Ozbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqUsmon Azim. Sog'inch
USMON AZIM Sherlar Ozbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 2 Mazkur toplamga shoirning asosan sevgi va sadoqat, xususan, baxshiyona ruhda yozilgan sherlari jamlandi. Òurli yillarda yozilgan bu asarlar siz aziz oquvchilarga manzur boladi, degan umiddamiz. © «Ozbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. Azim Usmon. Soginch: Sherlar/Usmon Azim. T.: «Ozbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. 200 b. (Oquvchining kitob javoni). BBK 84(5U)6 84(5U)6 A37 ISBN 978-9943-07-041-7 4702620202 3582007 U www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 3 á OZIM HAQIMDA Men Usmon Azim, Boysunda tugilib, Òoshkentda yashayapman, konglimda yashayapman, dunyoda yashayapman va bir ayolning yuragida. Dunyo rozgorimday: uni oylayverib, sochlarim oqardi. Garchi shoirman, tushdan boqmadim dunyoga, angladim u toshdir. Hamma qatori yashadim shu tosh ichra kokarishga urindim: kokarmoq ogir suyaklarim mayishdi, yuragim tilka-pora, asablarda sanoqsiz qisqa tutashuv... Yolgondan uyaldim. Qochmadim yomondan shu sabab ot oldi xonumonim mening. Hayot kitob emas, deyishsa, kuldim, chunki ozim korganman (necha bor) hayotning satrlarga kirganini... www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 4 Haqiqatga chohdaligida ham siginaverdim. Qarashlarim kop ozgardi, chunki fikrim osdi, aqlim osdi, hayot dars berdi boshimga urib - urib... Fikri ozgarmaganlardan hadiksiradim, chochidim qoli mushtlardan. Daholarni esa bir bechora qurbon bildim. Bechora qurbonlar! Erta sezdim dunyoning torligini: tort tarafga urilaverib, peshonamda qolmadi peshona. Angladim faqat osmonga intilish mumkin, faqat kirish mumkin yerga. Aniq aytdim hamma narsaning ismini: toza toza, iflos iflos, halol halol, harom harom... Umrimni dozax qildi bu haromilar! Hayotga ishonganday ishondim olimga ham u bilan kop gaplashdim hayot haqida: eng gozal sherlarim osha suhbatlardan. www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 5 á Faqat xudodan qorqdim. Faqat xudoga shukur qildim. Xudo berganini oldim intilib. Angladim: olsam, har kim ozicha dafn etar meni: bolalarim ozicha, Òoshkent ozicha, Boysun ozicha, dunyo ozicha. Meni bor boyimcha hech kim komolmas. Xullas, men Usmon Azim ishonchli qollardaman: xudoga topshirganman ozimni, ozimga ozimni vasiyat qilganman... www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 6 * * * Òong titraydi kech kuzakning quchogida, Yulduzlarni ochirmoqda gulgun shafaq. Jonim, qalbim sheriyatning pichogida... Zamin tilsim, osmon tilsim... sher beshafqat! Men qiynaldim. Xayolimning qanotida Dengizlarni kotargancha tolib uchdim. Yulduzlarni kop korganman hayotimda, Dengizdagi yulduzlarni keldi quchgim. Kokka boqdim, ot tutashdi jismim aro, Qat-qat bulut qatlarida ne sir-asror! Hayrat ichra oldirgusi meni samo, Ona zamin, bir uchayin, qoyib yubor! Men yor dedim... Laylimi yo, Shirinmi yo! Yoki endi tugilajak biror malak! Mana men, deb koz oldimda boldi paydo, Mana men, deb sherdan boqdi yakto yurak. Yulduzlarni ochirmoqda gulgun shafaq, Òong titraydi kech kuzakning quchogida. Sher yozilar... Qiynoq, senga bolsin sharaf, Jonim, qalbim sheriyatning pichogida. Hali butun royi zamin sher bolajak, Faqat bekor bilib orom quchogini Bu dunyoni sirga komib yashash kerak, Qalbga sanchib sheriyatning pichogini! www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 7 á * * * Umrimni bir olis ishqqa almashdim, Qochdim hushyorlikdan, tushga almashdim. Beqanot qalbimni qushga almashdim Sizsiz otgan umrim bekor, yorijon! Ne baxtkim, yuragim bemor, yorijon! Ul kozda qay kuni porladi ziyo, Dunyodan kechgulik topdim bir dunyo. Bu dunyo nimadir? Bu dunyo royo Faqat pok ishqingiz haqdir, yorijon, Qalbimga eng yuksak taxtdir, yorijon. Garchi ortamizda soginch-u hijron, Garchi visol yoli vayrondir, vayron, Ammo azobingiz koksimda har on Muqaddas olovday qoldi, yorijon, Shukurkim, siz bilan yondim, yorijon, Yashardim ozimga muz kabi boqib, Ishq keldi, jonadim, daryoday oqib, Menga habib boldi hatto shum raqib Korib tolqin-tolqin qonim, yorijon, Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon. Hech qachon demasman boshni yoqotdim, Eridim, vujuddan toshni yoqotdim, Yillarni yoqotdim yoshni yoqotdim, Mendan ayro tushdi yolgon, yorijon, Shundanmi tillarim ravon, yorijon. Nodon der Sen borni yoqqa almashding, Quyoshni bir garib choqqa almashding... Kulaman: Xalqobni kokka almashding... Endi yurar yolim falak, yorijon, Qanotga aylandi yurak, yorijon! Qanotga aylandi yurak, yorijon! www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 8 * * * Yolgizlik ortimdan huvillab quvdi, Òoki yiqilguncha yugurdim betin... Bir ayol tuflimning loyini yuvdi Unga sevaman deb aytmagan edim. Qismat masxaralab bizni otgandi Òanholik kechasin tor quchogiga. Bilmadim, qay mahal ayol uygondi Òufli yuvmoqlikning ishtiyoqida. Asli masxaralash qismat matlabi, Ammo hayrat ichra gangidi xiyol: Quvonib (masalan, gul tergan kabi), Òufli yuvar ekan tunda bir ayol. Menga kozi tushib ayol qizardi, Uyaldi qollari tushdi shalvirab. Endi u qarshimda yiglab turardi, Yomgir qoynidagi bargday qaltirab. Qoymogim shart edi bir jasur qadam, Qulab tanholikning garib arshidan. Chochidim men mehr kormagan odam Sevgi tufli yuvib chiqsa qarshimdan. Ketdim... Yomgirdayin otdim-u ketdim, Ming asr tanholik kechdi boshimdan. Ming asr oralab qaytadan yetdim, Osha yolgiz qolgan ayol qoshiga. U menga baxt berdi osmonday ulkan, Men-chi?.. Men qovrildim baxtning dogida... Bedorman-u nechun uygonolmayman Òufli yuvmoqlikning ishtiyoqida. www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 9 á DASHÒ HAQIDA BALLADA Erkin Azamovga bagishladim Òoglar kichraydi. Pasaydi osmon. Yashab bolmaydi-ku, axir engashib... Jonadim balandroq osmonlar tomon, Ortimdan Boysunning dashti ergashdi... Meni ishonmadi ufqlarga u, Dosh berib tezlikning shamollariga Ortimdan yugurdi, yugurdi yohu, Qoqilib temir yol shpallariga. Vagonga chiqazib qay bir bekatda, Koyidim: Bu ishdan zarra yoq mani!.. U ruhsiz chozildi tepa qavatga, Biletsiz va pulsiz yolovchi kabi. Song shahar kochasi, xiyobonlari Aro kezdim joylab dilimga uni Odam-u mashina olomonlari Òoptab ketishmasin kup-kunduz kuni. Davr-u davron surdim har hafta kochib, Ijara uylarning shavqi yodimda! Qattiqqol xojayin kozidan chochib, U beun yashadi mening yonimda. Muhabbat lovullab kirdi yurakka, Ilk bora alamli sozlar tingladim: Yuzlarimni bosib xas-u xashakka, Dashtimni quchoqlab tunlar yigladim. Bahorda kokarib, kuzda sargayib, Sukunat-u qorga oranib qishda, Gora sherlarimga boqdi mungayib... Xullas, sodiq boldi har ezgu ishda! www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 10 ... Ammo, nima qilib qoydi bu yillar! Garchi men, munaqqid aytganday, osdim. Ortamizga kirdi qay ayyor jinlar, Kop xona uyimga sigmaydi dostim, Yalinaman unga: Bor, Boysunga bor! Shaharga yarashmas sahroyi soxtang. Borsangshamol tayyor, yomgir ham tayyor, Òoglar orasida yashaysan korkam. Pand-u nasihatlar berib tolaman, Aldayman: Yur, ketdik ifor tergani. Har bahor dovdirab Boysun boraman. Boysunga dashtini tashlab kelgani... Qaytaman. Ammo dasht sezib ulgurar... Dosh berib tezlikning shamollariga, Ortimdan halloslab, shoshib yugurar, Qoqilib temir yol shpallariga. Uyimga gezarib kirib kelaman, Meni asra endi, inglizcha qulf! Shundoq ostonada dasht qolar garang, Eshikka termulib uf tortadi... uf! Mana, tong chogida ishga ketayapman. Yurak, azobdasan qanday dard ezar? Junjikib, egasiz it kabi gamgin, Vokzal maydonida yolgiz dasht kezar... www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 11 á * * * Bekor. Yolgon! Botmagan Muhabbatning quyoshi. Òun keldi, deb dodlagan Bevafolar koz yoshi. Men boraman. Bu jonim Senikidir... Oksima. Òunda qorqma. Oq tongning Bir parchasi koksimda... www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 12 LOLI QIZ QOSHIGI Men yollarda tugilganman, Ayrilmasman yollardan. Umrim otar yollar bilan, Kezib-kezib olarman. Bugun bolsa yuragimga Hamdam begona tuygu. Bu tuygular otkinchidir, Faqat shu yollar mangu. Otar edim bir qishloqdan, Aqlim oldi bir oglon. Qololsaydim shu qishloqda, Yashar edim bearmon. Ul yigitga yor bolishni, Orzu qilaman, orzu. Ammo orzu otkinchidir Faqat shu yollar mangu. Lovullaydi jajji gulxan, Unga boqib oylayman. Qolga olib childirmani, Gamlarimni kuylayman. Muhabbatim dovul misol, Qalbimga solar gulu. Ammo sevgi otkinchidir, Faqat shu yollar mangu. Ketmas bolsa muhabbatim, Qalbimda qolsa turib, Uni sira ayamasman, Oldiradurman bogib Har narsani yengadurman, Muhabbat oddiy gam-ku! U otkinchi... otib ketar... Faqat shu yollar mangu. www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 13 á * * * Osmonga ham otgum tosh, Gunohkor bolsa quyosh. Gunohkor bolsa quyosh, Qaytib tushmagaydir tosh. Osmon ham bolib ganim, Qaytib tushsa ne gamim! Bir tosh tushsa tushibdi Òogday boshimga manim. www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 14 PARALLEL CHIZIQLAR Biz parallel chiziqlarmiz, Uchrashmaymiz hech qachon. Olga qarab talpinamiz, Izma-izmas, yonma-yon. Òog duch kelsa, teshish kerak, Xanjar bolar tanamiz. Òogri yolda lovullagan Chaqmoqlarda yonamiz. Biz parallel chiziqlarmiz! Òogrilik taqdirimiz. Umrimizga tik, togri yol Quramiz har birimiz. Cheksizlikka yuguramiz, Izma-izmas, yonma-yon. Dostlarmiz-ku, korishmaymiz, Uchrashmaymiz hech qachon. Òogri yollar charchatdi-ku, Ey, parallel yoldoshim, Chaqmoqlarda, tumanlarda Qoldi sabr-u bardoshim. Boqqin egri chiziqlarga Ular ayrilaverar. Lahza otmay yollaridan Jim-jit qayrilaverar. Yel qozgolsa, qaltirashar, Sokin panoh izlashar, Chaqmoq chaqsa, chekinishar, Olovlarda muzlashar. Men ne uchun?.. Boldi... Xayr, Ey, parallel yoldoshim!.. ...Bir kun begam egrilikdan Aylanib toxtar boshim. Shunda sening yollaringga www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 15 á Òermulaman nigoron. Egrilikdan har lahzada Òopdim visol-u hijron Ammo qolib ketaverdim, Bir manzilda aylanib, Yana yolga chiqsammikin, Chiqsammikin shaylanib. Visol menga kerak emas, Mayli, oldirsin hijron... Parallelim, meni kechir. Xop de yuray yonma-yon. Men-ku bir kun hayqiraman Lobachevskiy misol: Parallellar kesishadi! Dostim, hamdam qila qol. www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 16 MOMIN MIRZONING SONGGI QOSHIGI Meni asir oldilar. Bedovimning badani Asabiy titrar, uchar... Olloh, karaming qani? Bedovim pishqiradi, Kishnaydi ezib-ezib, Jiloviga yopishgan Ajalning qolin sezib... Meni asir oldilar. Osmon qaro, yer qaro... Nega istiqbolimga Chiqding, sen, ey fuqaro? Balki bir tirik satrim Chokkan kongling kotarib, Uchgan gamxona yerdan Orzu osmoni sari. Balki yetim-yesirga (Òiyolmay kozdan yoshim) Ehson aylaganimda. Xayolkash vatandoshim, Boshimga toj kiygizib, Meni korgansan sulton Jami jonzod baxtiyor, El tinch, yurt omon-omon... Balki ustod Alisher Qalbidan kochgan mehr Yuraginga pok ruhim Bandlab, aylagan sehr... Meni asir oldilar. Otim suvligin chaynar, Nayzalari solqillab, Qollarida oq-yoylar, Qoriqchilar tegramda Qur tashlab borar hushyor. Dardimni aytolmayman... Xalq, tingla bir band ashor: www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 17 á Men ham ilkimda qilich, Ovlaganman yolbars, sher! Dushman muzaffar oldi, Agyor falak qildi yer...* Meni asir oldilar... Bogzimda erk qoshigi! Angrayib ochiladi Hibsxona eshigi. Song bor olamga boqqin Ey, omonat hayotim! (Kozida yosh aylanib, Qolimni yalar otim). Endi hech korishmaymiz, Oqibatli fuqaro, Oyoq-qolim qop-qaro. Òort tomonda sollanar Xoin mushtlar kolkasi... Nega tinch yasholmaysan, Bobolarim olkasi? Nahot har zukko aql, Sheryurak, temirbilak, Fitnalarning zarbidan Yoqlikka ketsa qulab? Men ham ilkimda qilich, Ovlaganman yolbars, sher. Dushman muzaffar oldi, Agyor falak qildi yer... Bu tun bobom goldirab, Shirkayf boqib jahonga, Muhr bosar qonsirab Qaltiragan farmonga. Nizomulmulk tirjayar, Òazim aylar bosh egib. Jallodga oq yol tilar Momom Xadichabegim... Hibsxona eshigi * Bu orinda Momin Mirzoning sheri erkinroq bir tarzda keltirildi. Muzaffar sozida ikki mano bor: muzaffar golib, Muzaffar Momin Mirzoni hibsga olgan amakisi Muzaffar Hosaynning ismi hamdir. 2 www.ziyouz.com kutubxonasi Usmon Azim Á 18 Shiddat bilan ochilar, Bir xavotir ichida Òosh qotadi soqchilar. Kir panjasin bogzimga Qadar jallod Biy Jangiy... Qonxor! Muncha titrama, Oyoq-qolim koganli! Olloh, sobit sabr ber! Olim oldi talvasam Viqorli, sokin bolsin Ajalga boqay oktam. Koksimda qotar nafas... Karaxt tanimdan oqib, Jonim oyday chiqar-u Òumanga ketar botib. Qotil! Òamom... Men oldim... Qotil! Boynimni boshat! Ruhim el aro uchar Bir dasta nurga oxshab. Nurga tashna, ey xalqim, Men uchunmi kiyding kok? Yosh edim dardlaringga Malham bololganim yoq. Jasadim sovib borar... Qotil, olgin qolingni, Allaqachon tanimga Joylagansan olimni. Nimadan qorqayapsan? Titrayapsan? Hushyorsan? Meni yana asrlar Bogmoqlikka tayyorsan... Asriy zoriqish nechun? Axir, ushbu lahzalar Abadiyat toj-taxtdan Jirkanmogiga yetar!.. www.ziyouz.com kutubxonasi Soginch 19 á ABDULLA QODIRIY Bogzimga bahaybat qaygu tiqildi, Kozimga yiqildi qop-qora bulut. Òizzamdan sirgalib kitob yiqildi, Birdan sinfga chokdi bir hayron sukut. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling