O’zbekiston “Mahalla” xayriyajamoat
Download 71.46 Kb.
|
uz-ustav-2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fond faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish
- Fondning mol - mulkiva uni shakllantirish manbalari
- Fondning mol - mulkidan foydalanishtartibi
- Fondda hisobga olishva hisobot
- Fondning Ustaviga va fondning hududiy
- Fondning Markaziy taftish komissiyasi Vasiylikkengashining navbatdantashqari yig‘ilishi chaqirilishinitalab etishimumkin;
– Markaziy taftish komissiyasi fondning Vasiylik kengashi qarorlariga, tasdiqlangan jadvalga va qonun hujjatlari hamda mazkur Ustav talablariga muvofiq, o‘z tekshiruvlarini amalga oshiradi. O’tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha fondning Vasiylik kengashiga hisobot beradi. 8.6. Fondning moliyaviy − xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari asosida Markaziy taftish komissiyasi quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosatayyorlaydi: – hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchligiga baho; – buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilgan holatlar to‘g‘risidagima’lumot; – aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek, fond moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar. 8.7. Fond Markaziy taftish komissiyasivakolatlari: - fond Vasiylik kengashi va respublika boshqaruvi qarorlarining bajarilishini tekshirish; – moliyaviy faoliyatning to‘g‘ri yuritilishi, mol-mulkdan maqsadli foydalanilishi, buxgalteriya hisobi yuritilishining to‘g‘riligi, shuningdek fond faoliyatiga oid taqdim etilgan hisobotlarva ma’lumotlarning ishonchliliginitekshirish; – Fondning respublika boshqaruv, uning xududiy bo‘lim, bo‘linmalar tomonidan pul mablag‘laridan Ustav vazifalari, tasdiqlangan daromadlar, harajatlar smetasi, tasdiqlangan taqsimoti, rejasi, loyihalariga asosan maqsadli foydalanishinitekshirish; – zarur hujjatlarni fondning mansabdor shaxslaridan olib qo‘yish, ulardan tegishli tushuntirishlarnitalab etish; – fond Vasiylik kengashi, Respublika boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishnitalab qilish. IX bob. Fond faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish 9.1. Fond, qonun hujjatlariga muvofiq, har yili o‘z faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazadi. 9.2. Auditorliktashkilotini fondning Vasiylikkengashitanlaydi. 9.3. Fondga aloqador shaxslar fond faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga auditor sifatida jalb etilishimumkin emas. 9.4. O’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari fondning Vasiylik kengashiga taqdimetiladi. X bob. Fondning mol-mulkiva uni shakllantirish manbalari 10.1. Muassislar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan fondga o‘tkazilgan pul mablag‘lari, mol-mulki, fond uning bo‘lim, bo‘linmalari hamda tadbirkorliktuzilmalaritomonidan sotib olingan mol-mulklar fondning mulkidir. Fondning o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan va ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moddiy ta’minlash uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlar, turar joylar, inventarlar, asbob-uskunalar, transport, milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, mualliflik huquqlari va o‘zga mol-mulklar Fond ob’ektlariga taaluqli bo‘lishimumkin. 10.2. Fondning mol-mulkini shakllantirishmanbalari: – muassislar tomonidan o‘tkaziladigan pul mablag‘lariva mol-mulklar; – yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriyxayriyalari; – yuridik va jismoniy shaxslar, davlat, xalqaro tashkilotlar, chet el davlatlari tomonidan ajratadigan grantlar; – fondning tadbirkorlik va nashriyotchilik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda); – umumxalq hasharlaridankelibtushadigan pul mablag‘lari; – fond tomonidan o‘tkaziladigan turli madaniy tadbirlardan tushadigan daromadlar; – davlat tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan grantlar, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtmalar; – qonunhujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar; XI bob. Fondning mol-mulkidan foydalanishtartibi 11.1. Fondning pul mablag‘lari va mol-mulklaridan fondning Ustavidabelgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ularning ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. 11.2. Fondning hududiy bo‘limlari hisob raqamlariga kelib tushgan barcha pul mablag‘larining besh foizi Fond respublika boshqaruvi mablag‘lari, shuningdek, Fondning bo‘linmalari hisob raqamlariga tushgan barcha pul mablag‘larning besh foizi Fond bo‘limlarining mablag‘lari hisoblanadi va mazkur pul mablag‘lari ularning hisob raqamlariga o‘tkaziladi. 11.3. Fondning respublika boshqaruvi, hududiy bo‘lim, bo‘linmalari hisob raqamlariga kelib tushganbarchapul mablag‘larining sakson foizi Ustavidabelgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda hamda yigirma foizi ularning ma’muriy xarajatlarini qoplashuchun foydalaniladi. 11.4. Fondning ma’muriy xarajatlari Fond tomonidan hisobot davrida fondni saqlash va boshqarish uchun qilingan barcha xarajatlarni, birinchi navbatda, uning aktivlarini asrash hamda saqlab turish uchun zarur xarajatlarni, fondning o‘z ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun reklamaga sarflagan xarajatlarini, shuningdek qonunhujjatlariga muvofiq fond faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni, to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. 11.5. Fondning hududiy bo‘lim, bo‘linmalari hisob raqamlariga kelib tushgan pul mablag‘larining yetmish besh foizi ularining hisob raqamlarida qoladi va fondning hududiy bo‘lim, bo‘linmalar saqlash harajatlarga hamda Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga shuningdek, tegishli xududidagi fuqarolar yig‘inlarini faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni va xodimlarini bir yilda bir marta to‘lanadigan lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordam ko‘rsatish uchun o‘zlaring qarorlari asosidabelgilangan tartibdaular tomonidan sarflanadi. 11.6. Fondga vauningbo‘lim, bo‘linmalariga homiylik asosida berilgan mol-mulk, buyumlar va kelib tushgan pul mablag‘lar Fondning dalolatnomasi asosida rasmiylashtiriladiva uningbalansigakirim qilinadi. 11.7. Fondning har yilgi ma’muriy xarajatlarning jami summasi, shuningdek, fondning Vasiylik kengashi hamda Markaziy taftish komissiyasi a’zolariga haq to‘lash, ularning o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish fond barchaxarajatlari summasiningyigirma foizidan oshmasligikerak. Mazkur cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lashganisbatan qo‘llanilmaydi. 11.8. Fondning barcha turdagi mol- mulklari mazkur Ustavda belgilangan maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun fondning respublika boshqaruvi qarori asosida qonunhujjatlaridabelgilangan tartibda foydalaniladi. 11.9 Fondning mol-mulki bo‘linmasdir. Fondning hududiy bo‘lim, bo‘linmalari hamda tadbirkorlik tuzilmalari o‘z mol-mulklarini Fondning respublika boshqaruvi qarori asosidatasarrufetadilar. 11.10 Fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning boshqa usuli sifatida foydalanilishi shuningdek, kreditlar berish uchun foydalanilishimumkin emas. XII bob. Fondda hisobga olishva hisobot 12.1. Fond o‘z faoliyati natijalari hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlariga, shuningdek Fondning faoliyatiniro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga hisobottaqdimetadi. 12.2. Fond har yili markaziy ommaviy axborot vositalarida oldingi yildagi o‘z faoliyatito‘g‘risida hisobot e’lon qiladi. XIII bob. Fondning Ustaviga va fondning hududiy Download 71.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling