy faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi.
Respublika boshqaruvi tarkibi fondning Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladi.
6.2. Fondning respublika boshqaruvi rahbari va a’zolari fondning Vasiylik kengashiva taftish komissiyasi a’zosi bo‘la olmaydilar.
6.3. Fondning respublika boshqaruvi bir yilda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida fondning Vasiylikkengashiga hisobottaqdimetadi.
6.4. Respublika boshqaruvi yig‘ilishi har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi, zarur hollarda boshqaruv a’zolarining yarmidan ko‘pi yoki Markaziy taftish komissiyasining talabiga ko‘ra, navbatdantashqari yig‘ilish o‘tkazilishimumkin.
Boshqaruv yig‘ilishini fondning respublika boshqaruvi raisi yoki boshqaruvi raisi o‘rinbosari olib boradi.
Respublika boshqaruvi yig‘ilishi a’zolarning yarmidan ko‘pi ishtirok etganda, vakolatli hisoblanadi.
Qaror oddiy ko‘pchilik ovoz berishyo‘li bilan qabul qilinadi.

Download 71.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling