O’zbekiston mening Vatanim
Download 0.56 Mb.
|
3 sinf tasviriy sanat
- Bu sahifa navigatsiya:
- -------------- SANA.
’-----------------------
SANA. Mavzu: "Hayvonot bog'ida" mavzusida rasm ishlash. Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni , hayvonot olamiga mehr-muhabbatni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Rasm ishlash malakalarini takomillashtirish. Darsning jihozlanishi: : Hayvonlar aks ettirilgan xomaki ishlar, animalizm janrida ishlangan surat nusxalari. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni. : Mazkur darsda o'quvchilarning hayvonot bog'ida yoki televizor orqali ko'rganlari, darslikda berilgan hayvonlar rasmlarini kuzatish orqali suhbat uyushtiriladi. O'zbekiston hududida mavjud bo'lgan hayvonlar, darslikda berilgan rasmlar, o'qituvchi tomonidan darsga keltirilgan hayvon rasmlari, slaydlari va suratlarini kuzatish orqali suhbat o'tkaziladi. Hayvonlar rasmini chizishdan avval ularning tana qismlarining tuzilishi, shakli va o'lchovlarini diqqat bilan kuzatish zarurligi ta'kidlanadi. O'qituvchi o'quvchilami darslikda berilgan fil, ot, baliq rasmlarini chizish bosqichlari bilan tanishtiradi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravlishda "Hayvonot bog'ida" rasmini ishlaydilar. Hayvon rasmini ishlayotganingizda uning tanasi qanday qismlardan tuzilganligini va bu qismlar qanday shaklga ega ekanligini aniqlash lozim. IV.Darsga yakun yasash: Darsda o'tilganlami mustahkamlash maqsadida darslikda berilgan savol va topshiriqlardan foydalaniladi. Rasmda qaysi hayvon o'lchami noto'g'ri olinganligi aniqlanadi. Yurtimiz hayvonot dunyosiga qaysi hayvonlar mansubligi o'rganiladi. Dars davomida berilgan vazifani yaxshi bajargan o'quvchilaming ishlari tahlil qilinib, baholanadi. MRO’TIBO’---------------------------
SANA.
Mavzu: "Men sevgan multfilm" mavzusida rasm ishlash. Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni , hayvonot olamiga mehr-muhabbatni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Rasm ishlash malakalarini takomillashtirish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni : O'qituvchi darslikda berilgan qator multfilmlar mazmuniga ishlangan rasmlarni o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qiladi. Tahlil jarayonida multfilm qahramonlari haqida, o'quvchi-larga qaysi qahramonlar ko'proq yoqishi xususida suhbat uyushtiriladi. Ayrim multfilmlaming mazmuni savol-javob yordamida bolalar yodiga tushiriladi. Multfilm qahramonlarini o'quvchilar qanday tasvirlashni xohlashlari haqida gapirib berishlari uchun savollar bilan ularga muro-jaat qilinadi.O'qituvchi o'quvchilarga multfilmlar yaratishda rassomlarning hissasi juda katta ekanligini tushuntiradi. Multfilm qahramonlarining harakatlanishi ko'plab rasmlar yordamida amalga oshirilishi darslik-dagi rasmlar asosida o'rgatiladi. Odam harakatini tasvirlash uchun darslikda ko'rsatilganidek katakchali qog'oz bo'lakchalari kesib oli-nadi. Bu bo'lakchalardan odamning turli harakat holatlari tuziladi. Ular rasmga tushirilib, kadrlar ketma-ket tez otkazilganda odamharakatlanayotgandek ko'rinadi. Xuddi shu yo'l bilan multfilm qahramonlari ham harakatlantiriladi.O'qituvchi o'quvchilarga multfilm qahramonlarining yuz tuzilishini tasvirlashni darslikda berilgan bosqichlar asosida o'rgatadi. O'quv-chilar birorta multfilm qahramonini yuz tuzilishining xomaki rasmini chizadilar va uni sharhlaydilar. Rasmda multfilm qahramonining qaysi holati tasvirlanganini tushuntirib beradilar.So'ngra "Men sevgan multfilm" mavzusida rasm ishlash yuzasidan ko'rsatma beriladi. III.Amaliy mashg'ulot:O'quvchilar o'zlari hohlagan multfilm asosida rasm ishlaydilar. O'qituvchi esa ularga maslahat va amaliy yordam ko'rsatadi. IV. Darsga yakun yasash: Mavzu darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilaming ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO’---------------------------- SANA.
Mavzu: “Non va mevalar “ natyurmort ishlash. Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni , Go’zallikni ko’ra olishni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Rasm ishlash malakalarini takomillashtirish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni : Rassomlar tomonidan ishlangan natyurmortlami o'quvchilar tomonidan emotsional-estetik jihatdan idrok etishlari, uning mazmuni, rassomning g'oyasi, asar kompozitsiyasi, uning badiiy saviyasi haqida savol-javob uyushtiriladi. Bunda ular e'tiborini natura rasmini qog'oz yuzasida to'g'ri joylashtirishga ham qaratishi lozim. Shuningdek, natyurmort ishlashning "10 savol" usuli tushuntiriladi. O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda avval sinfda chizish uchun qo'yilgan natyurmortni savollar yordamida sinchiklab kuzatadilar. O'quvchilarga tasvirni qog'ozga to'g'ri joylashtirish, qalamda xomaki rasm ishlash, uni bo'yash haqida ko'rsatmalar beriladi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda o'qituvchi tomonidan sinfda o'rnatilgan olma, nok, ko'za va matodan iborat natyurmortni ishlaydilar. Qiynalgan o`quvchilarga yordam beriladi. IV. Darsga yakun yasash: Darsda o'tilgan materiallar darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO’---------------------- SANA
Mavzu: "Laylak va tulki" ertagi asosida haykal ishlash Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: O'quvchilami axloqiy-estetik ruhda tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Rasm ishlash malakalarini takomillashtirish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni : "Laylak va tulki" ertagidan parcha o'qish orqali undagi eng qiziqarli onlar aniqlanadi. Tulki bilan turnaning uchrashib qolishlari, tulkining laylak uyiga mehmon bo'lib borgani, laylakning tulki uyiga mehmon bo'lib borgani va h. k. Ertakda tasvirlangan laylak va tulkini tasavvur qilish uchun o'quvchilarga ulaming rasmlari namoyish etilib, atroflicha (tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari) tahlil etiladi. Tavsiya etilayotgan rasmlarda tasvirlangan hayvon va qushlaming tuzilishi, shakllari, ranglariga e'tibor berish kerakligi tushuntiriladi. O'qituvchi tulki va laylak haykalini yasashni darslikda berilgan yo'riq asosida o'rgatadi. Bundan tashqari ular ovqatlanadigan idishlarni yasash yuzasidan o'qituvchi tomonidan yo'l-yo'riqlar beriladi. O'qutuvchi ertakning qaysi lavhasi(on)ni ishlashni rejalashtirganliklarini ayrim o'quvchilardan so'raydi. Shu masalada maslahatlar beradi. "Laylak va tulki" ertagi asosida haykallar kompozitsiyasini ishlashga ruhsat beriladi. Haykallarni alohida-alohida bosqichlar asosida bajarish lozimligi qayd qilinadi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravlishda avval tulki va laylak haykalini, so'ngra ko'za va laganni yasaydilar va shu asosda o'zlari o'ylagan kompozitsiyani ishlaydilar. IV. Darsga yakun yasash: Darsda o'tilgan materiallar darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bu ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO’_________________ SANA. Mavzu: Bug'doy va paxta rasmini ishlash Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: O'quvchilami axloqiy-estetik ruhda tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Narsalaming tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlash ko'nikmalarini o'stirish. Darsning jihozlanishi: Paxta chanog'i, bug'doy boshog'i va ularning rasmini ishlash bosqichlari, rassomlarning o'simliklar dunyosi aks ettirilgan asarlarining reproduksiyalari, rasmlari. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni : O'zbekiston hududida yetishtiriladigan paxta va bug'doy haqida darslikda berilgan rasmlar asosida suhbat uyushtiriladi. Paxta va bug'doyning ahamiyati haqida ham to'xtalib o'tiladi. Ulaming tuzilishi, shakllari, ranglari, o'lchovlariga o'quvchilar e'tibori qaratiladi. O'qituvchi o'quvchilarga paxta chanog'i va bug'doy boshog'i rasmlarini ishlash tartibini darslikda berilgan bosqichlar asosida tanishtiradi. Paxta chanog'i va bug'doy boshog'i xomaki rasmini ulaming asliga qarab chizish lozimligi uqtiriladi.
O'quvchilar o'simliklar rasmini darslikda ko'rsatilgan bosqichlar asosida mustaqil ishlaydilar.Ishlash davomida bug’doy yoki paxta haqida yod olgan she’rlaridan aytib beradilar. IV.Darsga yakun yasash: Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO’--------------------------
SANA.
Mavzu: Nazorat ishi -3"O'lkamizda bahor"mavzusida rasm ishlash. Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: O'quvchilami tabiatni sevish unga nisbatan mehrni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Narsalaming tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlash ko'nikmalarini o'stirish.
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni : Darslikdagi gullayotgan bog', tog' ko'rinishlari savol-javob orqali o'rganiladi. Dastlab tabiat qo'yniga sayohat uyushtirilib, uning nafosatga boy ko'rinishlari kuzatilib o'rganilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bahor fasli, uning darakchilari, bahordagi tabiatning ko'rinishlari, undagi ranglarning o'ziga xosligi haqida, rassomlar ijodida bahor manzarasini tasvirlash keng tus olganligi haqida suhbat davom ettiriladi.O'zbekiston Badiiy Akademiyasining Akademigi, O'zbekiston xalq rassomi, professor Qutlug' Basharov haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Q. Basharov rassomchilik san'atining barcha janrlarida o'z mahoratini namoyon qilgan. Uning manzara, portret, natyurmort va tarixiy asarlarida milliy ruh yaqqol sezilib turadi. Q. Basharovning manzara janridagi "Bahor", "Baxt" rasmlari, "Buxoro manzaralari", "Buxoro oqshomlari", "Teraklar" homli asarlari mashhurdir. Ular nafaqat respublikamiz muzeylarida, balki chet ellarda muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarida ham bor. O'qituvchi o'quvchilarga darslikda berilgan gullayotgan olmashoxi rasmini ishlash bosqichlarini tushuntiradi. So'ngra "O'lkamizda bahor" mavzusida xomaki rasmni ishlash topshiriladi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar avval gullayotgan olma shoxiga qarab xomaki rasm ishlaydilar, so'ngra "O'lkamizda bahor" rasmini chizadilar. Agar havo ochiq bo'lsa, darsni tabiat qo'ynida o'tkazgan ma'qul. IV.Darsga yakun yasash: Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bu ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO’----------------------- SANA. Mavzu: "Navro'z bayrami" tabriknomasini ishlash Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning o'zbek va sharq xalqlarining milliy an'analari haqi-dagi tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish. Tarbiyaviy: O'quvchilami tabiatni sevish unga nisbatan mehrni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Narsalaming tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlash ko'nikmalarini o'stirish. Darsning jihozlanishi: Rassomlarning Navro'zga bag'ishlangan dekorativ ishlarining reproduksiyalari, bezak uchun turli materiallar, Navro'z tabriknomalari. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni : Navro'z bayrami haqida darslikdagi rasmlar va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi. O'quvchilar Navro'z bayrami haqida rassomlar ishlagan asarlar bilan tanishtiriladi. O'qituvchi o'quvchilarga "Navro'z bayrami" tabriknomasini ishlash bosqichlarini darslik orqali tushuntiradi. Namuna asosida tabriknoma doskada xomaki chizib ko'rsatiladi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda "Navro'zingiz muborak bo'lsin!" tabriknomasini ishlaydilar. O'qituvchi ularga amaliy yordam va maslahatlar berib boradi.
Darsda o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bu ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO’------------------------------------------------- SANA.
Mavzu: Doira ichida naqsh ishlash. Maqsad:
Ta’limiy: Doira shaklidagi naqshlar va ulaming o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish; Tarbiyaviy: O'quvchilami tabiatni sevish unga nisbatan mehrni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Narsalaming tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlash ko'nikmalarini o'stirish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni :Kulolchilik buyumlarining yaratilishi haqida suhbat yushtiriladi. Unda asosiy e'tibor kulolchilik mashg'ulotlaridagi naqsh gullariga qaratiladi. Bunda naqshning eng yirik guli laganning ichiga turlicha kompozitsiyada joylashtiriladi.Mazkur darsda ko'proq doiraviy naqshlarga e'tibor qaratiladi. Laganlarga ishlangan naqsh namunalari, ularga ishlangan bezak gullari, naqqoshlik ustalari va ularning ishlari asosida suhbat davom ettiriladi. Naqshlarda ko'p uchraydigan bezak gullari (barg, shoxbarg, bodom, bofta, garimdori, marg'ula, uchbarg, ko'p barg, lolagul, oygul, paxtagul) haqida ma'lumot beriladi.Naqqosh, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi usta Anvar llhomov haqida ma'lumot beriladi. U zamonaviy binolarni an'anaviy naqshlar bilan bezashda kulollik buyumlari, naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi uyg'unligiga erishdi. Toshkentdagi "Istiqlol" saroyining katta zali, To'qimachilar madaniyat saroyi, Sirdaryo teatri, "Turkiston" saroyi, Temyriylar tarixi davlat myzeyi, Imom Buxoriy va Ahmad Farg'oniy majmuasiga kirgan binolarni bezadi.O'quvchilarga darslikda berilishi bo'yicha doiraviy naqshlar ishlash bosqichlari: naqsh shakli va sxemalari, bezak gullarini chizish, bo'yash yuzasidan tegishli ko'rsatmalar beriladi. Berilgan naqsh sxemasi va bezak gullari bo'yicha doiraviy naqsh ishlash topshiriladi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda berilgan naqsh sxemasi va bezak gullaridan foydalanib ijodiy ravishda doiraviy naqsh ishlaydilar. IV.Darsga yakun yasash: O'quvchilarning ishlaridan eng xarakterlilari, ifodali va talablar darajasida ishlanganlari tanlab olinadi,hamda ular tahlil qilinadi. Ular qabul qilingan mezonlar asosida baholanadi va darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO’------------------- SANA. Mavzu: “Lagan” ishlash. Maqsad: Ta’limiy: Kulol ustalar haqida elementar tushunchalar berish; Tarbiyaviy: O'quvchilami tabiatni sevish unga nisbatan mehrni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Loy, stek, qo'l bilan haykal ishlash malakalarini rivojlantirish; Darsning jihozlanishi: O’quvchilar uchun tayyorlab qo’yilgan laganlar, patnis, tovoq, ularning rasmlari. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni Darsni kulolchilik haqidagi suhbat bilan boshlash maqsadga muvofiq. Suhbat orqali o'quvchilars opol laganlarning o'ziga xos jihatlari, ularni yasash texnologiyasi haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Misol uchun, loydan idish yasash texnologiyasining vujudga kelishi, ustalarning naqshlaridagi sir va ramzlar, kulolchilik charxining qadimda ham, hozirgi kunda ham qo'llanib kelayotganligini aytib o'tiladi. O'zbekistonda kulolchilik maktabilari keng rivoj topgan. Ularning asosiylari Rishton, G'urumsaroy, Samarqand, Urgut, G'ijduvon, Shaxrisabz, Toshkent, Xorazm hisoblanadi. O'zbekistonda ustalardan A. Xazratqulov, T. Miraliyev, M. Siddiq, M. Raximov, R. Matchanov, U. Jo'raqulov, M. Ismailov, M. Turopovlar shuhrat qozonganlar. Kulolchilikda tayorlanadigan asosiy mahsulotlar bu - sopol idish va haykal-lar, terrakota (kuydirilgan qizg'ish-jiggar rang gil), fayans (ganch aralash loy), chinni buyumlar, mayolika (sirlangan sopol) hisoblanishi haqida ma'lumot beriladi.O'qituvchi o'quvchilarga loydan sopol buyum yasash yo'llarini darslik bo'yicha tushuntiradi. Uni maxsus loydan tayyorlanishi, loyga shakl berilishi, tandirda quritilishi va unga rang va bezak berilishi haqida gapiriladi. III.Amaliy mashg'ulot: Ma'lumki loydan biror ro'zg'or buyumini yasash uchun oldin uning tuzilishi va shaklini belgilab oladilar. So'ngra u asosida loydan lagan yasashga kirishadilar. O'quvchilar yasalgan laganni uyda quritib keladilar. Ikkinchi darsda lagan naqshlar bilan bezatiladi. IV.Darsga yakun yasash:Dars davomida bajarilgan ishlar tahlil qilinadi, kamchiliklar ko'rsatiladi. Bajarilgan ishlar baholanadi. MRO’TIBO’----------------------------------------------- SANA. Mavzu: Nazorat ishi -4 . "Oqshom" mavzusida rasm ishlash . Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning milliy an'analari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish. Tarbiyaviy: O'quvchilami tabiatni sevish unga nisbatan mehrni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Narsalaming tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari, o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlash ko'nikmalarini o'stirish. Darsning jihozlanishi: Mavzuga oid rassomlartomonidan ishlangan san'at asarlarining reproduksiyalari, parallel sinf o'quvchilarining mavzu yuzasidan ishlagan rasmlari, "Ranglar va ulaming nomlari" plakati. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni : Darslikda berilgan rasmdagi kunduzgi oftobli ko'rinish va quyosh botayotgandagi tabiat manzarasi ko'rinishi savollar asosida tahlil qilinadi. O'quvchilarning atrof-muhitdagi, borliqdagi rang-tuslaming boyligi va xilma-xilligi haqidagi tushunchalari boyitiladi. Ranglarning inson his-tuyg'ulariga, kayfiyatiga ta'sir etishi yuzasidan ham ma'lumotlar beriladi. Shu o'rinda "Kecha va kunduz", "lliq va sovuq" deb nomlangan rasmlar tahlil qilinadi. Ranglar xarakteriga ko'ra ikkiga - iliq va sovuq turlarga bo'linadi. Birinchi turga - qizil rang va uning bir necha tuslari: to'q qizil, och qizil, qirmizi, lola rang, gulobi, zarg'aldoq; sariq rang va uning tuslari: och sariq, to'q sariq, malla va hokazo. Sovuq ranglarga - ko'kish-yashil, zangori, havo rang, barikaram va hokazolar kiradi. Shu o'rinda darslikda berilgan ranglar va ulaming nomlari qaytariladi. Har bir rangga mos narsalarni topish so'raladi.Darslikda berilgan savol va topshiriqlar yordamida rasmlar kuzatilib hikoya tuziladi va nima uchun aynan shu ranglardan foydalanilganligi tahlil qilinadi.O'qituvchi dars davomida ishlanadigan "Oqshom" mavzusidagi rasm ishlashda nimalarga e'tibor qaratilishi, qaysi ranglardan ko'proq foydalanish lozimligi yuzasidan ko'rsatmalar beradi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar qizil bo'yoq tarkibiga suvni oz yoki ko'proq qo'shish orqali rang tuslarini hosil qilish, uning to'qdan och ko'rinishgacha bo'lgan bir talay tuslarini hosil qilish ustida mashqlami bajaradilar. Shundan so'ng, "Oqshom" mavzusida rasmni ishlashga kirishadilar. IV.Darsga yakun yasash: Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. MRO’TIBO’------------------------------- SANA. Mavzu: "Sirk tomoshasi" mavzusida haykal ishlash . Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni , hayvonot olamiga mehr-muhabbatni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Haykal ishlash malakalarini takomillashtirish. Darsning jihozlanishi: Odamlar va hayvonlarning haykalchalari, ulaming fotolari, rasmlar va o'yinchoqlar, sirk mavzusidagi rasmlar. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni. : Yangi mavzuning bayonini darslikdagi berilgan sirk tomoshasi va savollar yordamida boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o'quvchilarning sirk tomoshalariga qiziqishlari, ular-ga aynan qaysi tomoshalar yoqishi, sirkdagi hayvon o'rgatuvchi va hayvonlar, masxarabozlar, gimnastlar, chavandozlar haqidagi fikrlari so'raladi. O'quvchilarga sirkda ishtirok etadigan hayvonlardan qaysi-larini plastilindan yoki loydan haykalini ishlashni xohlashlari so'raladi. O'qutuvchi bolalardan "Sirk tomoshasi" mavzusida kirn qanday ko'rinishdagi haykallar ishlashni rejalashtirayotganliklari so'raladi. O'quvchilardan ayrimlarining javoblari tinglanadi. Ularga o'z ishlari yuzasidan maslahatlar beriladi. O'qituvchi misol tariqasida avval hayvon o'rgatuvchi va yo'lbars haykallarini yasashni darslikda berilgan bosqichlar asosida tushuntiradi. Haykal bo'laklari yasab bo'lingach "Sirk tomoshasi" nomli kompozitsiya yasash mumkinligi aytiladi. III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar o'z xohishlariga ko'ra tanlagan ko'rinishlari asosida alohida-alohida haykal yasaydilar. So'ngra "Sirk tomoshasi" nomli haykaltaroshlik kompozitsiyasini tuzishga kirishadilar IV. Darsga yakun yasash: O'tilgan materiallami darslikda berilgan savollar yordamida mustahkamlanadi. O'quvchilar tomonidan bajarilgan eng yahshi va eng xarakterli kompozitsiyalar namoyish etiladi, tahlil qilinadi. Bu ishlar ma'lum mezonlar asosida baholanadi. MRO’TIBO’------------------------
Mavzu: O'lkamiz tabiati. Ko’rgazma Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish . Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni , hayvonot olamiga mehr-muhabbatni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Rasm chizish malakalarini takomillashtirish. Darsning jihozlanishi: Odamlar va hayvonlarning haykalchalari, ulaming fotolari, rasmlar va o'yinchoqlar, sirk mavzusidagi rasmlar. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash. 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash. II.Yangi mavzu bayoni. : O’quvchilarga bir nechta rasm ko’rsftiladi. O’quvchilar ularni har birini sinchiklab kuzatadilar.Haqiqatdan ham o’lkamiz tzbiati juda go’zal ekanligiga amin bo’lasiz. Uning chiroyini shoirlar she’rlarda ifodalaydilar,hofizlarashulaga soladilar,rassomlar rang-barang bo’yoqlari yordamida tasvirlaydilar. Qadrli o’quvchilar, yil yakunida o’lkamiz tabiati haqida rasm ishlab ko’ringchi. Uni bajarish uchun 3-sinf davomida “Tasviriy san’at” darsida olgan barcha bilim , mahoratingizni ishga soling. III.Amaliy mashg’ulot.O’quvchilar uchun oldindan tayyorlab qo’yilgan “O’lkamiz tabiati “ mavzusiga ishlahgan asarlar namumasi doska ilib qo’yiladi O’quvchilar ulardan birini sinchiklab o’rganib chiqadilar va rasm chizishni boshlaydilar. IV.Darsga yakun yasash. O’quvchilar sinfda boshlagan ishlarini uyda yakinlab keladilar.MRO’TIBO’__--------------- Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling