O’zbekiston “Mahalla” xayriyajamoat
Download 71.46 Kb.
|
uz-ustav-2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fond tashkiliy tuzilmasi
- Fondning maqsad vavazifalari
- Fondning huquqva majburiyatlari
- Fondning rahbar organlari vatuzilishi
O’zbekiston “Mahalla” xayriyajamoat fondining Ustavi (Yangi taxrirda) I bob. Umumiy qoidalar 1.1. O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi (bundan buyon matnda “Fond” deb yuritiladi) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan hamda tashkiliy-huquqiy shakli jamoat fondi bo‘lgannodavlat notijorattashkilotdir. 1.2. Fond o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatlarini tartibga solishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro huquqning qoidalari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi. 1.3. Fondning tuzilishi uning Vasiylik kengashi, respublika boshqaruvi hamda o‘z faoliyatlarini ushbu Ustav va Fondning hududiy bo‘lim, bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiradigan hududiy tuzilmaviy bo‘lim, bo‘linmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘linmalari)dan iborat. 1.4. Fond, uning hududiy tuzilmaviy bo‘lim, bo‘linmalari, shuningdeku tomonidan ta’sis etilgan tadbirkorlik tuzilmalari yuridik shaxs hisoblanib, o‘z mulkiga, mustaqil balansi, nomiga, banklardagi joriy va valyuta hisob raqamlariga, belgilangan namunadagi muhpiga ega hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibdaro‘yxatdan o‘tgan ramzidan foydalanadi. 1.5. Fond o‘z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillariga amal qiladi. Jamoat fondi o‘z maqomiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida fuqarolar yig‘inlarining o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular faoliyatini aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning ma’rifiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolar yig‘inlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi. Jamoat fondi o‘z faoliyatini amalga oshirishda, barcha davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. 1.6. Fondning to‘liq rasmiynomi: o‘zbek tilida – O’zbekiston «Mahalla» xayriyajamoat fondi; rustilida – Благотворительный общественный фонд «Махалла» Узбекистана; ingliz tilida – Charity social fund «Mahalla» of Uzbekistan. 1.7. Fondning qisqartirilgan rasmiynomi: o‘zbek tilida – «Mahalla» fondi; rustilida – фонд «Mахалла»; ingliz tilida – fund «Mahalla». 1.8. Fond respublika boshqaruvining manzili: Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 51- uy. 1.9. Fond faoliyatining muddati cheklanmagan. 1.10. Fond o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining barcha hududida amalga oshiradi. II bob. Fond tashkiliy tuzilmasi 2. Fond tizimiga quyidagilarkiradi: − Fond markaziy apparati; − Fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘limlari boshqaruvlari; − Fondning tuman (shahar) bo‘linmalari boshqaruvlari; − “Mahallamuruvvati” mas’uliyati cheklanganjamiyati; − “Navbahor” sihatgoximas’uliyati cheklanganjamiyati. III bob. Fondning maqsad vavazifalari 3.1. Fondining asosiy maqsadi fuqarolar yig‘inlari faoliyatini aniq yo‘naltirilgan asoslarda va aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ko‘maklashishdan iborat. 3.2. Fond quyidagivazifalarni amalga oshiradi: – fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, hududlarini ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hamkorlik qilish, yordamlar ko‘rsatish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va qulay shart-sharoitlar yaratish, tartibgakeltirish ishlarida ishtirok etish hamda moliyaviy ko‘maklashish; – davlat hokimiyati organlari vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi jarayonida hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan ushbu vakolatlarning amalga oshirilishida zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda faol ishtirok etish; − fondningbo‘lim, bo‘linmalari o‘zlarining tegishli hududidagi fuqarolaryig‘inlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni, xodimlarini bir yilda bir marta to‘lanadigan lavozim maoshimiqdoridagimoddiyyordam ko‘rsatish vaboshqaxarajatlarini moliyalashtirish; – fuqarolar yig‘inlari faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ular manfaatlarini qonun asosida himoya qilish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollardaularni moliyaviy tomonlama qo‘llab-quvvatlash; – fuqarolar yig‘inida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar, faxriylar, nogironlar, yetim-esirlarga hamda tabbiy ofatlardan talofat ko‘rgan fuqarolarga nisbatan insonparvar va mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish g‘oyalarini keng targ‘ib qilish ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab- quvvatlash hamdanochor qiynalgan oilalarniuy-joy bilan ta’minlashda, mavjuduylarini ta’mirlash hamda xorijiy davlatlarda davolanishlarida fond imkoniyatlaridan kelib chiqibmoddiyyordamlarko‘rsatish; − fuqarolar yig‘inlari faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oya va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy- texnika bazasini mustahkamlashda tasarrufidagi binolarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, qurish hamdabinobilanta’minlashda moliyaviy tomondanko‘maklashish; – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining dolzarb masalalari, davlat organlari, ho‘jalikboshqaruvlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish, rivojlantirishga bag‘ishlangan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlartashkil etishvaishtirok etish; – tuman (shahar)larda ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlashdayordamlarko‘rsatish; – umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hollarda xorijiy korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida qurilish, tibbiy jihozlar va boshqa zaruriy tovarlarni xarid qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid tadbirlarni qo‘llab- quvvatlashvaishtirok etish; – davlatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ma’naviy-madaniy tadbirlar, markaziy ekspozitsion ko‘rgazmalarni tashkil etishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasini rivojlantirishga qartilgan chora- tadbirlarni amalga oshirish; − epidemiya va pandemiyaga qarshi kurashish uni oldini olish aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va yordamlar sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlashularni qo‘llab-quvvatlash; – fondning Ustav faoliyati doirasida respublikadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro, chet el yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va startop biznes loyihalarni ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish, ilm-fan hamda ishlab chiqarish sohalarini qo‘llab-quvvatlashda ishtiroketish. IV bob. Fondning huquqva majburiyatlari 4.1. Fond quyidagi huquqlarga ega: – o‘znomidan shartnomalartuzish, mulkiyvanomulkiy huquqlarga egabo‘lish; – sudda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda o‘z manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, belgilangan tartibda sudda da’vogar hamda javobgar sifatida ishtirok etish; – o‘z mulkiga, mustaqil balansiga, banklarda joriy va valyuta hisob raqamlariga ega bo‘lish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda mazkur Ustavga muvofiq, pul mablag‘lariva mol-mulkdan foydalanish, tasarrufetish; – fuqarolik-huquqiybitimlartuzish; – yuridik va jismoniy shaxslardan xayriyalar, homiylik yordamlari, xorijiy grantlar va boshqa mablag‘larolish; – xayriya faoliyatini amalga oshirish; − Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslardan xayriyalar, homiylik yordamlari, grantlar va boshqa mablag‘lar olish hamda banklarga qo‘yib depozit foizlar olish, xayriya faoliyatini amalga oshirish; – o‘z faoliyatito‘g‘risidagi axborotni erkintarqatish; – belgilangan tartibda o‘zining ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va nashriyot faoliyatini amalga oshirish; – mazkur Ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, o‘quv- uslubiy markazlar hamda axborotresurs markazlarinitashkil etish; – yuridik va jismoniy shaxslarga mazkur Ustavda belgilangan maqsad va vazifalar doirasida axborotva boshqa turdagi xizmatlarniko‘rsatish; – fuqarolar yig‘inlari faoliyatiga oid ma’lumotlar va axborotlarni olish, ularni to‘plash, tahlil qilishva amaliyotda foydalanish; – ko‘rik-tanlovlar, turlimusobaqalarnitashkil etish, g‘oliblarni mukofotlash; – turli ko‘rgazmalarva xayriya hasharlarini o‘tkazish; – mol-mulkni sotib olish, tekin foydalanishga, ijaragaberishva olish; – davlathokimiyativaboshqaruv organlarigabelgilangan tartibdatakliflar kiritish; – Ustavda belgilangan maqsad va vazifalariga erishish bo‘yicha belgilangan tartibdatadbirkorliktuzilmalarinitashkil etish; – tegishli ruxsatnoma (litsenziya) asosida tadbirkorlik va noshrlik faoliyatining ayrimturlari bilan shug‘yllanish; – davlat ekologik dasturlarinibajarishda ishtirok etish; – qonunhujjatlarigamuvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirish. 4.2. Fondning majburiyatlari: – o‘z faoliyatini qonunhujjatlariga va fond Ustavigamuvofiq amalga oshiradi; – fond faoliyatida oshkoralikni ta’minlash va har yili fondning mol-mulkidan foydalanilgani to‘g‘risidagi hisobotlarni e’lon qilish; – o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda davlat soliq xizmatiga, davlat statistika varo‘yxatdan o‘tkazuvchivakolatli organga hisobotnitaqdimetish; – qonunhujjatlaridabelgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritish; – o‘z xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishinita’minlash. − fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 4.3. Fondning respublika boshqaruvi, uning hududiy tuzilmaviy bo‘lim, bo‘linmalari hamda tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalari faqat o‘z majburiyatlari bo‘yichajavob beradi. 4.4. Fond ta’sischilari fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, qonun hujjatlaridabelgilangan hollar bundan mustasno. V bob. Fondning rahbar organlari vatuzilishi Quyidagilar Fondning rahbar organlari hisoblanadi: – Vasiylikkengashi; – Markaziy taftish komissiyasi; − Respublika boshqaruvi. 5.1. Vasiylik kengashi fond faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organi hisoblanadi. 5.2. Vasiylik kengashining a’zolari ta’sischilar tomonidan davlat va nodavlat tashkilotlarning vakillari orasidankamida 20 kishidan iborat tarkibda besh yil muddatga tayinlanadi. Vasiylik kengashiga uning a’zolari orasidan 5 yil muddatga saylangan rais rahbarlik qiladi. 5.3. Vasiylik kengashi yig‘ilishlari Fondning respublika boshqaruvi tomonidan yilda kamida bir marta chaqiriladi. Bu haqda Vasiylik kengashi a’zolari yig‘ilishni o‘tkazishdan kamida o‘n kun oldin xabardor qilinadi. 5.4. Vasiylik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi, zarur hollarda, Vasiylik kengashi a’zolari, Markaziy taftish komissiyasi a’zolari yarmidan ko‘pining yoki Fond ta’sischilarining tashabbusi bilan chaqirilishimumkin. 5.5. Vasiylik kengashi yig‘ilishi uning a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Vasiylik kengashi yig‘ilishining qarori unda hozir bo‘lgan a’zolarning yarmidanko‘pi ovozberganda, qabul qilingan hisoblanadi. 5.6. Vasiylik kengashi yig‘ilishini uning raisi olib boradi. Yig‘ilish bayonnomasini yuritish uchun Vasiylikkengashi a’zolari ichidan kengashkotibi saylanadi. 5.7. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz berishyo‘li orqali qabul qilinadi. 5.8. Vasiylik kengashining har bir yig‘ilishida kotib tomonidan imzolanadigan hamdarais tomonidantasdiqlanadigan bayonnnoma yuritiladi. 5.9. Vasiylik kengashi a’zolari bir paytning o‘zida Fond boshqaruvi va Markaziy taftish komissiyasiga a’zobo‘lishlari mumkin emas. 5.10. Vasiylik kengashining a’zolariga moddiy rag‘batlantirish haqi to‘lanishi va ularning o‘z vazifalarinibajarishlari bilan bog‘liqxarajatlar qoplanishimumkin. Download 71.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling