O’zbekiston mening Vatanim


Download 0.56 Mb.
bet1/3
Sana30.05.2020
Hajmi0.56 Mb.
#112030
  1   2   3
Bog'liq
3 sinf tasviriy sanat


Aim.Uz

Sana

Mavzu: “O’zbekiston - mening Vatanim” mavzusida rasm ishlash.

Maqsad:

Ta’limiy: Badiiy faikr ifodasini kengaytirish, Kuzatuvchanlik va ko’z xotirasini takamillashtirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning Badiiy ijodiy qobiliyatlari, badiiy - estetik didlarini o’stirish, tasviriy malakalarini rivojlantirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, amaliy.

Dars jihozi: rasm daftari, oddiy qora qalam va bo’yoqlar, o’chirg’ich, “Mustaqillik maydoni” mavzysiga doir fotosuratlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Yozgi ta’til vaqtidagi taasurotlari bilan o’rtoqlashish.

III. Yangi mavzu bayoni.

O’qituvchi o’quvchilarga Vatanimiz O’zbekiston Respublikasi ekanligini, Vatanimiz 1991 – yil, 31 – avgustda mustaqillikka erishganini va 1- sentabr – mutaqillik kuni, deb e’lon qilinganligini eslatib o'tadi. O'zbekiston Respublikasi poytaxti -Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida qad rostlagan "Mustaqillik" yodgorligi uni tashkil etuvchi haykallar qanday ma'noni anglatishi haqida quyidagi savollar va darslikda tasvirlangan fotosuratlar asosida suhbat uyushtiriladi:



1. Darslikdagi fotosuratda tasviriy san'atga doir nimalami ko'rayapsiz?

. Rasmdagi haykalda nimalar tasviri ishlangan.



2. Sharning qanday ramziy ma'nosi borligi haqida gapirib bering.
O'zbekiston ramzlaridan gerb ham bu yodgorlikdan o'rin olgan.

Ertangi kunidan xotirjam onalarning Vatan kelajagi bo'lmish farzandlar tarbiyasi bilan mashg'ul ekanliklari tasvirlangan.



  1. O'qituvchi bolalarga Mustaqillik yodgorligining tuzilishi, undagi shakllar, kompozitsiya elementlari yuzasidan ma'lumot beradi. Rasmda tasvirlangan yurtimiz tabiati haqida suhbat tashkil qilinadi.

  2. Amaliy mashg'ulot: "O'zbekiston - mening Vatanim" mavzusida rasm ishlash. Rasmni ishlashda o'quvchilar yaqinda bo'lib o'tgan Mustaqillik bayrami taassurotlaridan foydalanishlari tavsiya etiladi. Shu maqsadda o'quvchilaming bir nechtasidan bayram taassurotlari haqida so'zlab berishi so'raladi.

IV. Darsni mustahkamlash: O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida darslikdagi "Mustaqillik bayramida" rasmi va quyidagi savollardan foydalanish mumkin:

1. Bu rasmda qaysi bayram tasvirlangan?

• Rasmda 1 sentabr - Mustaqillik bayrami tasvirlangan.



2. Bayram, shodlik ko'rinishlari qanday ranglarda tasvirlanadi?

V. Uyga vazifa: "O'zbekiston - mening vatanim" mavzusidagi rasmni tugatish.

MRO’TIBO’____________
Sana

Mavzu: “Yoz – o’tdi soz!” mavzusida rasm ishlash.

Maqsad:

Ta’limiy: Tasviriy san'at asarlarini o'qishga o'rgatish.

Tarbiyaviy: Badiiy-ijodiy faollik va qobiliyatni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Badiiy-estetik did va emotsional sezgirlikni rivojlantirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik.

Dars jihozi: “ Yoz” manzaralari aks etgan rassomlar asrlari. .

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish va baholash.

II. Yangi mavzu bayoni. Yoz fasli va yozgi ta'til, uning o'ziga xos jihatlari haqida darslikdagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilar yoz haqidagi rassomlar asarlarining mazmuni bilan tanishtiriladi, o'quvchilaming yozgi dam olishdagi eng yorqin taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. "Yoz - o'tdi soz" kompozitsiyasi uchun mazmun (on) tanlanadi. Tog', o'rmon, dengiz, shahar va qishloq manzaralarining ko'rinishlari aniq bir mazmunni berib, hayotiy ma'noni anglatsa, bunday asarlar manzara janriga tegishli bo'ladi.Uning tabiat manzarasi, shahar manzarasi, sanoat (industrial) manzarasi turlari bor. Mazkur dars orqali o'qituvchi o'quvchilarga kompozitsiyaning ma'nosini izohlashlariga yordam beradi. Narsalar rangi kuzatuvchidan uzoqlashgan sari xiralashib, ko'kimtir rangga kira borishi haqida ma'lumot beriladi. Kundalik hayotdagi go'zalliklami kashf qilishning shartlaridan biri kompozitsiyadagi qarama-qarshi elementlarning bir-biri bilan mutanosibligidir: Katta va kichik, uzoq.va yaqin, iliq va sovuq ranglar, nur va soya va boshqalar.


  1. O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan tog'lar rasmini chizish bosqichlari, so'ngra yoz rasmini ishlash bosqichlari tushuntiriladi.

  2. Amaliy mashg'ulot: O'qituvchi tomonidan tog'lar rasmini chizish darslikda ko'rsatilgan bosqichlar bo'yicha o'rgatiladi. O'quvchilar mustaqil ravishda tog' manzarasi rasmini ishlaydilar.

IV. Darsni mustahkamlash:

O'tilgan mavzuni takrorlash uchun darslikdagi savollardan foydalanish mumkin:

1. Tog'lar uzoqlashgan sari qanday rangda ko'rinadi?

• Tog'lar uzoqlashgan sari ko'kimtir bo'lib ko'rinadi.



2. Manzaraning qanday turlari bor?

• Manzaraning tabiat, shahar, sanoat manzarasi turlari bor.



3. Asarlarida tabiat manzaralari aks ettirilgan qaysi rassomlarni bilasiz?

• O. Tansiqboyev. N. Karaxan, A. Xaydarov, A. Abduraxmanovlar


asarlarida tabiat manzaralari aks etgan.
V. Uyga vazifa: “Yoz – o’tdi soz!” mavzusida rasmni tugatish.
MRO’TIBO’ ____________
Sana

Mavzu: Atlas matosida ranglar jilosi.

Maqsad:

Ta’limiy: Kuzatuvchanlik va ko'rish xotirasinf mustahkamlash.

Tarbiyaviy: Badiiy-estetik did va emotsional sezgirlikni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni rasm ishlash malakalarini rivojlantirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik.

Dars jihozi: Turli atlas matolar namunalari va ular aks ettirilgan fotosuratlar, rasmlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o’tkazish.

II. Yangi mavzu bayoni. O'quvchilar bilan atrof-muhitdagi,


borliqdagi rang tuslarining boyligi va xilma-xilligi haqida atlas matolar
misolida suhbat uyushtiriladi. Suhbat jarayoinida darslikda berilgan
savollardan foydalanish lozim. Rang - biror narsa, predmetning
xususiyati bo'lib, inson uni ko'zi bilan ko'rib, aqli bilan idrok etadi.

Sizga ma'lumki rassomchilikda uchta asosiy rang bo'lib, ular - qizil, sariq, ko'k. Bu ranglar aralashmasidan boshqa ranglarni hosil qilish mumkin. Ular - yashil, zarg'aldoq, binafsha. Hosil bo'lgan oltita rangni yana o'zaro aralashtirib yana boshqa ranglar hosil qilinadi. Ranglarni aralashtirishning asosiy qoidasi rang halqasidir.Unga ko'ra ranglar hosil qilishning ikki usuli bor. Birinchisi ikki rangni aralashtirib yangi rang yaratish bo'lsa, ikkinchisi bir rangga suv qo'shish orqali yangi rang olishdir. Misol uchun, ko'k (zangori) va qizil ranglarni o'zaro aralashtirsak aniq tusga ega, toza binafsha rang hosil bo'ladi. Biron bo'yoq tarkibiga suvni oz yoki ko'proq qo'shish orqali uning tuslari hosil qilinishi, bunda ranglarning to'qdan och ko'rinishigacha bo'lgan bir talay tuslari hosil bo'lishi ham o'rgatiladi.

a) Nazariy ma'lumot:


  • "Ranglar halqasi" haqida ma'lumot beriladi;

  • Ranglar hosil qilish qoidalari bilan tanishtiriladi;

Akvarelda rasmlar ishlash darslikda keltirilgan ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

  • Mo'yqalamdan foydalanish qoidalari bilan tanishtiriladi;

  • Guashning akvareldan farqi darslikdagi rasm orqali tushuntiriladi;

  • Darslikda keltirilgan atlas bezaklari, akvarelda ishlash bosqichlari bilan o'quvchilar tanishtiriladi. Bunda kamida to'rt xil rangdan foydalanish tavsiya etiladi.

IV. Darsni mustahkamlash:

1.Atlas matosida qanday ranglar ishtirok etadi?



2.Atlas matosidagi ranglar qanday rang turlariga kiradi?

3.Atlas matosining turlarini sanab o’ting?

V. Uyga vazifa: Atlas matosida ranglar jilosi mavzusidagi rasmni nihoyasiga yetkazish.


MRO’TIBO’ ____________
Sana

Mavzu: Yo'lsimon naqsh ishlash.

Maqsad:

Ta’limiy: Badiiy fikr doirasini kengaytirish, bilish faolligini oshirish.

Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik.

Dars jihozi: Yo'lsimon naqsh namunalari.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish.

II. Yangi mavzu bayoni. Darslikdagi milliy naqshlar haqidagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. "Naqsh" -arabcha so'z bo'lib, tasvir, gul degan ma'noni anglatishi, unda o'simliklar, geometrik shakllar, qush, hayvon va boshqalaming ma'lum tartibda takrorlanishi va almashinib kelishidan hosil qilingan bezaklar naqsh deb atalishi o'quvchilar yodiga tushuriladi. O'quvchilarga naqshlardagi sir va ramzlar haqida ham ma'lumot beriladi. Har qanday naqshlarning elementlari tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olinganligi haqida tushuncha beriladi. O'quvchilar naqsh namunalari va naqsh ustalari bilan tanishtiriladi.

O'quvchilarga kontrast ranglar haqida ma'lumot beriladi: ular qizil - yashil, sariq - binafsha, ko'k - zarg'aldoq yonma-yon turganda bu ranglar bir-birini yorqinroq, tiniqroq ko'rsatadi. Ranglaming bunday juftligi to'ldiruvchi yoki kontrast ranglar deyiladi. Darhaqiqat, ular bir-birini to'ldiradi va yorqinligini oshiradi. Inson ko'zi ajratadigan barcha ranglar ikki xil, ya'ni axromatik va xromatik ranglarga bo'linadi. Axromatik

ranglar- oq, kulrang va qora ranglar. Boshqa barcha ranglar esa xromatik ranglarni tashkil qiladi.

O'quvchilar bilan birgalikda darslikda berilgan yo'lsimon naqsh namunalari ishlatilgan bezak gullari aniqlanadi: 1-rasmda - bitta bezak gulli, 2-rasmda - ikki xil rangdagi bitta bezak gulli, 3-rasmda - ikkita bezak gulli naqshlar tasvirlangan.



  • bitta bezak gulli, ikki xil rangdagi bitta bezak gulli, ikkita bezak gulli naqsh namunalarini chizish bosqichlari o'rgatiladi;

  • o'qituvchi tomonidan naqsh namunalarini chizish, unda naqsh asosi (foni) va bezak gullari kontrast ranglarda bo'yalishiga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlanadi. Shu o'rinda'oq, kulrang va qora ranglar-neytral ranglar hisoblanishi, ular asosiy ranglarni kuchaytirishga xizmat qilishi aytib o'tiladi;

IV. Darsni mustahkamlash:

1. Darslikda berilgan yo'lsimon naqshlar qaysi turga tegishli?

2. Naqsh asosi va bezak guli qanday ranglarga bo'yalgani ma'qul?

3. Kontrast ranglarni jufti-jufti bilan aytib bering.

V. Uyga vazifa: Yo'lsimon naqsh rasmini tugatib yangi naqshlarni chizish.

MRO’TIBO’ ____________
Sana

Mavzu: Mevalar rasmini ishlash.

Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilami qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'stirish.

Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish.

Rivojlantiruvchi: Bilish faolliklarini takomillashtirish , emotsionai-estetik sezgirligini rivojlantirish .

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik.

Dars jihozi: Mevalar natyurmorti aks ettirilgan rassomlar asarlarining reproduktsiyalari, slaydlar, rasmlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish.

III. Yangi mavzu bayoni. Kuz ne'matlari haqida darslikdagi rasm­lar va savollar, rassomlaming asarlari yordamida suhbat uyushtiriladi.Natyurmort ("jonsiz tabiat") so'zining ma'nosi bolalar yodiga tushiriladi.Natyurmortda insoniyat hayoitida ishlatiladigan meva va sabzavotlar,gullar, turmushda qo'llaniladigan turli asbob-uskunalardan foydalanilishiham qayd qilinadi. Natyurmort janrida ijod qilgan rassomlardan RahimAhmedov, Laylo Salimjonova, G'. Abdiraxmonov, Yu. Yelizarovlar haqidaqisqacha to'xtalib o'tiladi. Rassom Viktor Ivanovich Ufimsevni "Nastarin","Dala gullari", "Moviy gullar", "Baqlajonlar" kabi ishlaridan ayrimlarigabolalar e'tibori qaratilib, ular o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.O'qituvchi darslikda berilgan rasmlar va savollar asosida o'quvchi­lami darsda bajariladigan ish mazmuni bilan tanishtiradi. Kuzda qanday mevalar, poliz ekinlari va sabzovotlar pishib yetiladf? Kuzda anor, uzum, olma, behi kabi mevalar, poliz ekinlaridan -qovun, tarvuz, qovoq, sabzovotlardan - kartoshka, piyoz, turp, sholg'om, karam, sabzi pishib yetiladi.

a) Darslikda berilgan anor, olma rasmini ishlash bosqichlari ko'rsa-tiladi.

Anor yoki olmaga qarab, uning rasmini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi

b)Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar avval darslikda ko'rsatilgan bosqich asosida mevalar rasmini ishlaydilar. So'ngra bolalar o'qituvchi tomonidan sinfga o'rnatilgan natyurmort rasmini ishlashga kirishadilar.
IV. Darsni mustahkamlash:

1. Darslikdagi B. Ufimsevning natyurmortida nimalar tasvirlangan?

2. Kuzda qanday mevalar, poliz ekinlari va sabzovotlar pishib yetiladf?

3. Mevalarga nimalar kiradi?

4. Sabzavotlarga nimalar kiradi?

V. Uyga vazifa: Yo'lsimon naqsh rasmini tugatib yangi naqshlarni chizish.
MRO’TIBO’ ____________
Sana

Mavzu: Haykaltaroshlik.


Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilarning badiiy fikr darajasini kengaytirish, bilish faoiliklarini takomillashtirish.

Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish.

Rivojlantiruvchi: Qo'l va steklar bilan haykal ishlash malakalarini o'stirish .

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Relyefga doir rasmlar, baliq rasmi yoki uning o'yinchog'i.



. Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish.

II. Yangi mavzu bayoni. Haykallar tosh, marmar, granit, bronza, mis, yog'och, gips va shu kabi materiallardan, o'rganish uchun esa haykallar asosan loy va plastilinlardan yasalishi haqida ma'lumot beriladi. Loydan ko'ra plastilinning afzalligi shundaki, loy qurigach sinuvchan bo'lib qoladi, plastilin esa o'zining egiluvchanligini umuman yo'qotmaydi. Haykallar tasvirlanish uslubiga ko'ra ikki turda: hartomonlama aylanib ko'rishga mo'ljallangan uch o'lchovli, fazoviyjism va relyefli haykallarga bo'linishi aytib o'tiladi. Relyefli haykal esa tekis sathga (devorga yoki biror tekis asosga) bo'rttirib ishlangan haykaldan iborat. Unga misol sifatida 50 so'mlik tangada ishlangan haykalni keltirish mumkin. O'qituvchi tomonidan relyefli haykal ishlash bosqichlari tuchuntiriladi. Buning uchun plastilin yoki loy tekislanib, silliqlab olingach yupqa taxtacha yoki faneraga qo'l bilan bir tekisda yotqiziladi. Uning ustiga baliq shaklini belgilovchi chiziq chiziladi. Stek yordamida tasvir chiziq bo'yicha kesib chiqiladi. Ortiqcha loy yoki plastilin olib tashlanadi, chetlari tekislanadi. Stek bilan baliqning tangachalari, ko'zi va suzgichlari ishlanadi.

a) O'qituvchi tomonidan loy va plastilin bilan ishlash tartibi o'rgatiladi. Yasalishi tavsiya etilayotgan baliq relyefini yasash bosqichlariko'rsatiladi. Stek yordamida shaklga ishlov berish o'rgatiladi.

b) Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda baliq relyefini yasashga kirishadilar.

IV. Darsni mustahkamlash:



1. Haykallar nimalardan yasaladi?

2. Nima uchun plastilin loydan yaxshi?

3. Haykallar qanday uslublarda tasvirlanadi?

Qanday haykal relyef haykal bo’ladi?

V. Uyga vazifa: ishlanayotgan haykalni tugatib kelish.
MRO’TIBO’ ____________

Sana


Mavzu: Nazorat ishi -1 . To'rtburchak naqsh ishlash.
Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilarning badiiy fikr darajasini kengaytirish, bilish faoiliklarini takomillashtirish.

Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish.

Rivojlantiruvchi: Qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini mustahkamlash, Badiiy-estetik didni rivojlantirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: To'rtburchak shakldagi gilam, so'zana, quticha, ro'mol rasmlari.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish.

II. Yangi mavzu bayoni. O'quvchilar bilan naqshlar, ulaming turlari haqida darslikda berilgan rasmlar va savollar asosida suhbat olib boriladi. Naqshlar ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik, yog'och o'ymakorligi, gilamdo'zlik va boshqa bezak turlarida qo'llanilishi aytib o'tiladi. Naqshlar mazmuniga ko'ra o'simliksimon, xandasiy geometrik, gulli girix, ramziy turlarga bo'linadi. O'simliksimon naqsh tabiatdagi o'simlik bargi, buta, daraxt, gul, qush va boshqa narsalaming naqqosh tomonidan stilizatsiya qilinib, ma'lum qonuniyatlar asosida hosil qilinadi.

Gulli girih - o'simlik va xandasiy geometrik naqsh elementlaridan tashkil topadi. Ramziy naqshlarda - kabutar, sher, baliq va boshqa shu kabi narsalar stillizatsiyalanib naqsh elementlaridan tashkil topadi. Ustalar tomonidan tuzilgan mashhur naqshlarga o'ziga xos nomlar qo'yilgan. To'rtburchak naqsh namunalaridan misollar keltiriladi. Naqshning turli bezak gullari haqida ma'lumot beriladi. Bezak gullari va naqsh sxemasiga doir ishlar bajariladi.



  1. O'qituvchi darslikda berilgan teCrtburchak naqsh sxemalarini (tarhlarini) topshiriqning bajarilish yo'llarini o'quvchilarga tushuntiradi, to'rtburchakli naqsh applikatsiyasini yasash yo'llarini o'rgatadi.

  2. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar darslikdagi topshiriqlarni baja-rishga kirishadilar.

IV. Darsni mustahkamlash:

1. Qanday naqsh turlarini bilasiz?

2. Naqshlar ko’proq qanday ishlarda qo’llaniladi?

3. Naqshlar mazmuniga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

4. Gulli girih naqshi nimalardan tashkil topadi?

5. Ramziy naqshlarda asosan nimalar tasvirlanadi?

V. Uyga vazifa: Yo'lsimon naqsh rasmini tugatib yangi naqshlarni chizish.


MRO’TIBO’ ____________
Sana

Mavzu: "Paxta dalasida" mavzusida rasm ishlash.


Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilarning badiiy fikr darajasini kengaytirish, bilish faoiliklarini takomillashtirish.

Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish.

Rivojlantiruvchi: Qo'l va steklar bilan haykal ishlash malakalarini o'stirish .

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: "Paxta dalasida" mavzusida ishlangan rassomlar asarlarining reproduksiyalari, slaydlar.


Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish.

II. Yangi mavzu bayoni. O'qituvchi o'quvchilarga rassomlarning "Paxta dalasida" mavzusidagi ishlari asosida darslikdagi va o'qituvchi tomonidan sinfga namoish qilinadigan rasmlar va savollar yordamida suhbat uyushtiradi. Suhbat darslikdan o'rin olgan O'zbekiston xalq rassomi Zokir Inog'omov (1919-1996) va uning ijodi bilan qisqacha tanishtirish orqali davom ettiriladi. Uning asarlarida qahramonlaming qiyofalari jonli, hayotiy ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Rassomning "Cho'ponning qo'shigi", "Choyga", "Kuz", "Dalada nonushta", "Xirmonda", "Mosh hosili" kabi ko'plab asarlari shular jumlasidandir.



Kompozitsiya va uning elementlariga to'xtalib o'tiladi. Odatda asosiy element tasvirning ikkinchi planida joylanishi uqtiriladi. Bu "Kungaboqar va arilar" rasmi orqali tushuntiriladi.

O'qituvchi o'quvchilarga qanday manzarani chizishlarini avval o'ylab olishlari uchun imkon beradi. "Paxta terimi", "Xirmonda", "Paxta terayotgan qiz", "Mashinada paxta terish", "Paxtani sug'orish". O'quvchilar ishlamoqchi bo'lgan kompozitsiyalarida nima asosiy, nimalar yordamchi yani ikkinchi darajali ekanligini aniqlab olishlari so'raladi. Bir-necha o'quvchidan bu haqida so'ralib, ularning javoblari umumlashtiriladi va ularga rasm chizish yuzasidan ko'rsatmalar berila­di. Nima rasmi qayerda joylanishi va qaysi ranglarni tanlash kabilarga ko'proq e'tibor qaratilishi ta'kidlanadi.



Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar "Paxta dalasida" mavzusida rasm ishlaydilar.

IV. Darsni mustahkamlash:



1. O'zbekiston xalq rassomi Zokir Inog'omovning qanday asarlarini bilasiz?

2. Paxta terish ishlari qachondan boshlanadi?

3. Nima uchun paxta bizning milliy boyligimiz deb ataymiz?

V. Uyga vazifa: O’quvchilar o’zlarining ijodiy ishlarini yakunlab kelish.


MRO’TIBO’ ____________
Sana

Mavzu: Geometrik shakllar va applikatsiya

Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilarga geometrik shakllar va applikatsiya texnikasi haqida tushuntirish berish.

Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish.

Rivojlantiruvchi: Quroq gazlamalarini kesish va tekis yuzaga yopishtirish malaka-larini o'stfrish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, to'rtburchak, doira, oval)

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish.

II. Yangi mavzu bayoni. O'quvchilarga shakllar haqida tushuncha beriladi. Bunda uchburchak, doira, kvadrat, oval, to'g'ri to'rtburchak kabi shakllar haqida gapiriladi. Bolalar bilan borliqda, rasm va san'at asarlarida uchraydigan shakllar to'g'risida savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. Darslikda berilgan rasm asosida geometrik shakllar va ularning rasm ishlashdagi o'mi tushuntiriladi. Applikatsiyaga darslikda berilgan ta'rif o'quvchilar daftariga yozdirib qo'yiladi. Applikatsiya haqida ma'lumot beriladi, uni yasash uchun zarur ashyolar, applikatsiya ishlash bosqichlari tushuntiriladi.

Applikatsiya tasvirini ishlashdan avval oddiy narsalarni rassom ko'zi bilan ko'ra bilish (sabzavotlar, mevalar, idishlar va boshqalar), tabiiy va qo'lda yasalgan buyumlaming shakli va rangidagi go'zallikni aniqlay olish, badiiy obrazini yaratlishda tabiiy shakllami ajratish va buyumning ikkinchi badiiy aksi yaratilishini tushunib yetish (xandasiy shakl bilan tabiiy shakldagi umumiylikni topish) zarurligi uqtiriladi.


  1. O'qituvchi o'quvchilami applikatsiya yasash uchun zarur ashyolar bilan tanishtirish bilan birga ularni yasash bosqichlari haqida ham to'htaladi. Darslikda berilgan shakllardan foydalanib tulki, quyon va ikkita archa rasmini qog'ozga chizish va qirqib olish hamda ulardan foydalanib applikatsiya yasash yuzasidan ko'rsatmalar beradi. Biror mazmunli rasmni qog'ozga chizib, har xil gazlamalardan shakllami qirqib olib, ularni yelim bilan qog'ozga yopishtirib applikatsiya yasash o'rgatiladi.

  2. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar tulki, quyonlarning tana bo'laklari va ikkita archa bo'laklari rasmini qog'ozga chizib, qirqib oladilar va ulardan foydalanib applikatsiya yasaydilar.

IV. Darsni mustahkamlash:

1. Qanday geometrik shakllarni bilasiz?

2. Aplikatsiya deganda nimani tushunamiz?

3. Aplikatsiya yasash uchun nimalar kerak?

V. Uyga vazifa


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling