O’zbekiston mening Vatanim
Download 0.56 Mb.
|
3 sinf tasviriy sanat
: Yasalayotgan aplikatsiyani tugatib kelish.
MRO’TIBO’____________ Sana
Mavzu: “ Kech kuz" mavzusida rasm ishlash. Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilami rasm ishlash malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash. Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish. Rivojlantiruvchi: Badiiy fikr doirasini kengaytirish, tabiatga estetik munosabatni rivojlanhtirish. O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy. Dars jihozi: Rassmolaming "Kuz manzarasi" mavzusidagi asarlarining reproduksiyalari. Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. O’quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish. II. Yangi mavzu bayoni. Atoqli manzarachi rassom O'.Tansiqboyevning "Issiqko'l oqshomi", "Kuz tongi", "Jonajon o'lka", I.Xay-darovning "Oltin kuz", I. Levitanning "Oltin kuz" asarlari asosida dars-likdagi rasm va savollardan foydalangan holda suhbat uyushtiriladi. O'quvchilarning javoblari umumlashtiriladi O'zbekiston xalq rassomi N.G. Karaxan (1909-1970)ning ham manzara janrida samarali ijod qilganligi aytib o'tiladi. U tabiat fonida kishilarni ham tasvirlagan. Bunday asarlariga misol qilib "Ayollar g'allazorda", "G'alla elayotgan ayol", "Nanay yo'li", "Yashnayotgan vodiy", "Oltin siimfoniya", "So'nggi nur" kabi asarlarini keltirish mumkin. a)Darslikda berilgan ikki rasmdagi kuz manzaralari taqqoslanadi: Birinchi rasmda quyoshli, havo ochiq bo'lgan kuz manzarasi, ikkinchisida esa o'sha manzaraning bulutli ko'rinishdagi tasviri beriladi. O'qituvchi tomonidan avval daraxtlarni tasvirlash bosqichlari, so'ngra "Kech kuz" mavzusida rasm ishlash bosqichlari amalga oshiriladi.
4. Atoqli manzarachi rassom O'.Tansiqboyevning qanday asarlarini bilasiz? V. Uyga vazifa: Kuz manzarasini tasvirini tugatub kelish. MRO’TIBO’ ____________ Sana Mavzu: "Toshbaqa bilan chayon" masali asosida rasm ishlash. Maqsad: Ta’limiy: Illustratsiya haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini rivojlantirish, qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish. O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy. Dars jihozi: "Toshbaqa va chayon" masali asosida ishlangan rasmlar, alohida toshbaqa, chayon rasmlari, ularni chizish bosqichlari.
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. O’quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish. II. Yangi mavzu bayoni. O'qituvchi "Toshbaqa va chayon" masalini o'qib (yoki mazmunini so'zlab beradi), o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qiladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida masalning qaysi lavhasi tasvirlangani aniqlab olinadi. Illyustratsiya ishlash bo'yicha mashhur rassomlar haqida ma'lumot beriladi. Ularning asarlaridan namunalar keltiriladi. Sharqning buyuk mussaviri Kamoliddion Behzod (1455-1536) haqida atroflicha ma'lumot beriladi. Mussavir Hirot va Tabrizda ijod qilib, zamondoshlari bo'lgan Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning portpetlarini yaratgan, yoshlarga rassomlik sirlarini o'rgatgan. Behzod -buyuk minatyurachi rassom. U Sa'diyning "Bo'ston", Attorning "Mantiq ut-tayr", Navoiyning "Xamsa" kabi ko'plab asarlarga illustratsiyalar ishlagan. Uning asarlarida tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy ifodalangan. Behzodning shogirdlari rassom an'analarini davom ettirib, uning ijodini butun Sharqqa yoydilar. Behzodning ijodi va merosi san'atshunoslar va rassomlar tomonidan muntazam o'rganib kelinadi. Respublikamizda 1997 yildan Prezident farmoni bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan. Milliy rassomlik va dizayn institutiga Behzod nomi berilgan. IV. Darsni mustahkamlash: 1. Illyustratsiya deganda nimani tushunasiz? 2. Illyustarsiya yo’nalishi bo’yicha ishlaydigan qaysi mashhur rassomlarni bilasiz? 3. Sharqning buyuk mussaviri Kamoliddion Behzod hayot va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 4. Respublikamizda 1997 yildan Prezident farmoni bilan Kamoliddin Behzodga qanday mukofot beriladi? V. Uyga vazifa: Yo'lsimon naqsh rasmini tugatib yangi naqshlarni chizish.
Sana.
Mavzu; “Bo’ri bilan tulki” ertagi asosida rasm ishlash. Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini o'stirish Tarbiyaviy: Go’zallikni ko’ra olishni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi:Haykaltaroshlikda qo'llaniladigan material va asboblar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; Badiiy fikr doirasini kengaytirish; Haykaltaroshlik asarlarini o'qishga o'rgatish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni. O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda Nasriddin Afandi va uning o'ziga xos latifalari haqida darslikda va o'qituvchi tomonidan darsga keltirilgan rasmlar, haykallar asosida suhbat uyushtiradi. O'qituvchi avval Nasriddin Afandi va uning eshagiga doir
Afandi eshak minib ketayapti. Afandi eshagini kitob o'qishga o'rgatayapti. Afandi podshoni mot qilayapti h. k. Kompozitsiyaning mazmuni va detallari, ulaming holatlari aniqlashtiriladi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar Nasriddin Afandi va uning eshagi
MRO’TIBO’---------------------------------------------- SANA. Mavzu: Nazorat ishi -2 . "Koinotga sayohat" mavzusida rasm ishlash Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi Badiiy bilim doirasini kengaytirish rasm chizish malakalarini rivojlantirish. Darsning jihozlamshi:"Koinot" mavzusida o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar, shu mavzudagi rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarning reproduksiyalari. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda darslikda berilgan savollar yordamida savol-javob uyushtiradi. "Koinotga sayohat" mavzusidagi ishlar bilan tanishtiradi. Raketalarning ilmiy maqsadlarda haqida ma'lumotlarga ega bo'lish, bu o'rinda kosmonavtlaming ham o'ziga yarasha vazifalari borligi xususida so'zlab beriladi. O'qituvchi o'quvchilarga darslikda berilgan raketa va fazogir (kosmonavt) rasmlarining tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari haqida ma'lumot beradi. O'quvchilardan "Koinotga sayohat" mavzusida rassomlar tomonidan ishlangan suratlami kuzatish tavsiya etiladi. So'ngra ular tahlil etiladi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar raketa va kosmonavt rasmlarini oldin alohida-alohida xomaki tarzda chizadilar. So'ng "Koinotga sayohat" mavzusida rangtasvir kompozitsiyasini ishlaydilar.
Darsga yakun yasash: O'qituvchi o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlami birma-bir ko'rib chiqadi,ulardan yaxshi va qoniqarsiz ishlanganlarini namoyish etadi va ulami baholaydi. Kamchiligi bor rasmlarni esa qanday qilib tuzatish mumkinligi yuzasidan ko'rsatmalar beradi. V.Uyga vazifa: Chizish ishlarini yakunlsh. MRO’TIBO’----------------------------------
SANA.
Mavzu: "O'lkamizda qish" mavzusida rasm ishlash Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni , emotsiyonal-estetik sezgirlikni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi O’quvchilarning rasm chizish malakalarini rivojlantirish.
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni. Darslikdagi hikoya, rasmlar va savollar asosida o'quvchilar bilan qish fasli haqida suhbat uyushtiriladi. U tabiatga uyushtirilgan sayohat davomida, shuningdek darsda amalga oshiriladi. Tabiatga sayohat bir kun avval darsdan so'ng o'tkazilishi mumkin. Suhbatda qishning o'ziga xos jihatlari, bu fasldagi bolalarning asosiy o'yinlari haqida ham gapiriladi. O'lkamizda qishlab qolgan qushlar pana joysiz va qor tagidan ozuqa topishga qiynalishini inobatga olib daraxtlarga inlar o'matish, ularga don berish kabi ishlarda o'quvchilar ham qatnashishi ta'kidlanadi. Darslikda berilgan she'r o'qiladi. Undagi uch rasmdan qaysi biri bu she'r mazmuniga to'gri kelishi so'raladi. Javoblar tahlil qilinadi. So'ng "O'lkamizda qish" mavzusidagi kichik hikoya o'qiladi. Shu asosda rasm ishlash tavsiya etiladi. O'quvchilar rasm ishlashga kirishishidan oldin, ular qanday kompozitsiya yaratmoqchi bo'layotganliklari so'raladi. O'quvchilar o'zlari tasvirlamoqchi bo'lgan qish manzarasini so'z bilan ifodalab beradilar. Chiroyli qish.Qor yog'moqda.Qishda bolalar qorbobo yasashmoqda. Qishda bolalar chana uchishmoqda va h. k. O'qituvchi bolalarga kompozitsiya bo'yicha ko'rsatmalar beradi. O'qituvchi suhbat yakunida umumlashtirilgan javoblar asosida har bir o'quvchi o'z xohishiga ko'ra yuqorida qayd qilingan mazmunlardan biri bo'yicha "O'Ikamizda qish" mavzusi yuzasidan rasm ishlashi mumkin, deb ko'rsatmalar beradi. Ko'k (zangori) rangning turli tuslarini topish o'rgatiladi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar "O'lkamizda qish" mavzusida rasm ishlashga kirishadilar. O'qituvchi bolalar ishlarini kuzatib yuradi.Ularga ish yuzasidan maslahatlar va amaliy yordam beradi.
MRO’TIBO’--------------------------------- SANA. Mavzu: "Qishki o'yinlar" mavzusida rasm ishlash. Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni ,o’ziga bo’lgan ishonchni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilaming narsalaming shakli, rangi, ularning tuzilishi haqida tushunchalarini rivojlantirish. Darsning jihozlamshi:"Qishki o’yinlar" mavzusida o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar, shu mavzudagi rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarning reproduksiyalari. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni. O'qituvchi o'quvchilar bilan savol-javob orqali qish faslida ro'y beradigan tabiatdagi o'zgarishlar, o'quvchilaming qishgi ta'tilda nimalar bilan shug'ullanishlari, qish fasliga xos o'yinlar haqida suhbat uyushtiradi. O'quvchilarning javoblari umumlashtirib boriladi. Qish o'yinlaridan chana uchish, qorbo'ron, chang'i uchish, qorbobo yasash, konki uchish kabi turlaridan boshqa yana qandaylari borligi so'raladi. Darslikda berilgan rasm asosida hikoya tuzish topshiriladi.Darslikda berilgan qorbobo yasash tartibi tushuntiriladi. O'quvchilar tuzgan hikoyalari, tasavvurlari va fantaziyalari asosida rasm ishlashlari lozimligi aytib o'tiladi. O'qituvchi o'quvchilardan o'zlari ishlaydigan rasmlarida qishki o'yinlardan aynan qaysilarini aks ettirmoqchi bo'layotganliklari aniqlanadi. Ularga bu borada rasm kompozitsiyasi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. III.Amaliy mashg'ulot: Darsda o'quvchilar o'zlari tanlagan qishki o'yinlardan birini tasvirlaydilar. Bunda ular darslikdagi rasmlardan ijodiy foydalanadilar.
SANA.
Mavzu: Me’moriy naqsh ishlash. Maqsad:
Ta’limiy:O’quvchilarni me’moriy naqshlarning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni ,o’ziga bo’lgan ishonchni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Ko’z xotirasi va kuzatuvchanlikni takomillashtirish.
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni. : O’zbekiston tarixiy obidalarga boyligi bilan jahonga mashhur. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Xiva shaharlari jahonga aynan o’zining me’moriy yodgorliklari bilan dong taratganligi aytib o’tiladi. O’lkamizda qadimiy obidalmi kelajak avlod va insoniyat uchun saqlab qolish maqsadida ularni tiklash va ta’mirlash borasida ko’plab ezgu ishlar malgam oshirilmoqda. Darslikda berilgan Samarqand shahrining markaziga qurilgan Registon me’moriy ansambli – Ulug’bek (1417-1420), Sherdor (1619-1636) va Tillaqori (1646-47-1859-60) madrasalaridan tashkil topganligi aytib o’tiladi. Tarixiy obidalar bilan birgalikda zamonaviy inshootlar xususida ham to’xtab o’tiladi. O’quvchilar tarixiy obidalar me’morchiligi bilan ham qisqacha tanishtiriladi. Bunda minoralar, gumbazlar haqida ma’lumot beriladi. Tasviriy san’atning tarixiy janri haqida so’z yuritiladi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, mahobatli rangtasvir ustasi, rassom Alisher Aliqulov (1966) haqida ma’lumot beriladi. Uning “Amir Temurning To’xtamish ustidan g’alabasi”, “Samarqand bozori”, “Xalq qo’zg’alonlari”, “Amir Temur jahon tarixida” asarlari Temuriylar Davlat muzeyi uchun ishlangan. A.Aliqulov boshchiligidagi guruh O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida “Xalq qo’zg’olonlari va jadidchilik harakati” nomli keng qamrovli va serma’no devoriy suratlar yaratdi. U yosh tomoshabinlar teatri, Alpomish sport saroyi, Toshkent shahar hokimiyati, Olimpiya shon-shuhrati kabi qator muzeylarning foyelarini o’z asarlari bilan bezatgan. Rassom O’zbekiiston, Fransiya, Ozarbayjon, Amerika, Misr, Qirg’iziston, Avstriya, Turkiya, Belgiya va boshqa davlatlarda o’tkazilgan ko’rgazmalarning faol ishtirokchisi hisoblanadi. Darslikda berilgan me’moriy obidalar peshtoqiga ishlangan koshin naqshlari o’rganiladi. Ulaming tuzilishi, bezak gullari va ranglariga alohida e’tibor beriladi. III.Amaliy mashg’ulot: O’quvchilar koshin naqshlaridan birortasidan nusxa olib o’z daftarlariga chizadilar va bo’yaydilar. IV.Darsga yakun yasash: Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o’quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. Ulaming ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling